Ixtirochilik, rasionalizatorlik, ilmiy texnik va patent axboroti
Download 251.19 Kb. Pdf ko'rish
|
6 maruza IXTIROCHILIK, RASIONALIZATORLIK, ILMIY TEXNIK VA PATENT
IXTIROCHILIK, RASIONALIZATORLIK, ILMIY TEXNIK VA PATENT AXBOROTI RЕJА: 1. Ixtirochilikqobiliyatihaqidatushuncha. 2. Rasionalizatorliktakliflari. 3. Ilmiytexnikvapatentaxborotimazmun- mohiyati. Ixtiro tan olinishi uchun taklifda biror texnik masalaning yechimi bo’lishi shart. Shu bilan birga u yangi va oldindan ma’lum bo’lgan texnik yechimdan fark qilib, ko’prok foyda keltirishi zarur. Ixtironing obektlari bo’lib yangi qurilma, yangi metod, yangi buyum yoki narsa, oldindan ma’lum bulmagan qurilma, metod va buyumlarni yangi maqsadlarda foydalanishi xizmat qiladi. Qurilmalarga: agregatlar, mashinalar, mexanizmlar, asboblar, priborlar va boshqalar kiradi. Metodlarga: texnik jarayonlar, zagotovka olish turlari, tekshiruv va sinov turlari, montaj hamda yiguv turlari va boshqalar kiradi. Narsa yoki buyum: kimyoviy to’zilmalar bo’lib, ixtironing obekti bo’lib hisoblanadi. Kishlok xo’jaligidagi yutuklar (masalan seleksiyada) ham ixtiro deb tan olinadi. Yangi navlarning yaratilishi, yangi zotlarning yaratilishi, kushlarning va xayvonlarning yangi turlarini paydo bo’lishi. Ixtiro ham kashfiyot singari dunyoviy yangiliklar bulmogi kerak, ya’ni ixtiro to’g’risidagi ariza berilgunga kadar u xakda xech kayerda ye’lon kilinmasligi kerak. Chunki ixtiroga bitta haqiqiy guvoxnoma beriladi. Agar bitta ixtiro uchun bir nechta ariza berilgan bulsa, u holda ixtiro birinchi bo’lib ariza bergan ixtirochiga tegishli buladi. Rasionalizatorlik takliflari zavodlarda, korxonalarda beriladi Agar takliflar korxonalar uchun yangilik bo’lib, ko’prok foyda keltirsagina rasionalizatorlik taklifi deb tan olinadi. rasionalizatorlik takliflari: buyumning konstruksiyasini, ishlab chiqarish texnologiyasini, materiallar tarkibini o’zgartiish haqida bo’lishi mumkin. Rasionalizatorlik ko’p qirrali muammodir va shu bilan birga iqtisodiydir. rasionalizatorlik taklifi ham ixtiro singari aloxida belgilarga, talablarga javob berishi shart. Birinchidan, taklifning texnik yechim bo’lishi shart. Ikkinchidan, yangilik belgisiga javob berishi kerak. Uchinchidan, taklif foydali bo’lishi kerak. Rasionalizatorlik taklifi maxsus bosma kogozda yozma ravishda beriladi. Arizada taklifning nomi, avtorlari ko’rsatiladi. Arizani bulimlarida taklifning maqsadi va iqtisodi to’g’risida ma’lumot beriladi. Bundan tashqari arizaga sxemalar, chizmalar, yeskizlar tirkab kuyiladi. Ariza korxona nomiga beriladi. Bordiyu taklif bir necha korxona uchun ham foydali bulsa, u holda ariza ana shu korxonlar qaraydigan vazirlikka beriladi. Muallif uchun (iltimosiga kura) ma’lumotnoma yoki guvoxnoma beriladi va maxsus jurnalda belgilab kuyiladi. Rasionalizatorlik takliflari – bu xalq xo’jaligining tarmoqlarida yangi va foydali texnik vazifalarni echishga, ya’ni ma’sulotning loyixasini ishlab chiqarish texnologiyasini, foydalanilayotgan texnikaning yoki materiallarning xossasini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi. rasionalizatorlik ko’p qirrali muammo bo’lib, ko’proq iqtisodiy masalalarni xal etishga qaratilgan. rasionalizatorlik fikrlar ma’lum talablarga javob berishi kerak: birinchidan, texnik yechimga ega bo’lishi, ikkinchidan, yangilik bo’lishi uchunchidan foydali bo’lishi kerak. Rasionalizatorlik fikrlar maxsus blankada ariza sifatida beriladi. rasionalizatorlik fikrlar qaysi korxonaga tegishli bo’lsa shu korxonaning IRJ ga ariza beriladi. Agarla fikrlar boshqa korxonalarga tegishli bo’lsa vazirlikka beriladi va ro’yxatga olinadi. Patent hujjatlari. Patent axborot. Ilmiy – texnik taraqqiyotning o’sishi ko’p va murakkab bilimlar va axborotlarga bog’liq. Xalq xo’jaligining barcha soxalari bo’yicha har yil yangiliklar soni birqancha ko’payadi. Zarur bo’lgan axborotlarni yig’io’ juda murakkab ish. Shuning uchun xozirgi kunda tabiatni bilishga oid bilimlardan tashqari, bu bilimlardan insonning o’zi foydalanishi katta ahamiyatga ega. Xozirgi davrdakashf yetilgan yangiliklar bo’yicha axborotlar saqlash, ishlov berish va xodimlarga yetkazish yo’llari axtarilmoqda, har bir davlatda ilmiy – texnik axborotlar bo’yicha maxsus tashkilotlar to’zilgan, ularning vazifasi fan, texnika va ishlab chiqarishni rivojlantirishga omil bo’lib hisoblanadi. Patent hujjatlari – bu shunday hujjatlar yig’indisi bo’lib, unda: ilmiy – texnik tajribalar va loyixa konstruktorlik ishlanmalarining maxmuni kashf qilinganligi, foydali modeli hamda kashfiyotchining xuquqini ximoya qiluvchi ma’lumotlar bo’lishi kerak. Shu bilan birgalikda model, maket, korxona maxsulotini ro’yxatga olinganligi haqida guvohnomalar va mualliflik diplomlari bo’lishi kerak. Patent axboroti deganda patent hujjatlaridan foydalanish va ishlov berish tushuniladi. Patent hujjatlari ilmiy – texnik yutuqlari oxirgi 100-200 yilligi petent fondlarida saqlanadi. Download 251.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling