Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


YAdro reaktorlarinnig ishlash jarayonida hosil


Download 1.87 Mb.
bet83/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

12.4.1. YAdro reaktorlarinnig ishlash jarayonida hosil

bo‘ladigan salbiy holatlar.

YAdro yonilg‘isi yonishi mobaynida reaktorning aktiv zonasini sekin ifloslantiruvchi, emirilish mahsulotlari ichida juda katta issiq neytronlarni yutish kesimiga (3*106 Barn) ega bo‘lgan Ksenon – 135 (135Xe) izotopi muhim salbiy rolni o‘ynaydi. SHuning uchun juda kichik birlashmali bu izotop reaktorning ish rejimiga ta’sir qiluvchi “Ksenonning aynishi” ga olib keladi. Ksenon-135 izotopi bo‘linish mahsulotlarining quyidagi radioaktiv aylanishlari jarayonida (reaksiyasida) hosil bo‘ladi.


(13)
Reaksiyadan ko‘rinadiki Ksenonning barcha atomlari yod-135 izotopining emirilishi tufayli hosil bo‘ladi. SHuningdek Ksenon-135 izotopining yarim emirilish davri unchalik katta emas, shu sababli “Ksenon aynishi” tufayli reaktor ko‘pi bilan 1-2 kun to‘xtatilishi mumkin.

Ksenon-135 izotopi bilan birgalikda ishlaydigan reaktorda yuqori aktivlikka ega bo‘lgan o‘ta xavfli radioaktiv chiqindilar hosil bo‘ladi va bu chiqindilar alohida konteynerlarda saqlanadi. Bu chiqindilarni ko‘pchiligi 800 yilda emirilib tugaydi. Bunday o‘ta xavfli chiqindilar dastlab shisha kopsulalarga solinib saqlanish muddati kamida 1000 yilga kafolatlangan holda ko‘mib tashlanadi. Reaktorda foydalangan yuqori aktivlikka ega bo‘lgan o‘ta xavfli radioaktiv chiqindilarni uzoq muddat saqlash uchun ishonchli atrofi o‘ralgan hududda chuqurligi 800-1200 m bo‘lgan quduqlarga ko‘mib yuboriladi.

YUqori aktivlikli radioaktiv chiqindilarni bartaraf qilishning transmutatsiya usulidan ya’ni bu chiqindilarni kuchli neytronlar yoki beta zarralar oqimi bilan bombardimon qilinib turg‘un izotoplar holiga keltirilib zararsizlantirish usulidan foydalaniladi.

Ishlatiladigan reaktorlarda boshqa salbiy, o‘rinsiz holatlar kelib chiqmasligi uchun kuchli bosimda suv bilan sovutiladi.


12.5. O‘zbekistonda yadro energetikasining istiqbollari
Atom energiyasini hosil qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 noyabrdagi “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3379 sonli qarori hamda 2018 yil 19 iyuldagi “O‘zbekiston respublikasida atom energetikasini rivojlantirish” chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5484-sonli farmoni O‘zbekistonda atom elektrostansiyasini (AES) qurishdan iborat bo‘lib, bu juda uzoqni ko‘zlab qilingan, ayni paytda mamlakatni o‘ta toza va arzon energiya resurslari bilan ta’minlash siyosatidan iborat.

XXI asrga kelib butun dunyoda elektr va boshqa turdagi ekologik toza energiyalarga juda katta ehtiyoj sezilmoqda. Dunyo miqyosida ko‘plab neft, tabiiy gaz va boshqa turdagi energiya manbalarining tugab borayotganligi, aksincha energiyaga bo‘lgan talabning keskin ortib ketayotganligi insoniyatni arzon va qulay energiya manbalarini yaratishga majbur etmoqda.






Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling