«Vataningizni sevasizmi?» o’yini
1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’yinga tayyorlash tartibi.
O’yin qoidalari bilan tanishtirish:
a) o’yinga saralash turidan muvaffaqiyatli o’tgan sinf o’quvchilari qo’yiladi;
b) o’yinchi har bir to’g’ri bergan javobi uchun 10 ball oladi;
c) har bir noto’g’ri bergan javobi uchun o’yinchi 5 ballni yo’qotadi;
d) o’yinchi zaruriyat tug’ilganda ikki imkoniyatdan foydalanishi mumkin: zalning yordami va do’stining yordamidan;
e) to’g’ri javob bermagan o’yinchi o’yindan chiqib ketadi;
f) 3 o’yinchini saralab olish uchun saralash 3 turda o’tkaziladi;
g) eng ko’p ball to’plagan o’yinchilardan biri g’olib hisoblanadi.
O’yinni o’tkazish uchun tashkil etilgan «Ishlar kengashi» sinf(zal)ni tegishli ravishda jihozlaydi, mehmonlarni taklif qiladi, topshiriqlar yozilgan plakatlarni tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |