Ix-xii асрлар марказий осиё халўлари фалсафаси


Download 155.8 Kb.
bet10/12
Sana19.11.2023
Hajmi155.8 Kb.
#1787060
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
axborot resurslari axborot tehnolog

Amaliy dasturiy ta’minot axborot tizimi funksional vazifalarni hal etishni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan das­turiy mahsulotlar yig’indisini o’zida namoyon etadi. Ular ham universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma’lumotlar bazasi boshqaruv tizimlari) va ham mahsus vosita­lar — funksional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi (biznes-jarayonlar) turli hil ob’ektlar (iqtisodiy, muhandisliq teh­nik va boshqalar) sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Tehnik ta’minot ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini funksiyalashtirish uchun qo’llanuvchi tehnik vositalar kompleksidir, u ma’lumotlarni qayta ishlovchi, namunaviy operasiyalarni amalga oshiruvchi kurilmalarni o’z ichiga oladi, turli sinflardagi EHM dan tashqarida ham (axborotni yig’ish, ro’yxatdan o’tqazish, boshlang’ich bosqichida qayta ishlash, tashqi (periferiya) tehnik vositala­ri, turli hil orgtehnika, telekommunikasiya va aloqa vositala­ri), EHMning o’zida ham shu operasiyalarni bajaradi.
Huquqiy ta’minot axborot tizimini yaratish va funksiyalashtirishni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig’indisini o’zida namoyon etadi. Axborot tizimini qayta ishlashning huquqiy ta’minoti AT buyurtmachisi va tayyorlovchisi o’rtasidagi shartnomaviy o’zaro munosabatlar me’yoriy aktlari, chetga chiqishlarning huquqiy tartibga solinishini o’z ichiga oladi. MQIT ishlashining huquqiy ta’minoti: hisoblash tehnikasini qo’llash yordamida olinadigan hujjatlarga huquqiy kuch jihatini berish shart-sharoitlari; bu tehnik vositalarda ishlovchi shahs majburiyati va mas’uliyati, shu jumladan axborotni o’z vaqtida va aniq qayta ishlashi huquqlari; axborotdan foydalanish qoidalari va uning ishonchliligi bo’yicha bahslarni hal etish tartibi va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Lingvistik ta’minot inson va EKM muloqotini ishlab chi-kish va ta’minlash samaradorligini oshirish uchun MKIT ni yaratish va foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig’indisini o’zida namoyon etadi.
Boshqarishning istalgan darajasi barcha funksional tizim-lardan axborot olishga muhtoj bo’ladi, biroq u turli hajm va turli umumlashtirish darajasida bo’ladi.
Axborot tizimlari piramida asosini tashkil etadi, ular yor­damida ijrochi hodimlar ma’dumotni operasiyaviy qayta ishlash, quyi bo’g’indagi menejerlar esa operativ boshqarish bilan shu-g’ullanadi. Piramida ustida strategik boshqaruv darajasida axborot tizimlari o’z vazifasini o’zgartiradi va strategik bo’ladi, ular qo’yilgan vazifalarning yomon tuzilmalashtirilganligi sharoitida qarorlarni qabul qilish bo’yicha menejerlar oliy bo’g’ini faoliyatini qo’llab-quvvatlaydi.
Operativ darajadagi axborot tizimi bitim va voqealar (hisob raqami, nakladnoy, oylik maosh, kreditlar, homashyo va materiallar oqimi) haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlab, mutahassis-ijrochilarni qo’llab-quvvatlaydi.. Bu darajadagi AT vazifasi hrzirgi joriy ahvol haqidagi so’rov-ehtiyojlarga javob berish va operativ boshqaruvga mos keluvchi firma bitimlari oqimini tuzatishdir. Buning uddasidan chiqish uchun axborot tizimi engil foydalaniladigan, uzluksiz ishlovchi va aniq axborot beruvchi bulmogi lozim. Operativ da­rajada axborotning vazifa, maqsad va manbalari oldindan belgilangan va yuqori darajada tuzilmalashtirilgan, qaror topshirilgan algoritmga muvofiq dastur-lashtirilgan.
Operativ darajadagi axborot tizimi firma va tashqi muhit o’rtasida bog’lovchi bo’g’indir. Agar tizim yomon ishlasa, unda yoki tashkilot axborotni tashqaridan olmaydi, yoki axborotni bermaydi. Bundan tashqari, tizim — tashkilotdagi axborot tizim­larining boshqa turlari uchun axborotni asosiy etkazib beruvchidir, chunki ham operativ, ham arhiv axborotini o’zida saqlaydi.
Axborot tizimlari ma’lumotlari bilan ishlash mugahassis-larga keng yordam beradi. Muhandislar na loyihachilar ishi samaradorligini oshiradi. Bunday axborot tizi.mlarining vazifasi — tashkilotga yangi ma’lumotlarni intorasiyalash va qog’oz hujjatlarni qayta ishlashga yordam berishdir.
Sanoat jamiyati axborot jamiyatiga aylanib borar ekan, iqtisodiyot mahsuldorligi borgan sayin bu tizimlar rivojlanishi darajasiga bog’liq bo’la boradi. Bunday tizimlar ayniqsa ishchi stansiyalar va ofis tizimlari ko’rinishida bugungi kunda biznesda eng tez rivojlanmokda.
Axborot tizimlarining bu sinfida ikki guruhni ajratib ko’rsatish mumkin:
• ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari;
• bilimlarni qayta ishlash axborot tizimlari.

Download 155.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling