Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


-Bob. Dozimetriya asoslari va dozimetrik o‘lchash birliklari


Download 1.87 Mb.
bet92/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

13-Bob. Dozimetriya asoslari va dozimetrik o‘lchash birliklari.

13.1.Ionlashtiruvchi zarralar. Ionlshtiruvchi zarralar oqim energiyasi. Nurlanishlarning yutilish dozasi.Ekspozitsion doza va uning o‘lchov birligi.

Nurlanishning biologik namunalarga ta’sir darajasi namunaning yutgan energiyasi kattaligi bilan aniqlanadi. SHu bilan birga nurlanishning biologik ta’siri ionlashtiruvchi zarralarning muhitga beradigan energiyasining fazoda taqsimlanishiga ham bog‘liq (ionlashishning chiziqli zichligi). O‘z navbatida ionlashishning chiziqli zichligi nurlanishga, turiga, energiyasiga bog‘liq. Organizmga turli xil nurlanishlar ta’sir qilganda turlicha biologik effekt hosil qiladi. Biologik namunalar olgan nurlanishining dozasini aniqlashda namuna tomonidan yutilgan energiya miqdori hisobga olinadi. Quyida dozimetrik tushunchalarni qarab chiqamiz.



YUtilgan doza. Biologik namunalarning (masalan insonlarning nurlanish ta’siridan oladigan jarohatlarining darajasi, chuqurligi, turi, biologik namuna tomonidan yutilgan nurlanish energiyasiga bog‘liq. YUtilgan energiyani xarakterlash uchun yutilgan doza tushunchasi kiritilgan. YUtilgan doza nurlanayotgan namunaning birlik massasi yutgan energiyadir, ya’ni:

(1)

Bu formulada -nurlanayotgan moddaning massa birligida yutilgan nurlanish energiyasi; -energiyani yutuvchi namunaning massasi. Nurlanishning yutilgan dozasi birligi sifatida Grey (Gr) qabul qilingan. Nurlanayotgan namunaning bir kilogrami 1 joul energiya yutsa, yutilgan doza bir Grey (Gr) ga teng bo‘ladi:

(2)

Radiobiologiyada va radiatsion gigienada nurlanishning yutilgan dozasining birligi sifatida Rad birligi ishlatiladi. Nurlanayotgan namunaning bir grami 100 erg energiya yutsa, yutilgan doza 1 radga teng bo‘ladi, ya’ni:



;

Amalda ishlatilishda millird rad (mrad), mikrorad (mkrad) xususiy birliklar ham ishlatiladi.


CI birliklar sistemasida yutilgan doza birligi sifatida Grey (Gr) qabul qilingan.








Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling