Ix-xii асрлар марказий осиё халўлари фалсафаси
-jadval Boshqarish funksiyalari va darajalarining o’zaro aloqasi
Download 155.8 Kb.
|
axborot resurslari axborot tehnolog
1.2-jadval Boshqarish funksiyalari va darajalarining o’zaro aloqasi
Har bir tizim tarkibiga quyidagi komponentlar kiradi: • tizim tuzilishi — tizimning ko’plab elementlari va ular o’rtasidagi o’zaro aloqalar. Misol: firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish tuzilmasi; • tizim har bir elementining funksiyalari. Misol: boshqa-ruv funksiyalari — firmaning muayyan tuzilma bo’linmalari tomonidan qaror qabul qilinishi; • umuman olgandagi har bir element va tizimning kirishi va chiqishi. Misol: tizimga tushuvchi va undan chiquvchi moddiy yoki axborot oqimlari; • tizim va uning ayrim elementlari, maqsadlari va chekla-nishlari. Misol: eng ko’p foydaga erishish, moliyaviy cheklanishlar; • har bir tizim bulinish va yahlitlik hususiyatiga egadir. Bo’linish shuni anglatadiki, tizimni nisbatan tizimostilar (yoki kichik tizimlar)dan iborat deb tasavvur qilish mumkin, ulardan har biriga tizim deb qarash mumkin. Tizimostilarga ajralish imkoniyati (tizim dekompozisiyasi), uning tahlili, ishlab chiqishi, tadbiqi va foydalanishini soddalashtiradi. Bu jarayon ancha murakkab vazifadir. ßhlitlik hususiyati butun tizimning ishlashi maqsadlarini uning tizimosti va elementlari ishlashi maqsadlariga muvofiq kelishini ko’rsatadi. Axborotlar tizimi aniq bir ob’ekt uchun yaratiladi. Samarali axborotlar tizimi boshqarish, amaliy sohalar darajalari o’rta-sidagi farqlarni, shuningdek tashqi holatlarni e’tiborga oladi va boshqarish funksiyasini samarali amalga oshirish uchun zarur bo’lgan axborotnigina beradi. Axborotlar tizimlarini tatbik etish nafaqat mayda-chuyda ah-borotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomat-lashtirish hisobiga, balki qarorlarni qabul qilish (sun’iy in-tellekt usullari, ekspert tizimlari va hakazolar), zamonaviy telekommunikasiya vositalari (elektron pochta, telekonferensiyalar), yalpi va lokal hisoblash tarmoqlari va boshqalardan foydalanishda firma mutahassislari hatti - harakatini modellashtirishga asoslangan boshqarishning yangi uslublari hisobiga ham firma ishlab chiqarish - ho’jalik faoliyati samaradorligini oshirish maqsadlarida amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilganlik darajasiga qarab qo’lda kiliinadigan, avtomatlashtirilgan va avtomatik axborot tizimlari bor. Qo’lda qilinadigan axborotlar tizimida— boshqarish yoki ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, boshqasi inson tomonidan bajariladi. Avtomatik axborotlar tizimida — boshqarish va ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha funksiyalari tehnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, tehnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish). Qo’llanish sohasiga qarab, axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin: • ilmiy tadqiqotlar; • loyihalashtirishni avtomatlashtprish; • tashkiliy boshqarish; • tehnologik jarayonlarni boshqarish. Download 155.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling