2. «Vataningizni sevasizmi?» o’yinini o’tkazish tartibi:
Sinf rahbari hozir bo’lganlarni mamnuniyat bilan tabriklaydi, hay’at a’zolarini tanishtiradi, o’yinchilarga o’yinda uyushqoqlikni, tirishqoqlikni, diqqatni jamlashni uqtirib, g’alaba uchun kurashda muvaffaqiyat tilaydi.
Hay’at raisi, ota-onalardan xohish bildirganlardan biri, o’yin qoidalari va g’oliblikni qo’lga kiritish shart-sharoitlari bilan tanishtiradi, priz-suyunchi saqlanib turgan quttichani ko’rsatadi.
Diqqat! Birinchi g’olibni aniqlash uchun saralash turining 1-bosqichi boshlandi.
Ekranda birinchi topshiriqning matni ko’rinadi:
- Ulug’ shoirlar nomlarini alfavit tartibida joylashtiring: Navoiy, G’afur G’ulom, Oybek, Zulfiya.
Kim birinchi bo’lib to’g’ri javob bergan bo’lsa, shu g’olib bo’ladi.
Ikkinchi o’yinchini aniqlash uchun saralash turining 2-bosqichi boshlanadi.
Ekranda ikkinchi topshiriqning matni ko’rinadi: 65
- O’zbekiston Respublikasi madhiyasi musiqasini kim bastalagan? A.Oripov, Ye.Vohidov, M.Burxonov, R.Sharipov.
Uchinchi o’yinchini aniqlash uchun saralash turining 3-bosqichi boshlanadi.
Ekranda uchinchi topshiriqning matni ko’rinadi:
- Keltirilgan besh qush – feniks, burgut, qoraqush, kaptar, xumodan qaysi biri O’zbekiston Respublikasi Gerbida aks ettirilgan?
Hay’at raisi saralash turlaridan muvaffaqiyatli o’tganlarni sahnaga taklif qiladi, ularni birinchi g’alaba bilan tabriklaydi va ko’kragiga o’yinchi nishonini taqadi
Do'stlaringiz bilan baham: |