To’qqizinchi sxema. Mahsulotni sertifikatlashtirishda foydalaniladi va bayonotdan o’tkazishni hamda xavfsizlik talablariga muvofiqlikni nazarda tutadi. Bu sxemada muvofiqlik belgisini tasdiqlash ishlab chiqaruvchining xohishiga ko’ra amalga oshiriladi. Yuqorida sanab o’tilgan sxemalarning ichida eng mukammal va murakkabi beshinchi sxemadir. Bu sxema to’liq bo’lganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimi yaratilmoqda.
Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora muayyan turdagi mahsulot sifatining nazoratini tashkil etish, standartlarga rioya qilishni majburiy talab etishni, iste’molchi va savdo talablarini e’tiborga olib, mamlakatdagi amalda bo’lgan qoidalar va me’yoriy hujjatlar asosida o’z ishini tashkil etadi.
Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni o’tkazish, korxonadagi va savdo shahobchasidagi mahsulotning sifatini nazorat qilish va shunga o’xshashlarni bajarib, uchinchi tomon vazifasini bajaradi.
Hozirgi paytda Rossiya Federatsiyasida sertifikatlash-tirishning 1-10a sxemalari qo’llanilmoqda. Ushbu sxemalarning qo’llanishiga doir quyidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin:
3.“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonun.
Bozor munosabatlari joriy etilgan mamlakatlarda iste’molchilarning huquqlari keng doirada himoya qilinadi. 1996 yil 26 apreldagi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonuni qabul qilinishi bilan iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asosi shakllandi. Qonun iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilishga bag’ishlangan. Tayyorlovchi iste’molchi oldida uning huquqlarini poymol qilganligi uchun qonun oldida javobgarligi, iste’molchining mahsulot, xizmatlar va tayyorlovchi to’g’risida to’liq ma’lumot olish huquqiga ega ekanligi, iste’molchining sotib olayotgan mahsulotining sifatini tekshirishga haqqi borligi, yaroqlilik muddati davomida kafolatlangan xavfsizlikka ega ekanligini qonun nazarda tutadi. Iste’molchining hayoti, sog’ligi va atrof-muhitga xavf keltiruvchi tovarlar ishlab chiqarilganligi uchun quyidagilarning javobgarligi: tayyorlovchi, me’yoriy hujjatni tasdiqlagan organ, muvofiqlik sertifikatini bergan organ, tabiatni saqlash, sog’liqni saqlash organlari hamda tovarni ishlab chiqarishga ruxsat bergan organlarning javobgarligi qonunda keltirilgan. Ushbu qonun 30 ta moddadan iborat bo’lib, 1-moddada qonunda qo’llanilgan asosiy tushunchalar keltirilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |