Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Ekvivalent doza va nurlanishlarning efffektiv dozasi. Ularning o‘lchov birliklari. Nurlanishlarning kimyoviy va biologik ta’sirlari


Download 1.87 Mb.
bet94/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

Ekvivalent doza va nurlanishlarning efffektiv dozasi. Ularning o‘lchov birliklari. Nurlanishlarning kimyoviy va biologik ta’sirlari.

Ekvivalent doza va uning o‘lchov birligi.

Kishi organizmiga nurlanishlarning ta’siri nafaqat yutilgan energiya bilan, balki ionlashtiruvchi nurlanishlarning birlik masofada hosil qilgan ionlar jufti soni, ionlashish zichligi bilan ham aniqlanadi. YA’ni ionlashtiruvchi zarraning moddada birlik masofada hosil qilgan ionlar jufti miqdori bilan ham aniqlanadi. Turli xildagi radioaktiv nurlanishlarning biologik ta’sirini baholash uchun nisbiy biologik effekt koeffitsienti (η) ishlatiladi. Bu koeffitsient gamma-nurlanish va berilgan biror xil nurlanishning modda yutgan energiyalari teng bo‘lganda berilgan nurlanishning biologik ta’siri gamma-nurlanishning biologik ta’siridan necha marta kuchli ekanligini ko‘rsatadi. Namuna qabul qilgan doza ekvivalent doza deyiladi. Ekvivalent doza kishilarning surunkali nurlanishining radiatsion xavfini baholash uchun kiritilgan.

Ekvivalent doza (Dekv) alohida turdagi nurlanishlarning yutilgan dozalarining (Di) har bir nurlanishga tegishli bo‘lgan nisbiy biologik effekt koeffitsientlariga (ηi) ko‘paytmalarining yig‘indisiga teng, ya’ni:

(6)

Ekvivalent dozaning () birligi sifatida rentgenning biologik ekvivalenti, ber qabul qilingan (ber-rentgenning biologik ekvivalenti).

Ber-rentgen yoki gamma-nurlarning 1 rad yutilgan dozasi beradigan biologik ta’sirga teng bo‘lgan biologik ta’sirni beradigan har qanday nurlanishning 1 g moddada yutilgan energiyasidir.

SI sistemasida ekvivalent doza birligi sifatida Zivert (Zv) qabul qilingan. Zivert 1 kg biologik namunada yutilgan har qanday nurlanishning energiyasi bo‘lib, uning hosil qiladigan biologik effekti (ta’siri) rentgen yoki gamma-kvantlarning 1 Grey yutilgan dozasi hosil qiladigan biologik effektga teng bo‘lgandagi ekvivalent doza birligidir.





Quyidagi jadvalda turli xil nurlanishlar dozasining biologik ekvivalentlari keltirilgan



1 -jadval


Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling