Ix-xii asrlarda Markaziy Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g'oyalari
Download 7.97 Kb.
|
Ix-xii asrlarda Markaziy Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g\'oy-fayllar.org
Ix-xii asrlarda Markaziy Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g'oyalari IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g'oyalariIX-XII asrlarda Markaziy Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g'oyalariIqtisodiy munosabatlarning huquqiy asoslari islom ta'limotidagi fikhning tarkibiy qismini tashkil etadi. Vatandoshirniz Marg'inoniyning «Hidoya» asari shular jurnlasidandir. AI-Marg'iloniy 1123-yil 23- sentabrda tug'ilgan. Qur'onni, Hadis ilmlarini mukammal egallab, fikh - islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqurbilimga ega bo'lganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli, Burhoniddin valmilla (Islom dinining dalili) va Burhoniddin al-Marg'inoniy nomlari bilan mashhurdir. Olim dastlabki ta'limni Marg'ilonda olib, keyinchallk Samarqandga ko'chib borgan va umrining ohirigacha o'sha yerda yashagan. Bizgacha uning o'nga yaqin asari yetib kelgan. <Keyinchalik esa butun musulmon olamiga mashhur bo'lib, musulmon huquqi - fikh bo'yicha eng aniq izchil mukammal asar sifatida tan olingan. «Al-Hidoya»ning birinchi kitobi to'rtjilddan iborat bo'lib, har biri alohida muammolami tahlil etadi. Bu kitob 1994-yilda professor AX. Saidovning izohi bilan nashr etilgan. Kitobning 3-jildida oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da'vo, iqror bo'lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo'lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg'a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, valiylik, majbur qilish, homiylik, bosqinchilik hususidagi masalalar yoritilgan. Farobiy O'rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlaming qariyb barcha sohalarini o'z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning Sharq olarnidagi shuhrati shu darajaga etdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- «Muallim - us-soniy» - «Ikkinchi muallim» deb atay boshladilar. Olimning «Fozil odarnlar shahri» asarida mamlakatni boshqarish, hokirnlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog'liq bo'lgan muhim g'oyalar keltiriladi. Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, Forobiy o'z ustozi Arastu g'oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni to'ldirishga harakat qiladi. Jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlaming ahamiyati haqida ta'limot yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim bo'lgan «Ehtiyoj»ni ta'riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollari o'rnini aniqlab berdi. Ayniqsa, «mehnat taqsirnoti» masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan. . Forobiyning fozil (ideal) davlat, hokimlar to'g'risidagi g'oyalari nihoyatda aharniyatlidir. Masalan, shahar tartibotida eng asosiy narsa 41 mulk, noz-ne'matlami to'g'ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan. Arastu g' oyalari rivojlantirilib, avvalo, yer va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o'rinlari, so'ngra nihoyatda zarur hisoblanuvchi oziqovqat, ekin ekiladigan yeriar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori hisobga olinishi kerakligi ko'rsatiladi. Download 7.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling