113
Sanʻat
Mavzu
: Tennis raketkasi va
koptogi
Maqsad
: bolalar tennis sport turining jihozlarini mustaqil ravishda yasaydilar, loy, plastilin yoki xamirga ishlov berish orqali
maqsadga erishadilar.
Kerakli jihozlar
: namuna, loy,
rangli xamirlar,
plastilin, stek, doska, salfetka.
Faoliyatning borishi:
1. Namuna bilan tanishish.
2. Kerakli jihozlarni tanlash.
3. Tennis raketkasi va koptogi shaklini hosil qilish.
4. Tayyor shakllarga ishlov berish.
5. Bajarilgan ish tahlili.
Qoʻshimcha
: sayrda stol tennisini oʻynashni taklif qilish.
Alohida eʻtibor qaratiladi:
mayda qol motorikasi.
113
AVGUST
OY MAVZUSI: QUVNOQ VA SOGʻLOM BOLALAR
Guruh
Oʻrta guruh
Mavzu
Zavqli Yoz
Muddati
Avgust 4-hafta
Rivojlantirish
sohalariga oid
maqsadlar
Jismoniy rivojlantirish va soglom turmush
tarzini shakllanishi
Oʻzining tana aʻzolarini toza saqlash va ulami doimiy parvarishlab borishga oʻrgatish. “Toza va kir qoʻllar” haqida soʻzlash orqali ularda sogʻliqlariga
eʻtibor berishga oʻrgatish.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
Doʻstlari va oilasidagilarni nimalarni yaxshi koʻrishlari va Yomon koʻrishlari haqida soʻzlab berishga oʻrgatish. Arazlashgan doʻstlarni yarashtirishga
qaratilgan hikoyalar orqali ularni doʻstligini mustahkamlashga oʻrgatish.
Nutq, muloqot, oʻqish va yozish
malakalari
Mustaqillik bayrami haqidagi tushunchalarni kengaytirish, badiiy sheʻriy asarlarni yodlash orqali bayram haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Bilish jarayonining rivojlanishi
Yil fasllari va ularning oʻziga xosligini taʻlimiy oʻyinlar orqali oʻrgatish. Har bir fasl haqida bolalar tushunchalarini kengaytirish.
Ijodiy rivojlanish
Qaychisiz applikatsiya usulini rivojlantirish orqali bolada mayda motorikani rivojlantirish. Turli ikkilamchi materiallardan yangi narsalarni yaratishga
oʻrgatish. Boladagi xohish va istakni rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: