Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Do’stlik ixtisoslashtirilgan maktab 6-b sinf rahbari Hamrayeva Nargizaning 2022-2023 o’quv yili yanvar oyi yakuni yuzasidan hisoboti


Download 7.24 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi7.24 Kb.
#1566285
Bog'liq
6-B sinf yanvar oyi hisoboti


Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Do’stlik ixtisoslashtirilgan maktab 6-B sinf rahbari Hamrayeva Nargizaning 2022-2023 o’quv yili yanvar oyi yakuni yuzasidan
HISOBOTI
Do’stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktab 6-B sinf o’quvchilari bilan 5 tashabbus doirasida bir qancha ishlar amalga oshirildi.O’quvchilarning musiqa,san’at,kitobxonlikka bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida o’tkazilayotgan onlayn tanlovlarda ishtirokini ta’minlash maqsadida targ’ibot va tashviqot ishlari amalga oshirildi va ishtiroki ta’minlandi. O`zbekiston Respublikasi pedagoglarining vazifasi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir. Bunday mas’uliyatli vazifani ado etish uchun bugungi kunning o`qituvchisi ko`proq ishlashi, o`qishi, izlanishiga to`g`ri keladi. Chunki texnika asrining bolalari televideniya, radio, internet, matbuot kabi ommaviy axborot vositalari va aloqa vositalaridan samarali foydalanadi. Shuning uchun biz pedagoglar o`quvchi didiga mos dars berishimiz, ilmiy dunyoqarashi va tafakkurini kengaytirishimiz kerak.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari asosida 2022-2023 o’quv yilida Respublikamizning barcha viloyatlarida tashkil etilgan Prezident maktablari tizimida ixtisoslashtirilgan maktablar ham tashkil etildi. Shunday maktablardan biri Do’stlik ixtisoslashtirilgan maktabidir. Maktabimizda 450 ga yaqin o’quvchi tahsil oladi , ularga 35 nafar pedagog xodimlar dars mashg’ulotlarini olib borishmoqda.
6-B sinf maktabdagi eng ilg’or , namunali sinflardan biri. Mazkur sinfda hozirgi kunda 23 nafar o’quvchi tahsil olishmoqda.Ulardan 10 nafari qiz bolalar. Sinf o’quvchilari o’zlarining tirishqoqligi, bilimga tashnaligi, tashkiliy ishlarga faolligi bilan maktab jamoasida alohida o’ringa ega.
Ma’lumki, yanvar oyining birinchi o’n kunligi qishki ta’til hisoblanadi.O’quvchilar qishki ta’til kunlarida onlayn mashg’ulotlarda ishtirok etib kelishdi. O’zlari qiziqqan fanlar, turli yo’nalishlar bo’yicha tanlovlarda ishtirok etishdi. Xususan, 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan onlayn tanlovda sinfdagi 11 nafar o’quvchi o’zlarining ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etib, bir nafar o’quvchi sovrinli I o’rinni egalladi.
Havo haroratining keskin pasayishi natijasida maktablar vaqtinchalik onlayn ta’limga o’tkazildi. Do’stlik ixtisoslashtirilgan maktabining o’quvchilari ham darslarni onlayn davom ettirishdi. 6-B sinf o’quvchilari ham ushbu onlayn darslarda faol ishtirok etishdi. Darslar jadval asosida tashkil etilib, o’quvchilar har bir fan bo’yicha berilgan topshriqlarni o’z vaqtida bajarib borishdi.
30-yanvar O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 85-yilligiga bag’ishlab onlayn tanlov o’tkazildi. Tanlovda maktabdagi barcha sinflardan o’quvchilar ishtirok etishdi. 6-B sinf o’quvchilaridan 9 nafari ushbu tanlovda faol ishtirok etishdi.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov xotirasiga bag’ishlab,mustaqil ravishda videoroliklar tayyorlashdi.O’quvchilar tomonidan tayyorlangan ushbu videoroliklarda birinchi prezidentimiz hayoti va faoliyati bilan bog’liq ma’lumotlar o’z aksini topgan.Kitobxonlikni o’quvchilar orasida keng targ’ib qilish maqsadida asarlar taqdimoti o’tkazildi va o’quvchilar o’qishlari uchun turli xil kitoblar tavsiya etildi.

Sinf rahbari: N.Hamrayeva
Download 7.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling