Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Uy vazifasini tekshirish:
O`quvchilarda o`tgan mavzu bo`yicha javobi yoziladigan test olnadi:
1.Yunonlarda yil boshi qachondan boshlab hisoblangan? – Olimpiya o`yinlari o`tkazilgan vaqtdan.
2.Troya oti qanday ma`noni anglatadi? – Xosiyatsiz sovg`a-salom.
3.Qadimgi Troya qoldiqlari qayerdan topilgan? – Turkiyadan.
4.Afina teatri qancha tomoshabinga mo`ljallangan? – 17 ming.
5.Gerakl qanday xizmati uchun Olimp tog`idagi xudolar saltanatida faxrli o`ringa ega bo`ldi? – Ko`rsatgan 12 jasorati uchun.
6.Fojeali sahna asari qanday nomlanadi? – Tragediya.
7.Dunyo sahnalarida namoyish etilgan eng mashhur tragediya qaysi? – Shoh Edip.
8.Yetti mo`jizaning biri hisoblangan Zevs haykalining muallifi kim? – Fidiy.
9.Yunon haykaltaroshligining Misr haykaltaroshligidan farqini ayting. –Misrda fir`avnlarning, Yunonistonda esa mashhur zamondoshlar haykallari yasalgan.
10.Fuqarolar teatrlarga qanday jalb qilingan? – Ularga pul berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |