III.Yangi mavzu bayoni:
Rimning kuchli go‘shini tashqi dushmanlardan himoyalanish va qo‘shni mamlakatlarning yerlarini bosib olish uchun zarur edi. Dastlab qo‘shinga yermulkka ega bo‘lgan rimliklar olingan. Keyin-chalik qo‘shin doimiy harbiy kuchga aylangan. Armiyada 17 yoshga yetgan erkak fuqarolar xizmat qila olgan. 80 kishidan iborat jangchilar guruhi senturiyalar deb yuritilgan. Bir necha senturiyalar kogortani, 10 ta
kogorta legionni tashkil etgan. Jangchilar ning ko‘pchiligi yaxshi ta’lim olgan askarlar bo‘lib, ular maosh olishlaridan tashqari kiyim va yarog‘-aslahalar bilan ta’minlangan. Xizmat muddati 25 yil bo‘lgan. Shuncha muddatdagi xizmati evaziga legio ner uy-joy, durustgina oylik maosh olish va Rim tarkibidagi turli o‘lkalarda xizmat qilish imkoniyatlariga ham ega bo‘lar edi. Rimliklar o‘ziga xos jang olib borish taktikasini ishlab chiqishgan: avvaliga shahar qurshab olinar, so‘ngra esa katapulta degan qamal quroli bilan devorlarni teshishar va shaharga bostirib kirishar edi. Pishiq metal taxtachalardan tiklangan uzun ko‘tarma minoralar yordamida baland devorlardan o shib o‘tardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |