Ix-xii асрлар марказий осиё халўлари фалсафаси


Buhgalteriya axborotlar tizimi


Download 155.8 Kb.
bet8/12
Sana19.11.2023
Hajmi155.8 Kb.
#1787060
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
axborot resurslari axborot tehnolog

Buhgalteriya axborotlar tizimi
Ko’pgina korhonalar bozor sharoitida axborotga mulkchilik-ning boshqa istalgan turlari kabi sakdash, foydalanish va himoya qilish zarur bo’lgan kimmatbaho zahira sifatida baho berishadi. Ishlab chiqarish va ho’jalik faoliyatini boshqarish uchun zarur axborot olish maqsadlarida korhona buhgalterlik axborot tizimlarini (BUAT) barpo etadi. BUAT ho’jalik faoliyati va qaror qabul qiluvchi kishilar o’rtasila bokyuvchi bo’g’in bo’lib hizmat qiladi. Unda korhona ho’jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni yig’ish, ro’yxatdan o’tqazish, qayta ishlash, saqlash, tahlil va qaror qabul qilish uchun foydalanuvchiga etkazish amalga oshiriladi. Korhonada BUAT ishlashining asosiy maqsadi cheklangan zahiralardan, shuningdeq mukobil variantlardan foydalanishda asoslangan qarorlarni qabul qilish uchun korhona rahbariyatini moliyaviy ahborog bilan ta’minlashdir. Ayrim korhonalar nomoliyaviy axborotdan ham foydalanadi. Bu holda korhonada iqtisodiy axborot tizimi yarati-chadi, u boshqaruv apparatini zarur axborot bilan ta’minlovchi o’zaro bog’liq, Holdagi kichik tizimlardan tashkil topadi. Bunda buhgalterlik kichik tizimi muhim ahamiyatli bo’ladi, chunki u boshqaruv ob’ekti holati va uning korhonaning barcha bo’linmalariga, shuningdeq undan tashqaridagi manfaatdor shahslarga yo’naltirilishn haqidagi ahborog oqimini boshqarishda etakchi rol o’ynaydi.
BUAT korhona ho’jalik fao.shyatini tuliq aks ettiruvchi buh­galterlik axborotini taqdim etadi. Hozirgi paytda buhgalterlik hisobi yuritishning halqaro standartlariga o’tish sharoit­larida buhgalterlik axboroti yo’nalishi o’zgardi. Agap yakindagina uning asosiy foydalanuvchisi davlag boshqaruvi organlari bo’lgan bo’lsa, hozirda buhgalterlik axboroti korhona ichida ham, undan tashqarida ham boshqaruv qarorlarni qabul qilishda asos bo’lib hizmat qiladi. Avvalo u rejalashtirish, nazorat va shu kabi korhona ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini boshqarish funkiyalarini bajarish uchun zarur miqdoriy ma’lumotlarni taqdim etadi.
Rejalashtirish bosqichi uchun buhgalter ko’zda tutayotgan foyda va pul zahiralariga ehtiyoj haqidagi axborotni taqdim etishi lozim.
Nazorat bosqichida buhgalterdan faktik daromadlar va xarajatlarni rejadagi bilan qiyoslash axboroti talab etiladi.
Tahlil bosqichida buhgalterlik axboroti asosida oldiga qo’yilgan maqsadga erishilgani yoki erishilmagani aniqlanadi. Tahlil natijalariga ko’ra, korhonaning boshqarish tizimini takomillash-tirishga doir qarorlar qabul qilinadi.
Buhgalterlik axborotining asosiy foydalanuvchilari korho­na rahbariyati va menejerlaridir. Bu axborot asosida korhona­ning sunggi hisobot davridagi sof foydasi, foyda me’yorining kutilayotgan hajmga muvofiqdigi, pul zahiralarining mavjudligi, sof aktivlar va nizom kapitalining nisbati, eng foydali faoliyat yo’nalishlari, ishlab chiqarilgan mahsulot tannarhi aniqdanadi.
Buhgalterlik axboroti rahbariyatga yakunlarni nafaqat tushun-tirish va tahlil etishga, balki turli qarorlarni qabul qilishda korhona faoliyati natijalarini oldindan bilishga ham yordam beradi.
Buhgalterlik axborotining tashqi foydalanuvchilari ham mavjud. Ular hissadorlar, investorlar, kreditorlar, haridorlar, mijozlar, auditorlar va solik hizmati nozirlaridir. hissadorlar va investorlarga korhona egalari hususiy qanchalik samarali va daromadli foydalanilayotgani, yangi investisiyalar kerakmi yoki uning hajmini kiskartirish zarurmi, firma kelajakda foydali bo’lib koladimi va qanday sharoitlarda bunga erishadi kabilarni bilish muhimdir. Kreditorlarni karz zarurligi, korhonaning qarz foizlarini o’z vaqtida to’lash qobiliyati qiziqtiradi va hokazolar.
Buhgalterlik axboroti foydali bo’lishi uchun u ishonchli va ahamiyatli bulmogi zarur. Ishonchlilik shuni ko’rsatadiki, axborot korhonadagi ho’jalik jarayonlarini to’liq aks ettiradi, engil tekshirilishi va biror bir shahs manfaatlarini ifodalanmasligini namoyon etadi. Buhgalterlik axborotining ahamiyatliligi shundaki, u teskari aloqaga asoslangan rejalarni tuzishda foydali bo’lishi va foydalanuvchiga zarur paytda etib kelishi lozim. Teskari aloqa oldingi mo’ljallar qanchalik to’g’riligini bilishni ko’zda tutadi. SHuni hisobga olish zarurki, hisobli axborotdan foydalanishdan olingan foydalar unga sarflangan xarajatlardan yuqori bo’lishi lozim.

Download 155.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling