XULOSA
Yuqorida bildirilgan barcha fikrlarimizni umumlashtirib, shuni ishonch
bilan aytish mumkinki, o`zbek adabiyotida mazkur mavzuda garchi
nazariy kitoblarda bayon qilinmagan bo`lsada, salmoqli, e`tiborga molik
asarlar mavjud ekan. Ularning umumlashtiruvchi jihatlar muayyan ijodkor
hayoti, faoliyati haqida fikr bildirish, xronologik izchillik, qahramonlar
taqdirining qisman bo`lsada o`xshashligi, boshqacha qilib aytganda
ziddiyatli hayot yo`li, muallif bayoni kabilar bo`lsa har bir asar o`ziga xos
talay jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |