Ix. Betonqorigichning texnik parametrlarini hisoblash. Ishdan maqsad
Download 77.93 Kb.
|
IX Beton qorigich
IX.Betonqorigichning texnik parametrlarini hisoblash. Ishdan maqsad: Betonqorigichning ish unumdorligini va quvvatini aniqlash. Umumiy ma’lumotlar. Beton tayyorlashda eng muhim va og‘ir amallardan biri uni komponent (tarkibini tashkil etuvchi) larni almashtirish (qorish) hisoblanadi. Bu vazifani bajaruvchi betonqorigich mashinalar: ish rejimiga ko‘ra – davriy ishlaydgan va uzliksiz ishlaydigan qorigichlarga; aralashtirish usuliga ko‘ra – ishchi kamerada materialni erkin tushishi hisobiga aralashtiradigan gravitatsion rotorlar kabi organlar bilan majburiy aralashtiradigan qorigichlarga bo‘linadi.qorigitslarga va maxsus harakatlanuvchi kuraklar, Gravitatsion betonqorigichlar (13 – a rasm) qo‘zg‘aluvchan (plastik) beton aralashma tayyorlash uchun, majburiy aralashtiruvchi (13 – b rasm) qorigichlar kam qo‘zg‘aluvchan va bikr aralashmalar tayyorlash uchun qo‘llaniladi. Grvvitatsion betonqorigichlar barabanining aylanish tezligi ma’lum bir qiymatda bo‘lishi shart, chunki aylanishlar tezligi shu qiymat (optimal aylanish tezligi) dan oshib ketsa markazdan qochma kuchlar aralashmani baraban devoriga yopishtirib qo‘yadi va aralashtirish amalga oshmaydi, agar barabanning aylanishlar tezligi optimaldan past bo‘lsa komponentlar yaxshi aralashmaydi va aralashma sifati pasayib ketadi. Barabanning optimal aylanish tezligi quyidagi formula bo‘yicha topiladi. (91) bu erda R – barabanning eng katta radiusi, m: 13 – rasm.Betonqorigichlar sxemalari. a -gravitatsion; b - majburiy aralashtiradigan rotor - plonetarli; v- majburiy aralashtiradigan uzluksiz ishlaydigan to‘g‘ri oqimli kurakli. Davriy ishlaydigan betonqorigichlarning texnik ish unumdorligi quyidagicha hisoblanadi. Ptex = Vb * Kr * nk , m3/soat (92) bu erda: Vb - qorish barabanining sig‘imi, m3; Kr – tayyor beton yoki qorishma (rastvor)ni chiqish koeffitsienti. (beton aralashma uchun Kr = 0,85 ... 0,95); nk – bir soatdagi qorishmalar soni nk = 3600/td, (93) td = t1 + t2 + t3, s (94) bu erda td – bir marta qorishga ketgan vaqt (1 ish davri) t1 – barabanning yuklash vaqti (skibli cho‘mich bilan yuklanganda t1 = 15 ... 20 s, yig‘ma varonka uchun t1 = 10 ... 15 s). t2 – barabanning aralashtirish vaqti (plastikli beton qorishma uchun t2=60…120 s, qattiq beton qorishma uchun t2=200…250 s, rastvor qorishma uchun t2=120...150 s). t3 – rastvorni to‘kish vaqti (egilgan baraban uchun t3=10… 20 c, egilmagan baraban uchun t3=30… 60 c). To‘g‘ri oqimli kurakli betonqorigichning texnik ish unumdorligini quyidagi formula bo‘yicha aniqlaymiz. (95) bu erda: D – kurakning tashqi diametri, m; d – kurakning ichki diametoi, m; v – kurakning eni, m; z – vintning bir qadamidagi kuraklar soni; α – kuraklarning qiyalik burchagi; n – valning aylanishlar soni, s-1; K3 – qoriggich korpusining to‘lish koeffitsienti (K3=0,55….0,6); Kv – massaning qaytish koeffitsienti (Kv=0,85….0,9); Kr – materialni bir xilda uzatmaslik va yumshoqlik koeffitsienti (Kr=0,5….0,7); ISHNI BAJARISH METODIKASI. Ishni bajarish uchun variant bo‘yicha kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash, betonqorigichning sxemasini chizish. Gravitatsion qorigich uchun barabanning aylanishlar chastotasini aniqlash (formula 91). Betonqorigichning ish unumdorligini hisoblang; a) Gravitatsion betonqorigich uchun (92), (93), (94) formulalar va berilgan tavsiyalardan foydalaniladi. b) To‘g‘ri oqimli kurakli betonqorigich uchun (95) formula va berilgan tavsiyalardan foydalaniladi. 4. 14 – rasmda keltirilgan grafikdan foydalanib betonqorigi yuritmasining quvvati aniqlanadi. 14 – rasm. Betonqorigichlarning ekspluatatsion parametrlariga bog‘liq holdagi quvvati. a) gravitatsion betonqorigich: b) to‘g‘ri oqimli kurakli betonqorigich. 21 – jadval
Download 77.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling