Ix-xii асрлар марказий осиё халўлари фалсафаси


Download 155.8 Kb.
bet6/12
Sana19.11.2023
Hajmi155.8 Kb.
#1787060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
axborot resurslari axborot tehnolog

Ilmiy AT ilmiy hodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni tahdil etish, tajribalarni boshqarish uchun mo’ljallangan.
Loyihalashtirishni avtomatlashtirish AT yangi tehnika (teh­nologiya) ishlab chiqaruvchilar va muhandis loyihachilar mehnatini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Bunday AT quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi:
a) yangi mahsulot va tehnologiyalarni ishlab chiqish;
b) turli muhandislik hisob-kitoblari (mahsulotlarning teh­nik parametlarini, sarf me’yorlarini belgilash, mehnat, moddiy va hrkazolar);
v) grafik hujjatlashtirishni yaratish (chizmalar, shemalar, reja qog’ozlar);
g) loyihalashtirilayotgan ob’ektlarni modellashtirish;
d) raqamli dasturiy boshqariladigan stanoklar uchun boshqa-ruv dasturlarini yaratish.
Tashkiliy boshqarishning AT — shahslar funksiyalarini avto­matlashtirish uchun mo’ljallangan. Bu sinfga ham sanoat (korhonalar), ham nosanoat ob’ektlari (banq birja, sug’urta kompaniyalari, mehmonhonalar va hakazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi.
Tehnologik jarayonni boshqarishning axborot tizimi turli teh­nologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan (mos-lashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va hrkazolar).
Dastlabki axborot tizimlari 50- yillarda paydo bo’ldi. Bu yillarda ular maosh hisob-kitoblarini qayta ishlash uchun mo’ljal-langan bo’lib, elektromehaniq buhgalterlik hisoblash mashinalarida amalga oshirilgan. Bu qog’oz hujjatlarni tayyorlashda mehnat va vaqtni bir qadar kiskartirishga olib kelgan.
60-yillarda axborot tizimlariga munosabat butunlay o’zgardi. Bu tizimlardan olingan axborot davriy hisobot uchun ko’pgina parametrlar bo’yicha qo’llana boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga ko’pgina funksiyalarga ega bo’lgan kompyuter qurilmalari talab etila boshlandi.
70-80-yillar boshlarida axborot tizimlari qarorlarni qo’llab-kuvvaglovchi va tezlashtiruvchi jarayonga ega bo’lgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida keng foydalanila boshladi. 80-yillar ohiridan boshlab, axborot tizimlaridan foydalanish konseisiyasn yanada o’zgarib bormoqda. Ular axborotning strategik manbai bo’lib qolmoqda va istalgan sohada tashkil etishning barcha darajalarida foydalanilmoksa. Bu davrning axborot tizimlari ihborotni o’z vaqtida berib, tashkilot faoliyatida muvoffaqiyatga erishishga yordam bermoqda, ya’ni tovarlar va hizmatchilar yaratish, sotish bozorlarini topish, munosib sheriklar bilan ta’minlash, arzon narhda mahsulot chiqarish va boshqalarga imkon yaratmoqda. Istalgan vazifalardagi axborot tizimi ishini ta’minlovchi jarayonlarni bloklardan iborat
• axborotning tashqi yoki ichki manbalardan kirishi;
• kirayotgan axborotni qayta ishlash va uni qulay ko’rinishda taqdim etish;
• axborotni iste’molchiga taqdim etish va boshqa tizimga uzatish uchun chiqarish;
• teskari aloqa — bu, kirayotgan axborotni tuzatish uchun mazkur tashkilot hodimlari tomonidan qayta ishlangan axborotdir.
Axborot tizimi quyidagi hususiyatlariga ko’ra belgilanadi: a) har qanday axborot tizimi tahlil qilinishi, tizim tuzilishining umumiy tamoyillari asosida ko’rilishi va boshqarilishi mumkin;
b) axborot tizimi dinamik va rivojlanuvchandir;
v) axborot tizimini tuzishda tizimli yondoshuvdan foydalanish zarur;
g) axborot tizimining chiqarish mahsuloti asosida qarorlar qabul qilinadi;
d) axborot tizimida axborotni qayta ishlashning "inson — kompyuter" tizimi sifatida qabul qilish lozim.
Hozirgi paytda axborot tizimi haqida kompyuterli tehnika yordamida amalga oshiriladigan tizim degan fikr yuzaga kelgan. Lekin umumiy holda axborot tizimini nokompyuter variantda ham tushunish mumkin.
Axborot tizimi ishini yahshi bilish uchun u hal etayotgan muammolar, shuningdek u kiritgan tashkiliy jarayonlar mohiyatini tushunish lozim. Masalan, qaror qabul qilishni qo’llab - quvvatlash uchun ishlab chiqilgan axborot tizimi kompyuter imkoniyatlarini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish zarur:
• hal qilinayotgan boshqaruv vazifalarining tuzilmalarga bulingani;
• qaror qabul qilishi lozim bo’lgan firma boshqaruvi ierarhiyasi (mansab pillapoyalari) darajasi;
• hal etilayotgan vazifaning biznesning u yoki bu funksio­nal sohasiga oidligi;
• foydalaniladigan axborot tehnologiyasi turi. Kompyuter axborot tizimining tehnologik ishi nokompyu­ter soha mutahassis-lariga ham tushunarli va o’z kasb faoliyatida foydalanilishi mumkin.
Axborot tizimlarini tadbiq etish quyidagilarga imkon yaratadi:
a) matematik uslublar va intellektual tizimlarni tadbiq etish hisobiga boshqaruv topshiriqlarining ancha oqilona variantlarini olish;
b) avtomatlashtirish hisobiga hodimlarni ikir-chiqir ish-lardan ozod qilish;
v) axborot ishonchliligini ta’minlash;
g) ma’lumotlarni qog’ozdan magnit disk yoki lentalarga kuchirish, bu hol axborotni kompyuterda qayta ishlashni ancha oqilona tashkil etish va qog’oz hujjatlar hajmini kamaytirishga olib keladi,
d) firmada axborot oqimi tuzilishi va hujjat hujjataylanishi tizimini takomillashtirish;
e) mahsulot va hizmatlar ishlab chiqarish xarajatini kamaytirish;
j) yangi bozorlarni qidirib topish;
z) turli arzonlashtirish usuli va hizmatlari evaziga haridor va mahsulot etkazib beruvchilarni firmaga bog’lab quyish.
IAT ko’p sonli funksional hususiyatlariga ko’ra, ko’plab turli-tuman tasnifiy belgilarga bo’linadi. Jumladan, qo’llanish darajasi va ma’muriy bulinishiga muvofiq, IAT ni korhona, tuman, viloyat va mamlakat jihatlariga ajratish mumkin. Qo’lla­nish sohasiga ko’ra quyidagilarga ajraladi:
• bank axborot tizimlari;
• fond bozori axborot tizimlari;
• sug’o’rta axborot tizimlari;
• soliq axborot tizimlari;
• sanoat korhonalari va tashkilotlarning axborot tizimla­ri (ahamiyati va tarqalganligi bo’yicha ularda buhgalterlik axborot tizimlari alohida o’rin tutadi);
• statistika axborot tizimlari va boshqalar.

Download 155.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling