Ixtiofauna xilma-xilligi va uni saqlash reja: Ixtiofauna saqlash turlari Qon aylanish va nafas olish sistemalari
Download 35.46 Kb.
|
IXTIOFAUNA XILMA-XILLIGI VA UNI SAQLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatlanishi
- Ko‘payishi va rivojlanishi.
Tashqi tuzilishi. Daryo qisqichbaqasining tanasi qattiq xitin po‘st bilan qoplangan. Xitin qoplag‘ich uning tanasini tashqi ta’sirdan himoya qiladi; tana uchun tashqi skelet vazifasini bajaradi. Unga ichki organlar muskullari va oyoqlar kelib birikadi. Qisqichbaqaning tanasi boshko‘krak va qorin bo‘limlaridan iborat (35-rasm). Boshko‘krak bosh va ko‘krak bo‘limlarining harakatsiz birikishi natijasida hosil bo‘lgan va boshko‘krak qalqoni bilan qoplangan. Qalqonning oldingi uchi uzun pixni hosil qiladi. Ana shu pixning ikki yonida, harakatchan poyachalar ustida ko‘zlar joylashgan. Boshining oldingi tomonida joylashgan bir juftdan uzun va kalta mo‘ylovlari hid bilish va tuyg‘u organlari hisoblanadi. Og‘iz teshigini uch juft jag‘lar o‘rab turadi. Boshko‘krakning keyingi qismida 8 juft o‘simtalar bor. Ulardan 3 jufti jag‘oyoqlar bo‘lib, oziqni ushlab og‘izga surish va jabralarga suvni haydash vazifasini bajaradi. Qolgan 5 juftidan birinchi jufti qisqichga aylangan; keyingi to‘rt jufti esa haqiqiy yurish oyoqlari hisoblanadi. Qisqichlar oziqni tutish uchun xizmat qiladi. Qorin bo‘limi yetti bo‘g‘imdan iborat. Har qaysi bo‘g‘imda bir juftdan qorinoyoqlar bo‘ladi. Ulardan oldingi 5 jufti ikki shoxli bo‘ladi, oxirgi 2 jufti dum suzgichni hosil qiladi.
Harakatlanishi. Odatda, qisqichbaqa suv tubida ko‘krak bo‘limidagi to‘rt juft yurish oyoqlari yordamida o‘rmalab yuradi. Lekin u biror xavf sezib qolsa, dum suzgichlarini qorin tomonga tez-tez siltab, orqa tomoni bilan suzadi. Nafas olishi. Qisqichbaqa jabralar orqali nafas oladi. Jabralar ko‘krak bo‘limidagi jag‘oyoqlari va oldingi to‘rt juft yurish oyoqlari asosida joylashgan. Jag‘oyoqlari harakati tufayli jabralarda suv almashinib turadi. Ko‘payishi va rivojlanishi. Qisqichbaqalar ayrim jinsli. Urg‘ochisining qorin bo‘limi boshko‘kragiga nisbatan kengroq, erkaginiki,aksincha, torroq bo‘ladi. Urg‘ochisi erta bahorda qo‘ygan tuxumlarini qorinoyoqlariga yopishtirib olib yuradi. Yoz boshlanishi bilan tuxumlardan qisqichbaqalar yetishib chiqadi. Ular urg‘ochisining qorinoyoqlariga yopishib oladi; keyinroq mustaqil hayot kechira boshlaydi. Qisqichbaqalar hamma bo‘g‘imoyoqlilar singari eski qattiq po‘stini tashlab, ya’ni tullab o‘sadi. Tullagan qisqichbaqaning eski qoplag‘ichi ostida yangisi hosil bo‘ladi. U tez o‘sa boshlaydi. Lekin ohak modda shimilgan qoplag‘ichi asta-sekin qattiqlashib, o‘sishdan to‘xtaydi va yana tullaydi. Muskullari va tana bo‘shlig‘i. Daryo qisqichbaqasining muskullari alohida muskul boylamlaridan iborat. Muskullar organlar atrofida to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan. Xitin qoplag‘ichi keng tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Ichki organlar ana shu bo‘shliqda joylashgan. Download 35.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling