Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Download 1.87 Mb.
bet89/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

Ettinchidan agar atom energiyasining tannarxi issiqlik elektr stansiyasida hosil qilinayotgan energiyanikidan 8-9, muqobil energiya manbalarida ishlab chiqariladigan ekologik toza energiyanikiga nisbatan qariyb 20 barobar arzon ekanligi e’tiborga olinsa, atom energiyasining qanchalik istiqbolli ekanligi ma’lum bo‘ladi. Bundan tashqari atom elektrostansiyasi ishga tushgandan keyin 4 mingga yaqin yuqori malakali mutaxassislar doimiy ish bilan ta’minlanadi.

Bugungi kunda dunyoda 432 blokdan iborat 192 ta AES faoliyat ko‘rsatmoqda. YAqin kelajakda Turkiya, Misr Arab Respublikasi, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Vengriya, Slovakiya, Xorvatiya, Gretsiya kabi mamlakatlarda AES qurilib ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.


Endi AESlarning samarasini anglash uchun rivojlangan mamlakatlar tajribasiga murojaat etsak. Bugungi kunda dunyoda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 31% AESlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 2017 yil ma’lumotlariga ko‘ra dunyoning 31 mamlakatida 451 ta energiya blokli 192 ta AESlar faoliyat ko‘rsatmoqda va bu AESlarda taqriban 2477 TVt ∙ soat (~2,5⋅ Vt ∙ coat) elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.


Keyingi yillarda atom energiyasidan foydalanish maqsadida Turkiya, Hindiston, Qozog‘iston, Pokiston, Misr, Bangladesh, Birlashgan Arab Amirligi, Vengriya va Slovakiya kabi mamlakatlarda 60 ga yaqin reaktorlar qurilmoqda. Bir sӯz bilan aytganda dunyo miqyosida elektr energiyasiga bӯlgan ehtiyojni yoki energiya tanqislik muammosini atom energiyasiz hal qilishning imkoniyati yӯq. Xuddi shunday respublikamizda ham energiyaga bӯlgan ehtiyojni tӯliq qondirishning birdan-bir, yagona yӯli atom energiyasidan foydalanishdir.

Endi AESning ishlash tamoyili haqida to‘xtalsak.

Atom elektrostansiyasi atom energiyasini hosil qiluvchi majmua bo‘lib, atom energiyasi esa yadro reaktorida hosil qilinadi. YAdro reaktorlarida susaytiruvchi sifatida suvli, grafitli-suvli, og‘ir-suvli va grafitli-gazli aralashmalar qo‘llaniladi. Bundan tashqari yadro yoqilg‘isi sifatida asosan uran-235 plutoniy-239 izotoplaridan foydalaniladi. Hozirda tez neytronlar asosida ishlaydigan reaktorlar uran-238 ( izotopida ishlaydi. Bunday reaktorlarni asosiy yutug‘i shundaki, bu reaktorlarda plutoniy-239 izotopi hosil bo‘ladi. plutoniy-239 va uran-235 izotoplari reaktor yoqilg‘isi sifatida ishlatiladi. YAdroviy reaktorlarda uran-235 yadrosini bo‘linishida (bo‘linish aktida ) 200 Mev energiya ajralib chiqadi.

Taqqoslaydigan bo‘lsak, 1 kg uran-235 yoqilg‘isi beradigan energiya 2500 tonna tosh ko‘mir yonishidan hosil bo‘ladigan energiyaga ekvivalentdir. Uran izotoplarini qazib olish bo‘yicha O‘zbekiston dunyo miqyosida 4 o‘rinda, uran zahirasi bo‘yicha 11-o‘rinda turganligini inobatga olsak mamlakatimizda yadro yoqilg‘isining zahirasi etarli ekanligini anglash qiyin emas.

Masalani yana bir muhim tomoni AESlarda xavfsizlik masalasi hamda kelgusida bunday nufuzli va ma’suliyatli korxonada ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash masalasidir

Atom elektrostansiyasiga doir eng asosiy muammo — bu AES larni ishlatish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash hamda ajraladigan suyuq va qattiq radioaktiv chiqindilarni zararsizlantirish muammosidir. AES larda bunday chiqindilardan tashqari radioaktiv izotoplarni uchuvchi birikmalari ajraladi, radioaktiv aerazollar ham hosil bo‘lishi mumkin. Radioaktiv gazlar va aerazollarning ma’lum qismi yaxshilab maxsus ishlov berilganidan so‘ng atmosferaga chiqarib yuboriladi, suyuq va qattiq radioaktiv chiqindilar esa maxsus omborlarga to‘planadi.

O‘zbekistonda qurilayotgan AES loyihasi SSER-1200 rusumdagi reaktorlar bilan jihozlangan ikkita energoblokning qurilishini o‘z ichiga oladi. Mazkur energobloklar 3+ avlodiga tegishli bo‘lib, zamonaviy texnologiyalarning ishonchliligini sezilarli darajada oshirgan holda, atom elektrostansiyasi xavfsizlik agentligining (AEXA) zamonaviy xavfsizlik talablariga to‘la javob beradi.

Agar dunyoda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi faqat issiqlik elektr stansiyalarida hosil qilinganda edi Er atmosferasida 10 milliardlab tonnalab SO2, SO va boshqa zararli gazlar to‘planib, Er yuzi aholisiga, qolaversa butun biosferaga ulkan zarar etkazib, eng og‘ir global masshtabda ekologik muammolarni tug‘dirgan bo‘lar edi. Bunday global ekologik muammolarning echimi kelajakda atom energetikasidan to‘liq foydalanish bilan amalga oshiriladi.
















Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling