IX. 2018. Tarix 1-dars


III.Yangi mavzu bayoni: “


Download 1.7 Mb.
bet48/302
Sana28.10.2021
Hajmi1.7 Mb.
#169146
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

III.Yangi mavzu bayoni: “Kichik ma`ruza

Misr aholisi uchun din kundalik turmushning ajralmas bir bo’lagi hisoblangan. Qadimgi misrliklar xudolar hayvonlar siymosiga o’tib olib, mushuk, qo’y, ho’kiz, arslon, sigir shaklida odamlar orasi­da yashaydi deb hisoblashgan. Misrliklar xudolarning bir qan­cha joni mavjud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esa hayvon haykalida yashaydi deb bilishardi. Misrliklar xo­nadonidagi mehrobda xudolarning haykalchalari o’rnatilgan. Kohinlar ibodatxona ruhoniylari, ular xudolarni dindorlar in’om tariqasida keltirgan narsalar bilan boqishadi, deb hisoblashgan. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisda o’z xudosi - Ptax bo’lgan, Ptax esa, misrliklar e’tiqodicha, Olamni yaratayotganida har bir narsaning nomini odamga o’rgatgan. Xudo shunchalik qudratliki, uni asl qiyofasida ko’rishning iloji yo’q. Shuning uchun ham Ptax degan xudoning Yer yuzidagi qiyofasi Apis bo’lib, u peshanasi va belida oq qashqasi bo’lgan qora ho’kiz timsolida tasav­vur etilgan. Misrliklar o’z xudolariga butun­lay ishonishar, har bir ishni ba­jarishga kirishishdan avval ulardan maslahat, madad yoki rozilik so’ra­shar edi. Quyosh xudosi Amon-Ra degan iloh esa fir’avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan. Dastavval ikkita xudo bo’lgan: Fiva shahri homiysi Amon va Quyosh xudosi Ra, so’ngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan. Geliopolda misrliklarning eng asosiy xudosi bo’lmish Quyosh xudosi Raning ibodatxonasi joylashgan. Fir’avnlar Quyosh xudosi o’g’illa­ridir, hukmdorlar hamma ishni o’zi­ning samoviy otasi amri bilan amalga oshiradi, degan qarash mavjud edi. Xapi - Nil xudosi- Misrdagi ha­yotning birlamchi manbayi va posboni, Osiris - yerosti saltanati xudosi hisoblangan. Rivoyatda ayti­lishicha, Osiris Misrning ilk podsho­laridan biri bo’lib, o’z xalqini dehqon­chilikka o’rgatgan ekan. Birodari Set esa Osirisni o’ldiradi. Ammo Osirisning singlisi Isida uni mumiyolagan va qayta tiriltirgan ekan. O’shandan boshlab jon qaytib keladigan joy bo’lishi uchun barcha marhum­lar mumiyolanadi. Osiris ibodatxonasi xarobalari Abidos shahri­da hozirgacha saqlanib qolgan.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling