62-rasm. Xarakteristik rentgen nurlanishining spektral taqsimoti.
CHiziqli spektrlar tezlashtirilgan elektronlar atomlar ichiga chuqurroq kirib ichki qavatidagi elektronlarni urib chiqarishi tufayli hosil bo‘ladi .Anod potensiali bilan tezlashtirilgan elektronlar anod moddasi atomlari bilan to‘qnashadi va atomning ichki qobiqlarining bittasidan elektronlarni urib chiqaradi yoki tashqi bo‘sh qobiqqa o‘tkazadi. Bo‘sh qolgan o‘rinlarga qo‘shni qobiqlardan elektronlar o‘tadi. Elektronlarni pastki holatlarga o‘tishi ularni katta energiyani nurlantirishi bilan sodir bo‘ladi.
Bunday nurlanish anodni xarakterlaydi va shu sababli xarakteristik rentgen nurlanishlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |