Ixtisoslashtirilgan MathCad tizimlari
Download 24.88 Kb.
|
1 2
Bog'liqIxtisoslashtirilgan MathCad tizimlari.
Ixtisoslashtirilgan MathCad tizimlari. Matematik va ilmiy-texnik hisob-kitoblar shahsiy kompyuterlarni qollashning muhim sohasi hisoblanadi. Hisob-kitoblar texnik ma’lumotlarni asosi hisoblanadi. Kompyuterning hisoblash quvvati uni ilmiy ishlarni avtomatlashtirish vositasi sifatida ishlatish imkonini beradi. Murakkab hisoblash msalalarini yechishda maxsus yozilgan dasturlar ishlatiladi. Shu bilan birga ilmiy ishlarda cheklangan murakkablikdagi keng spektrli masalar uchraydi. Ularni yechish uchun universal vositalarni ishlatish mumkin. Bunday masalalarga quyidagilar kiradi: • mutaxassislar uchun odatiy bo’lgan formada yozilgan matn va formuladan iborat ilmiy-texnik hujjatlarni yaratish; • sonli o’zgarmaslar, o’zgaruvchilar va o’lchanadigan fizik kattaliklar ishlatiladigan matematik amallar natijasini hisoblash; • vector va matrisalar ustida amallar; • tenglama va tenglamalar tizimini yechish; • statistic hisoblar va ma’lumotlar tahlili; •ikki o’lchamli va uch o’lchamli grafik chizish; •tenglama va tizimlarni analitik hisoblash; •differensiallash va integrallash; •diffrensial tenglamalarni yechish; •boshlang’ich shartlarni turli qiymatda hisoblash. Yechilayotgan masalalar murakkablik darajasining ob’yektiv sabablarga ko’ra o’sishi algoritmlarning murakkablashishiga va ularni C, Pascal, Fortran kabi algoritmik tillarda amalga oshirilishiga olib keladi. Yanada ko’proq vaqt dastur kodini ishga tushirishga ketadi. Bu sabablar algoritmlar biriktirilgan avtomatlashtirishni boshqarish tizimini (ALT) yaratilishiga olib keldi. Bunday tizimlar paydo bo’lganiga ancha vaqt bo’lgan va ular tor miqyosda ixtisoslashgan bo’lgan. Matematik ALTlar orasida eng ko’p tarqalgani -MathCAD (MathSoft Inc.), Mathematica (Wolfram Research, Inc.), MATLAB (MathWorks Inc.), Maple V (Waterloo Maple Inc.). MathCad, MatLab dasturlari sonli va formula ko’rinishidagi ma’lumotlarni dinamik qayta ishlash imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar hisoblanadi. MathCAD elementar arifmetikadan boshlab, murakkab sonli usullarni qo’llash bilan tugallaydigan turli ilmiy va muhandislik hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradigan matematik muharrirdir. MathCAD foydalanuvchilari-bu talabalar, olimlar, muhandislar, turli texnik mutaxassislardir. Qo’llanilishdagi oddiylik, matematik harakatlarning yaqqolligi, sonli usullar va tizim funksiyalari kutubxonasining kattaligi, belgili hisoblashlar imkoniyati hamda natijalarni taqdim etishning a’lo darajadagi apparaturalari(har xil turdagi grafika, chop etiladigan hujjatlar tayyorlash kuchli vositalri va Web sahifalar) mavjudligi tufayli MathCAD ommabop matematik ilovaga aylandi. MathCAD 2001 boshqa zamonaviy matematik ilovalardan farqli ravishda WYSIWYG ("What You See Is What You Get" - "Siz nimani ko’rsangiz, shuni olasiz") prinsipi asosida qurilgan. Shuning uchun uni ishlatish jarayoni juda sodda, xususan, unda matematik hisob kitobni amalga oshirish uchun dastur yozishga xojat bo’lmaydi. Buning o’rniga formula muharriri yordamida matematik ifodalarni shunchaki kiritish kifoya. Shuni ta’kidlash lozimki, natija shu zaxotiyoq olinadi. Bundan tashqari printerda hujjatning bosma nushasini ishlab chiqish yoki MathCadda ishlash vaqtida hujjat kompyuter ekranida qanday ko’rinishda bo’lsa, shu ko’rinishda Internetda sahifasini yaratish mumkin. MathCAD yaratuvchilari shunday ishlarni amalga oshirdilarki, natijada dasturlash bo’yicha maxsus bilimga ega bo’lmagan foydalanuvchilar ham zamonaviy hisoblash fanlari va kompyuter texnologiyalari yutuqlaridan bemalol foydalana oldilar. MathCad muharririda samarali ishlash uchun foydalanuvchining baza ko’nikmalari yetarli. Boshqa tomondan, professional dasturchilar MathCaddan turli dasturiy hisoblar yaratish, MathCad imkoniyatlarini kengaytirish orqali ko’proq ma’lumot oladilar. Real hayot muammolariga mos ravishda matematiklarga quyidagi masalalarni yechishga to’g’ri keladi: kompyuterga turli matematik ifodalarni kiritish(hujjatlarni yaratish yoki keying hisoblash uchun, prezentasiya, Web-sahifa yaratish); - matematik hisob-kitoblarni amalga oshirish; - hisob-kitob natijalarini grafik ko’rinish tayyorlash; - berilgan kattaliklarni kiritish va natijalarni matnli yoki boshqa formatdagi ma’lumotlar bazasi fayliga chiqarish; - ish hisobotini bosma hujjat ko’rinishida tayyorlash; - Web-sahifa tayyorlash va natijani Internetda chop etish; - matematika sohasi bo’yicha turrli ma’lumotlar olish. MathCad bu barcha masalalar bilan bemalol ishlay oladi: -matematik ifoda va matn MathCad formulalar muharriri yordamida kiritiladi. U imkoniyatlari ishlatishdagi soddaligi bilan Microsoft Word formulalar muharriridan qolishmaydi; - matematik hisob-kitoblar kiritilgan formulalar yordamida zudlik bilan bajariladi; - juda boy formatlash imkoniyatiga ega bo’lgan turli grafiklar bevisita hujjatlarga qo’yiladi; - fayllarga turli formatlardagi ma’lumotlarni kiritish va chiqarish mumkin; xujjatlar bevosita MathCaddan foydalanuvchi kompyuter ekranida qanday ko’rsa shunday ko’rinishda bosmaga chiqarilishi yoki keyinchalik tahrirlash uchun RTF formatda saqlanishi mumkin. Bu hujjatlar kuchli matn muharrirlarida tahrirlanishi (masalan, MS Wordda) hamda Web-sahifa formatlarda saqlanishi mumkin; -belgili hisoblashlar turli yordamchi matematik ma’lumotlarni bir zumda olish, yordamchi tizim, Resurslar Markazi va elektron kitoblar esa kerakli ma’lumot va turli ma’lumotlarni tez topish imkonini beradi. Shunday qilib MathCad tarkibiga bir-biri bilan o’zaro integrallashgan komponentalar kiradi Bu komponentalar matn va formulalarni kiritish va tahrirlash imkonini beradigan quvvatli matn muharrirlari, kiritilgan formulalar asosida hisob-kitobni amalga oshiradigan hisoblash prosessori, sun’iy intellect tizimi hisoblangan belgili protsessorlardir. Bu komponentalar birlashmasi ish natijasini hujjatlashtirish bilan birga, turli matematik hisob-kitoblar uchun qulay hisoblash muhitini yaratadi. Download 24.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling