Iyod sovitish tizimi tuzilishi hamda


-korpus; 2- parrak; 3- qisqich


Download 352.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana31.03.2023
Hajmi352.48 Kb.
#1311961
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-Аmaliy mashgulot

1-korpus; 2- parrak; 3- qisqich 
quvur; 4 -val; 5 - quvur
Aralashtirilgan serczin)toldirilgan termostatlar 
qo'llaniladi.
10.7-rasm. 
Termostat va 
uning ishlash 
sxemasi:
a- suvning kichik 
doira bo'ylab,


 b -suvning katta doira bo'ylab harakat qilishi; 
1-qisqa quvur; 2 - asosiy klapan; 3 - korpus; 4 - 
yordamchi klapan; 
5-qovurg‘ali jez silindr; 6 - teshik; 7 - kanal; 8- shtok; 9- 
korpus uyasi
Tizimdagi suv sovuq bo'lganda silindr siqilgan holatda bo‘lib, 
asosiy klapan termostat korpusi uyasi (9) ni berkitib, yuqorigi 
qisqa quvurga suv o‘tkazmaydi. Bunday holda yordamchi 
klapan ochiq bo'lib.Suv termostat korpusidagi teshiklar (6) 
orqali kanal (7) ga kirib, undan suv nasosiga qaytadi 
(10.7-rasm, a).Ya’ni kichik doira orqali harakat qiladi.Tizimga
suv quyishda suv g'iloflaridagi havoni chiqarib yuborish
uchun asosiy klapanga kichkina teshik qilingan.Suv radiatorda
sovitilmaganligi uchun tez isib, silindr (5) ichidagi suyuqlik 
bug'ga aylana boshlaydi.Suvning harorati 70°C ga yetganda 
silindr suyuqlik bug'lari bosimi ta’siridan kengayib, asosiy 
klapanni ocha boshlaydi. Suvning harorati 85°C ga yetganda
asosiy klapan batamom ochilib, yordamchi (pastki) klapan 
bekiladi va suvning hammasi radiator orqali o‘tib, katta doira 
orqali harakat qiladi (10.7-rasm, b). Suv soviganda silindr 
siqiladi va shtok klapanlari pastga tushiradi. Shunday qilib, 
termostat suvning haroratini avtomat ravishda 70—85°C 
chamasida saqlaydi. Jaluzalar va parda radiator orqali o'tadigan 
havo oqimini o'zgartirib, motorning issiqlik rejimini rostlab 
turish imkonini beradi.Jaluzalar (7) (10.8-rasm) buriladigan 
plastinalardan iborat bo'lib, radiator oldiga o'rnatiladi. 
Jaluzalar tortqi va richaglar tizimi orqali haydovchining 
o'rnidan boshqariladi. Plastinalar burilganda radiator batamom 
to‘silib,undan havo o'tmaydi, qisman burilganda plastinalar 
orasida turli kenglikda tirqish hosil bo'ladi. Plastinalar tik va 
yotiq joylashtirilgan bo'ladi. Parda radiatorining oldini to‘sib 
qo'yadigan qalin matodan iborat.Parda tushirib qo'yilsa, havo 
kamroq o'tib, motor tezroq isiydi. Jaluzalar vaparda sovuq 


vaqtlarda, shuningdek, yurgizib yuborilgan motorni tezroq 
isitish maqsadida qo'llaniladi. Motorning sovitilish darajasi 
haydovchi ro'parasiga o'rnatilgan termometrga qarab 
kuzatiladi.Termometrning datchigi motorning kallagiga yoki 
radiatorning yuqorigi bakiga o'rnatiladi. Sovitish tizimi 
elementlarining motorda joylashtirilishi va ularning birga 
ishlashi GAZ-51A motori misolida ko'rsatilgan.Bu motorning
sovitish tizimi suvi majburan aylantiriladigan yopiq tizim 
bo'lib, trubkali radiator (2), to'rt parrakli ventilator (3) va u 
bilan bir valga o'rnatilgan markazdan qochirma suv nasosi (7) 
dan iborat. Ventilator ikkita ponasimon tasma (6) bilan tirsakli 
valning shkivi (5) dan harakatga keltiriladi.Suv quyish bo'g'zi
bug'-havo klapanli tiqin (12) bilan berkitilib, bug' chiqishi
yoki havo kirishi uchun unga trubka (13) ulangan. Motor
kallagiga termostat (9) o'rnatilgan.Sovitish tizimidagi suvni
bo'shatib olish uchun radiator pastki bakiga jo'mrak (4) 
o'rnatilgan.Bundan tashqari, blokning chap tomonida ham 
bo'shatish jo'mragi bor.Suvning harorati asboblar taxtasidagi 
elektrik ko'rsatkichdan kuzatiladi, uning datchigi silindrlar 
kallagiga joylashtirilgan.Motor yurgizilgandan keyin suv 
nasosi radiatoming pastki bakidan suvni so'rib olib, taqsimlash 
trubkasi (8) ga haydaydi. Suv taqsimlash trubkasining oltita 
teshigi bor. Trubkadan suv blok-karteming suv g'iloflga va 
blokning yuqorigi tekisligidagi teshiklar orqali kallakning suv 
g'iloflga borib, motorning eng qizigan qismlarini sovitadi. 
Keyinchalik suv ikki yo'nalishda aylanishi mumkin.Suvning 
harorati70°
∓2° ga yetguncha termostatning asosiy klapani 
yopiq, yordamchi klapani esa ochiq bo'ladi.Bunda suv 
radiatorga bormay, termostatning yon teshiklari orqali nasosga 


qaytadi. Suv 70° 
∓2° dan ortiq isigan sari asosiy klapan ochila 
boshlaydi va suvning bir qismi yuqorigi qisqa quvur ( 10) 
orqali radiatoming yuqorigi baki (7G’) ga boradi, bir qismi 
yordamchi klapan orqali nasosga qaytaveradi.
Suvning harorati 83°
 ga yetganda asosiy klapan batamom 
ochilib, yordamchi klapan bekiladi va tizimdagi suv faqat 
radiator orqali aylanib o'tadi. Sovituvchi suvning harorati 
kabinadan boshqariladigan jaluza ( I) bilan ham qo'shimcha 
rostlanadi.
4. Laboratoriya ishida talabalarning tayyorgarlik 

Download 352.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling