IX. 2018. Tarix 1-dars
Download 1.7 Mb.
|
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]
III.Yangi mavzu bayoni:
“Kichik maruza” So’nggi paleolit davrida (mil.avv 40-l2 ming уil avval) toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o’zgardi. Odamning o’zi ham, tashqi qiyofasi ham o’zgarib bordi, hozirgi qiуofadagi odam - kromanyon odami yashadi.So’nggi paleolit davri odami manzilgohlari Samarqand shahri hududidan, Toshkent viloyati Ohangaron daryosi vodiysidagi Ko’lbuloq manzilgohining yuqori madaniy qatlamlaridan, shuningdek, Farg’ona vodiysidan topilgan. Odamlar ancha takomillashgan kesuvchi, arralovchi va parmalovchi mehnat qurollari yasadi, taqinchoqlar - munchoqlar, tumorlar va uzuklar ham yasay boshladi, urug’ jamoalariga ajralib chiqishdi. Turar joylar qurilishi so’nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosi bo’ldi. Kiyim.kechak tayyorlashda hayvonlar terisi ishlatilardi. Inson bu davrda sun’iy tarzda olov (yog’ochni bir biriga ishqalash, chaqmoqtoshni bir biriga urish) hosil qilishni ham o’rganib oldi. Mezolit davri (o’rta tosh asri) miloddan avvalgi 12-7 mingyilliklar ,mezolit davri boshlanishi bilan Muzlik davri poyoniga yetdi, inson o’q-yoy yasashni o’rganib oldi, inson hayvonlarni qo’lga o’rgata boshladi,– ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi. Obishir, Qo’shilish ua Machay manzilgohlari, shuningdek, Zarautsoy darasidagi qoyatosh rasmlari ancha mufassal o’rganilgan. Amudaryo va Sirdaryo qirg’oqlari, O’zbekiston hududidagi ko’llar va daryolar sohili mezolit davri ovchilari va baliqchilari ko’chib kelib o’rnashgan maskanlarga aylandi. Neolit davrida - yangi tosh asrida o’zlashtiruvchi xo’jalikda tub o’zgarish sodir bo’ldi, inson endi ishlab chiqaruvchi xo’jalikka - ziroatchilik va chorvachilikka o’tdi. O’rta Osiyoda neolit davri miloddan avvalgi 6-4 mingyilliklar bilan davrlashtiriladi, silliqlash, arralash, sirlash ua teshikchalar parmalashni qo’llay boshladi, o’troq turmush tarziga o’tib, doimiy turar joylar qura boshlagan. O’troq turmush tarziga o’tilishi har xil buyumlar tayyorlash sohasi bo’lgan hunarmandchilik rivojiga zamin yaratdi. Loydan ishlangan va olovda pishirilgan idishlar yasash sohasi - kulolchilik, tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog’i - to’quvchilik hunarmandchiligi neolit davrining muhim kashfiyot va ixtirolaridir.
Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling