Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


II  - bob O’smirlarda irodaviy xislatlar  shakllanishiga


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/30
Sana02.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#196423
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
osmirlarda irodavij xislatlar shakllanishining psixologik xususiyatlari

II  - bob O’smirlarda irodaviy xislatlar  shakllanishiga 

idrok jarayonini rivojlantirish  zamonaviy usul va vositalari 

 

 

2.1.Idrok jarayonini rivojlantirish ishlash mashqlariga texnologik yondashuvlar. 

         

 Idrok  etish  jarayonida  idrokning  mazmunini  o’zgartirib  yuborishni  mumkin 

bo’lgan his-xayajonlar ham ishtirok etadi. Idrok etishda his-xayajonli ta’sirotlarning 

muhim rol o’ynashi turli xildagi bir qator tajribalarda tasdiqlangan. 



 

 

20 



   Idrok  ham  sezgi  kabi  reflektor  jarayondir.  Pavlov  idrokning  negizini  tevarak-

atrofimizda narsalar va hodisalar retseptorlarga ta’sir etishi natijasida bosh miyaning 

katta  yarim  sharlari  qobig’ida  hosil  bo’ladigan  shartli  reflekslar,  muvaqqat  nerv 

boshlanishla  ri  tashkil  etishini  ko’rsatib  bergan  edi.  Tashqi  olamdagi  narsalar  va 

hodisalar  kompleks  qo’zg’atuvchilar  sifatida  xizmat  qiladi.  Analizatorlarning  qobiq 

bo’lmalari  o’zagida  ana  shu  kompleks  qo’zg’atuvchilarning  murakkab  taxlili  va 

sintezi  amalga  oshiriladi.  Idrok  sezgilarga  qaraganda  miyaning  ancha  yuksak 

darajadagi tahlil qilish - umumlashtirish faoliyati hisoblanadi. Tahlil qilmasdan turib 

idrokning anglangan bo’lishi mumkin emas.  

 Jumladan,notanish  xorijiy  tilda  aytilgan  nutq  boshdan-oyoq  tovushlar  oqimi  tarzida 

idrok  etiladi.  Nutqning  anglanilgan  holda  idrok  etilishi,  ya’ni  u  tushunilishi  uchun 

nutqni alohida iboralarga, mohiyati e’tibori bilan so’zlarga ajratish shart. Ayni paytda 

nutqni idrok etish jarayonida tahlil bilan bab-baravar tarzda sintez ham qilinadi, shu 

tufayli biz alohida tarqoq tovushlarni emas, balki so’zlarni va iboralarni idrok etamiz.  

 Ixtiyoriy  idrok  etishning  muhim  shakli  kuzatishdirki,  u  narsalarni  yoki  tevarak-

atrofdagi  olam  hodisalarini  ko’ra-bila,  rejali  tarzda  idrok  etishdan  iboratdir. 

Kuzatishda  idrok  etish  mustaqil  faoliyat  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Sezgi  a’zolarini 

ishlatishni,  teri  orqali  sezishni,  ko’ra  bilishni,  eshitishni  va  xokazolarni  o’rganish 

kerak. Biz chet tillardagi ayrim so’zlarni ko’p hollarda farqlay olmaymiz, musiqaviy 

asarlarning  buzib  ijro  etilayotganligini  payqamaymiz,  yoki  kartinalarning  buyoq 

ranglari  tasviridagi  ana  shunday  buzilishlarni  ko’rmaymiz.  Kuzatishni  o’rganish 

mumkin va lozim. Nutq madaniyati haqida so’z yuritilishi kabi idrok etish, kuzatish 

madaniyati haqida ham  gapirish  mumkin. Shu  munosabat  bilan  gollandiyalik taniqli 

astronom M.Minnartining mana bu so’zlarini eslatib o’tish o’rinlidir: "Ko’ra boshlash 

sizlarning  o’zlaringizga  bog’liq  -o’z  ko’zlaringizga  "nimaga  qarashni  bil"  deb 

ataladigan  sehrli  aso  bilan  tegib  qo’ysangiz  kifoya".  Xaqiqatan  ham,  kuzatishning 

muvaffaqiyati ko’p jihatdan vazifaning aniq qilib qo’yilishiga bog’liqdir. Kuzatuvchi 

uchun  kuzatishning  yo’nalishini  ko’rsatadigan  "kompas"  bo’lishi  kerak.  Kuzatuvchi 

oldiga qo’yiladigan vazifa, kuzatish plani ana shunday "kompas" hisoblanadi. 



 

 

21 



 Ta’lim  berishda  ko’rgazmalilik  printsipini  qo’llanilishi  bunday  tarzda  yondoshilishi 

u  o’quvchilarning  faol  kuzatishga  va  faol  aqliy  faoliyatiga  tayanadigan  bo’lsa, 

bilimlarning samarali va puxta o’zlashtirilishini ta’min etadi. 

 Fazoni  idrok  qilinishi  kishining  o’zini  qurshab  turgan  muhitni    chamalashining 

muqarrar shartlaridan bo’lib, uning ushbu muhit bilan o’zaro birgalikdagi harakatida 

katta rol o’ynaydi. U ob’ektiv ravishda mavjud bo’lgan fazoning aksini ifoda etadi va 

ob’ektlarning  shakli,  xajmi  va  o’zaro  birgalikda  joylashuvi,  ular  staji,  olisligi  va 

yo’nalishlarining idrok etilishini o’z ichiga oladi. 

 

 Narsalarning  shaklini,  o’lchamini,  bir-birlariga  nisbatan  egallagan  o’rnini,  u 



yoqdan-bu  yoqqa  ko’chishini  aniqlash  va  ayni  paytda  xususiy  gavdaning  tevarak-

atrofdagi  narsalarga  nisbatan  holatini  tahlil  qilish  organizmning  harakatlantiruvchi 

faoliyati  jarayonida  yuz  beradi  va    fazodagi  tahlil  deb  ataluvchi  analitik  sintetik 

faoliyatning  alohida  yuksak  darajada  namoyon  bo’lishidan  iboratdir.  Shu  narsa 

aniqlandiki,  fazodagi  tahlilning  turli  xildagi  shakllari  analizatorlar  kompleks 

faoliyatining  negizida  vujudga  keladi,ularning  birortasi  ham  muhitning  fazoviy 

omillarini tahlil qilishda asosiy rol o’ynamaydi. 

  Ko’z  bilan  ko’rib  bo’lmaydigan  narsaning  shaklini  paypaslab  turib  aniqlash  uchun 

narsani  qo’lga  olish,  aylantirish  va  turli  xil  tomonlarini  paypaslab  chiqish  zarur. 

Bunda  qo’l  engil  ish-harakatlar  qilib,  narsani  paypaslab  chiqadi,  uning  u  yoki  bu 

qismi  kanchalik  to’g’ri  idrok  etilganini  tekshirgan  holda,  qo’llar  goho-goho  orqaga 

aylantirib  turadi.  Narsaning  shakllanayotgan  obrazi  taktik  va  kinestezik  sezgilarni 

yaxlit  kompleks  qilib  birlashtirish  tufayli  xosil  bo’ladi.  Narsalarning  idrok 

qilinayotgan  katta-kichikligi  ularning    ko’z  to’rpardasida  tasvirlangan  o’lchami  va 

kuzatuvchining  ko’zlaridan  olis-yaqinligi  bilan  belgilanadi.  Ko’zlarning  turli 

olislikdagi  narsalarni  aniq-ravshan  ko’rishga  moslashuvchi  ikkita  mexanizmi  - 

akkomodatsiya  va  konvergentsiya  yordamida  yuz  beradi.  Akkomodatsiya  -  ko’z 

gavharining  egriligini  o’zgartirish  yo’li  bilan  uning  aksini  sindirib  qaytarish 

qobiliyatini  o’zgartirish  demakdir.  Jumladan,  yaqinroqda  joylashgan  narsalarga 

qaraganimizda,  mushaklarimizda  qisqarish  yuz  beradi,  natijada  ko’z  gavhari 

taranglashish  darajasi  kamayadi  va  u  yanada  qavariq  shaklga  kiradi.  Yosh  ulg’aya  

borgan  sari  ko’z  gavhari  sekin-asta  kam  harakat  qiladigan  bo’lib  qoladi  va 




 

 

22 



moslashuv, ya’ni turlicha uzoqlikdagi narsalarga qaraganda, o’z shaklini o’zgartirish 

qobiliyatini  yo’qotadi.  Natijada  yaqinroqdagi  narsa  lardan  ko’ra  uzoqdagi  narsalar 

yaxshiroq ko’rina boshlaydi. Bu aniq-ravshan ko’rinadigan yaqinrokdagi nuqta yosh 

o’tishi bilan tobora uzoqlasha borishida o’z ifodasini topadi. 

   Idrok  hamisha  ham  ob’ektiv  olamdagi  narsalarning  aynan  o’zini  aks  ettiradimi? 

Idrok  etishdagi  ko’plab  xatolarga  va  ularga  yo’l  quyilgan  shart-sharoitlar  asosan 

ko’rish  illyuziyalariga  izohlar  berilib  quyilgan.  Illyuziyalar  hayvonlarda  ham  

kuzatiladi.  O’zini  yashirin  ko’rishdagi  xomxayollarning  amalda  qo’llanilishiga 

asoslangan bo’lib, bu ko’plab yirtqich xayvonlar, baliqlar, parrandalar va xasharotlar 

uchun  muhofaza  moslamasi  hisoblanadi.  O’zini  yashirishning  samarali  usullaridan 

biri  mimikriya  (  xayvonlar  yoki  o’simliklarning  ular  yashayotgan  muhitdan  farq 

qilmaydigan 

tusga 

yoki 


shaklga 

kirishi)bo’lsa,ikkinchisi 

kiyofaning 

buzilishidan,ya’ni  xayvonning  tashqi  ko’rinishi  shunday  o’zgaradiki,  uni  sira  ham 

bilib  va  farq  qilib  bo’lmaydi.  Zebraning  erkin  targ’il  chiziqlari  uning  ko’rinishi 

buzilishini ko’rsatadigan misol bo’lib, ana shu targ’illik tufayli muayyan masofadan 

turib  xayvonning  tashqi  ko’rinishini  aniq  ajratib  olish  qiyin  bo’lib  qoladi.  Ushbu 

hodisalarning  hammasi  illyuziyalar  yuz  berishiga  olib  keladigan  umumiy  omillar 

mavjudligiga ishonch tug’diradi. Lekin xayoliy ko’rinishlarning barcha turlari uchun 

ishonarli tarzda izoh topilganicha yuk. 

Zamonaviy 

o’qitishda  texnologik  yondashuvdan  foydalanib,  o’quvchilar 

o’zlashtirishini oshirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. 

   Hozirgi 

kunda 

pedagogika 



muxitida 

pedagogik 

texnologiyaga 

qiziqish 

kuchayganligi  kuzatilmokda.  Biz  pedagogik  texnologiyaning  yaxlit  tizimi 

nazariyasini  bayon  qilishni  maqsad  qilib  qo’ymaganmiz.  Vazifa  maktablar,  o’rta  

maxsus,  kasb-hunar  va  oliy  o’quv  yurtlari  o’qituvchilariga  ta’limga  texnologik  

yondashuv (mazkur nashrning cheklangan hajmi doirasida) to’g’risida minimal  zarur  

axborotni  berishdan  iborat.  Bunda  pedagogik  texnologiyaning    mushtariyga  

texnologik  yondashuv  elementlarini  o’zi  maqsadga  muvofik,  deb  hisoblaydigan 

holatlarda  o’z  ish  amaliyotiga  joriy  qilish  imkoniyatini  beradigan    keng    tarqalgan  

variantlarini bayon qilishga ko’proq e’tibor beriladi. 




 

 

23 



 

Ma’lumki,  pedagogikada  talabalarning  ta’lim    jarayonidagi    faolligini 

oshirishga  qaratilgan  bir  necha  o’qitish  metodlari  ishlab  chiqilgan:  muammoli 

o’qitish,  ish  faoliyatini  ifodalovchi  o’yinlar,  rollar  bajarish,  kontekst    o’qitish    va 

hokazo.  Ammo  ular  oliy  ta’lim  tizimida  keng  qo’llaniladi,  deb  bo’lmaydi.    Buning 

sababi  shunda  bo’lsa  kerakki,  bunday  har  bir  mashg’ulotga  tayyorgarlik    pedagogik 

izlanishni ko’zda tutadi, yuksak kasbiy mahoratni, ijodiy  yondashuv  va ko’p vaqtni 

sarflashni talab etadi. Qoidaga ko’ra,  har  bir  bunday  mashg’ulot stsenariysi o’ziga 

xos xususiyatga ega va qaytarilmasdir. 

       Tubdan  farq  qiluvchi  ta’lim  turlarini  ko’rib  chiqamiz:  ogzaki-illyustrativ, 

texnologik  va  izlanuvchan-ijodiy.  Avvalo    ularning    umumiy    jihatlarini 

taqqoslaymiz,  keyinchalik  esa  boshqa  boblarda  pedagogik  texnologiya  elementlari 

bilan chuqurroq tanishamiz. 

       Har qanday jarayon - harakatdir, moddiy dunyodagi narsalar yoki hodisalarning 

asta-sekin  o’zgarishidir.  O’qitish  jarayoni  ham  yosh  avlodda  aqliy  kuchlarni 

rivojlantirishga va axloqiy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan harakatdir. 

 

O’qitish  jarayoni  o’qituvchining  va  u  rahbarlik  qiladigan  o’quvchilarning  - 



ularda  aqliy  qobiliyatlarni  o’stirish,  dialektik  dunyoqarash  asoslarini  tarkib  toptirish 

va  hayotga  tayyogarlikni  amalga  oshirish  maqsadida  bilim,  ko’nikma,  malakalar 

tizimini  ongli  hamda  puxta  o’zlashtirishga  qaratilgan  ilmiy  asosdagi  ishlarning 

majmuasidir. 

 

O’qitish  jarayoni    bilish  nazariyasi  asosida  tarkib  topadi.  Hozirgi  ilg’or 



pedagogika  inson  shaxsini  maqsadga  muvofiq  shakllantirishga  tarbiya,  o’z-o’zini 

tarbiyalash va ijtimoiy tajribadan iborat tizim sifatida qaraydi. 

 

O’quv  jarayonining  mohiyati  o’quvchi  bilish  faoliyatining  mantiqi    bo’lib,  u 



birinchidan,  bilish    bizdagi  bilimlarning  yagona  manbai  bo’lib  amaliyotni 

o’rganishdan  boshlanishi,  mavhum  fikrlash  asosida  nazariyani  umumlashtirish 

kerakligidan;  ikkinchidan,  bilish  olingan  bilimlarni,  nazariy  umumlashtirishlarni 

insondagi  bilimlar  haqiqiyligining  yagona  ob’ektiv  mezonlari  sifatida  ham  xizmat 

qiladigan  amaliyotga  taqqoslash  zarurligidan  kelib  chiqadi.  O’quv  jarayonini  bilish 

jarayonini  inson  faoliyati  sifatida  psixologik-pedagogik  jihatdan  loyihalashga 

asoslanishini va olingan bilimlarni amaliyotda qo’llashni ham o’z ichiga oladi.  



 

 

24 



 

Hozirgi  dasturlar  ma’lumotning  nazariy  saviyasiga  talablarni  oshirishga, 

maktabda  o’qishning  dastlabki  kunlaridan  boshlab,  bolalarda  ijodiy  fikrlashni 

rivojlantirishga, 

ularda 

fanlarning 

nazariy 

tushunchalarini 

hosil 

qilishga, 



umumlashtirish  va  mantiqiy  mulohaza  yuritish  malakalarini  shakllantirishga 

qaratilgan.  

 

Bilimlarni  o’zlashtirish  jarayonida  o’quvchilarning  aqliy  kamol  topishi  va 



to’g’ri  tarbiyalanishi  o’z-o’zidan  amalga  oshmaydi.  Buning  uchun  pedagoglarning 

ma’lum darajada ta’sir ko’rsatishi ham nihoyatda zarur. 

 

Hozirgi  kunning  talabi  o’quv  jarayonini  o’quvchilarda  faqat  takrorlashga  doir 



fikrlashni  emas,  ijodiy  tafakkurni  ham  shakllantirishdan  iborat.O’qitishning 

boshlang’ich davrida ta’lim mazmuni o’quvchilar tomonidan umumiy qonuniyatlarga 

binoan o’zlashtiriladi: 

Idrok-  tushunish  (anglash)-qabul  qilish  (reproduktiv  faoliyatda-yodda  tutish)-  yangi 

sharoitlarda foydalanish. 

     Rivojlantiruvchi ta’lim sharoitida idrok etishning o’ziga xos tomoni o’quvchining 

o’zlashtirilmagan  sohani-tenglashtirish,  taqqoslash,  qonuniyatlarni  aniqlash, 

qo’yilgan  muammoni  hal  etishning  turli  yo’llarini  izlab  topish,  o’quvchi  uchun 

optimal  bo’lgan  usulni  amaliy  tarzda  o’zlashtirishdagi  aktiv  faoliyat  paytidagi 

o’quvchining  sub’ektiv  holati  hisoblanadi,  faoliyat  natijasi  sifatida  o’quvchi 

axborotni  o’zlashtiribgina  qolmay,  jamoa  izlanishga  va  natijalardan  qoniqishga 

aloqadorlik hissini sezadi, anglaydi. 

 Ma’lum,  o’qitish  bilimlarni  o’zlashtirish  va  bilish  yo’llarini  tushunishni  o’z 

ichiga  oladi.  Ta’lim-o’qishga  rahbarlik  qilish,  o’quvchilarning  bilish  ishlarini 

boshqarishdir.  

 

Ta’lim  jarayonida  bir  qancha  metodlar  mavjud  bo’lib,  bu  metodlar 



o’quvchilarning  o’zlashtirish  darajalarini  rivojlantirishga  yordam  beradi.  O’quv 

materialini o’zlashtirishning bir necha darajalari mavjud. 

O’quv  materialini  o’zlashtirish darajalarini keltiramiz: 

1.Esga olish, xotirada tiklash – o’zlashtirish darajasi; 

2.Reproduktiv – o’zlashtirish darajasi; 

3.Produktiv (unumli) – o’zlashtirish darajasi; 




 

 

25 



4.Ijodiy – o’zlashtirish darajasi. 

Esga olish, xotiraga tiklash-o’zlashtirish darajasida har qanday o’rganilayotgan 

materialni izohlash yoki asoslash uchun zarur bo’lgan o’quv  materiali  (mazmuni) ni 

o’zlashtirilishidir.  Bu  materialdagi  hodisalar  yoki    voqealar  bir–biri  bilan 

bog’lanishda  va  rivojlanishda  bo’lib,  albatta  avvalgi  o’rganilganlariga  asoslanadi 

hamda uni takrorlash va esga olish yoki xotiraga  tiklash lozim bo’ladi. Buning uchun 

materialni bayon qilishda ko’rgazmalilikdan foydalaniladi. 

Reproduktiv  –  o’zlashtirish  darajasida  bir  turdagi  masala  yoki  mashqlar 

(savollar) ni namunaga (tayyor echib ko’rsatilgan) qarab echa olishga mo’ljallangan 

o’quv materialiga aytiladi. Reproduktiv metod ham bor. Bu metod namunaga qarab 

o’quv materialini o’zlashtirish metodidir. Har qanday materialni bayon qilishda yoki 

bu materialni tezroq tushunish uchun  (darsliklarda beriladi) tayyor echib ko’rsatilgan 

metodik  nuqtai  nazardan  qulay  mashqlar  berilishi  hozir  odatga  aylangan.  Bunday 

mashqlar  o’rganilgandan  so’ng  boshqa  namunaga  o’xshamagan  lekin    namunaga 

qarab  echilishi  mumkin  bo’lgan    mashqlar  tushuniladi.  Mashqlar  (savollar) 

namunadagi  ya’ni  reproduktiv  usuldagi      o’zlashtirishga  mo’ljallangan  o’quv 

materiali  bo’lsa,  bularni  namuna  bilan  bir  xil  turdagi  o’quv  materiali  deyiladi.  Bu 

metod  bilan  har  qanday  materialni  o’rganish  qulay  va  materialni  o’zlashtirishdagi  

dastlabki  qadamlar  bo’ladi.  Lekin  bu  usulda  olingan  bilim    o’quvchining    esida 

turmaydi,  ya’ni  olingan  bilim mustahkam    bo’lmaydi.  Bu bilimlarni  mustahkamlash 

va  chuqurlashtirish  va  uni  amaliyot  bilan  bog’lash  uchun  esa  boshqa  metod  ya’ni  

produktiv    metoddan  foydalaniladi.  Reproduktiv  metodda  bilimlarni    o’zlashtirish 

darajalari bir xil bo’ladi. 

Produktiv  (unumli)  o’zlashtirish  darajasi  deganda  nostandart  (standart 

bo’lmagan, namunasi bo’lmagan yoki namunaga o’xshash bo’lmagan) ya’ni berilgan 

turdagi  mashq  bilan  bir  xil  turda  bo’lmagan  vazifalarni  o’zlashtirishga  aytiladi. 

Bunday  materialni  o’zlashtirish  uchun  o’quvchilarning  ma’lum  darajada  o’ylashlari 

va  fikrlashlari  talab  qilinadi.  Lekin  bu  material  ma’lum  almashtirishlardan  yoki 

operatsiyalardan  so’ng  fikrlash  yordamida  yana  namunadagi  (vazifaga,  standartga, 

reproduktiv  darajadagi  materialga)  kelish  mumkin.  Buning  uchun  o’quvchilar 

topshiriq ustida ma’lum darajada mustaqil ishlashlariga to’g’ri keladi. O’qituvchi esa 



 

 

26 



o’quvchiga  fursat  beradi  va  kerak  bo’lganda  yordam  beradi.  Reproduktiv 

o’zlashtirish  darajasidagi  holga  qaytish  uncha  murakkab  bo’lmasligi  kerak. 

Materialni  o’rganishda  produktiv  metoddan  reproduktiv  metodga  qaytilganda 

o’quvchi  mustaqil  faoliyat  ko’rsatadi,  ammo  bunda  to’la  ma’nodagi  ijodiy  faoliyat 

ko’rsatmaydi. 

 

Ijodiy  o’zlashtirish  darajasi  (yoki  qisman  ijodiy)  o’quvchilarning  bilim  va 



ko’nikmalarini  turli  holatlarda  tatbiq  eta  olish,  masala  echishning  turli  yo’llarini 

izlash  (o’qituvchi  ko’rsatmagan,  aytmagan  metodlar)ni  qo’llashga  asoslangan  o’quv 

materialiga  aytiladi.  Bunda  ijodiy  metod  qo’llaniladi.  Ijodiy  metod  muammoli 

metodlar sinfiga kiradi. Misol uchun ma’ruza bilan chiqish, munozara qilish, mustaqil 

ishlar tayyorlashda ijodiy metod qo’llaniladi, shu bilan birga yuqorida keltirilgan esga 

olish  va  xotirada  tiklash,  reproduktiv,  produktiv  va  ijodiy  o’zlashtirish  ham  biz 

yuqorida  keltirilgan  ta’lim  maqsadlari  (ta’limning  umumiyligi,  tarbiyaviyligi  va 

rivojlantirishligi)  birlashib  kompleks  holda  keladi.O’quv  materialini  o’zlashtirish 

darajalariga erishish uchun ta’lim jarayonida bir qancha metodlardan foydalaniladi. 

 


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling