Ix-xii асрлар марказий осиё халўлари фалсафаси


Iqtisodiy ahbrotning tuzilishi va turkumlanishi


Download 155.8 Kb.
bet2/12
Sana19.11.2023
Hajmi155.8 Kb.
#1787060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
axborot resurslari axborot tehnolog

Iqtisodiy ahbrotning tuzilishi va turkumlanishi
Iqtisodiy axborot tuzilish nuqtai nazaridan ikkiga bulinadi:
1. fizik tuzilish
2. mantiqiy tuzilish
Fizik tuzilish iqtisodiy axborotni turli hil tashuvchilarida joylashishini ifodalaydi.
Mantiqiy tuzilish esa axborot bo’laklari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini ifodalaydi.
Fizik tuzilishni o’rganish uchun informatika sohasiga tegishli bo’lgan mahsus fanlarni o’rganish talab qilinadi. SHuning uchun ham biz mantiqiy tuzilishni o’rganish bilan chegaralanamiz.
Mantiqiy tuzilishga ko’ra axborot quyidagi bo’laklardan tashkil topadi:
1. Axborot tizimi.
2. Axborot oqimi.
3. Axborot massivi.
4. Ko’rsatkich.
5. Rekvizit.
Iqtisodiy axborotning eng kichik bo’lagi rekvizit hisoblanib, u ikki qismga bulinadi:
1. Rekvizit belgi.
2. Rekvizit asos.
Rekvizit belgi axborotning sifat tomonini harakterlaydi, so’zlar yordamida ifodalanadi va mantiqiy amallarni bajaradi. Masalan: tovarning nomi, operasiya turi.
Rekvizit asos axborotning miqdor tomonlarini harakterlaydi, raqamlar yordamida ifodalanadi va arifmetik amallarni bajaradi. Masalan: 10, 250, 1000.
Rekvizitlar birgalikda axborotning yuqori bo’lagi - ko’rsatkichni tashkil quladi. Masalaga tegishli bo’lgan bir hil ko’rsatkichlar axborot massivlarini tashkil qiladi.
Axborot massivlari axborot oqimini, oqimlar esa axborot tizimi sistemasini tashkil qiladi.
Hozirgi kunga qadar iqtisodiy axborot turkumlanishining yagona tizimi yaratilgan emas. Umumiy holda iqtisodiy axborot quyidagi belgilarga ko’ra guruhlarga ajratiladi.
1. Boshqarish funksiyalariga ko’ra:
a) rejalashtirish,
b) hisobot olish,
v) nazorat qilish,
g) iqtisodiy tahlil. kabi axborot guruhlariga bulinadi.

  1. Faoliyat ko’rsatish sohasiga ko’ra:

a) kishlok ho’jaligi ;
b) sanoat;
v) savdo;
g) transport;
d) aloqa. va boshqa axborot guruhlariga bulinadi.
3. Turgunlik darajasiga ko’ra:
a) doimiy,
b) shartli doimiy,
v) o’zgaruvchan. axborotlarga bulinadi. Iqtisodiy axborotning turgunlik darajasi quyidagicha aniqlanadi.
Agar turgunlik darajasi bo’lsa, axborot doimiy hisoblanadi. 0.35 ^ To < 0.85 shartli doimiy bo’ladi. To < 0.35 bo’lsa axborot o’zgaruvchan bo’ladi.
4. Ob’ektga taalluqligiga ko’ra:
a) ichki, tashqi axborot;
b) kiruvchi, chiquvchi axborotlarga bulinadi.
5. To’liqlik darajasiga ko’ra:
a) etarli;
b) tuliq bo’lmagan;
v) ortikcha axborotlarga bulinadi.
6. Ifodalanish usuliga ko’ra:
a) harf raqamli;
b) jadvalli;
v) chizmali;
g) signalli axborotga bulinadi.

Download 155.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling