Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilar bilan salomlashish,davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II.Uy vazifasini tekshirish:
1. Rimdagi gladiatorlar jangi o‘tkaziladigan eng katta amfiteatr – Kolizeyga qancha tomoshabin joylashgan?
A) 17 ming B) 50 ming C) 35 ming D) 70 ming
2. Spartak qo‘zg‘olonining boshlanishidan 30 yil o‘tgach …
A) Senatdagi majlis vaqtida fitnachilar Yuliy Sezarni o‘ldirishdi
B) Krass Parfiya hukmdori Orod bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ldi
C) Rimda “Uchlar ittifoqi” – Sezar, Pompey va Krass o‘rtasida ittifoq tuzildi
D) Yuliy Sezar Rim taxtini egalladi
3.Qadimgi Rim tarixiga oid voqealar qaysi javobda xronologik jihatdan ketma-ket berilgan?
A) Spartak qo‘zg‘olonining boshlanishi, Yuliy Sezar o‘limi, Karfagenning rimliklar tomonidan yondirilishi
B) Oktavianning Avgust laqabini olishi, Antoniyning o‘limi, Krass va Parfiya shohi Orod o‘rtasidagi jang.
C) Rim davlatining tashkil topishi, Rimda respublika tizimining o‘rnatilishi, Rimda harbiy hokimiyatning kuchayishi
D) Puni urushlarining boshlanishi, Rimda 12 jadval qonunining qabul qilinishi, Spartak qo‘zg‘olonining bostirilishi
4. Qadimgi Rimda mayda yer ijarachilari nima deb nomlangan?
A) kolon B) italik C) furiya D) zakupchi
5. Spartak qo‘zg‘oloni bostirilgach, 6 mingdan ziyod asir olingan qullar qaysi shaharlar oralig‘idagi yo‘l bo‘ylab xochlarga tortilgan edi?
A) Rim – Karfagen B) Kapuya – Frakiya C) Sirakuza – Aitsiliya D) Rim – Kapuya
Do'stlaringiz bilan baham: |