132
12-bob. BIZNES-REJANING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
12.1. Vaqt bo„yicha pul qiymati
Biznes-rejani amalga oshirish uchun pul mablag‗lari kiritishni amalga oshirish
turli vaqt oralig‗ida pul mablag‗lari oqimi bilan bog‗liq bo‗lgan
moliyaviy-iqtisodiy
hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab qiladi. Bunday baholash konsepsiyasi shunga
asoslanadiki, pul qiymati vaqt o‗tishi bilan pul bozoridagi foyda normasini hisobga
olgan holda o‗zgarib boradi, bu norma sifatida odatda
ssuda foizi normasi qabul
qilinadi. Mazkur holatda foiz deganda pul bozorida puldan foydalanish natijasida
olinuvchi daromad miqdori tushuniladi. Investitsiyalash
uzoq muddatli jarayon
ekanligini hisobga olgan holda, investitsiya kiritilgan
paytdagi pul qiymatini uni
bo‗lajak foyda, amortizatsiya ajratmalari va boshqa shaklda qaytib kelish paytidagi
qiymati bilan taqqoslanadi.
Investitsiya kiritish va pul mablag‗larini qaytib olish
paytidagi pul qiymatini
taqqoslashda ikkita asosiy tushuncha – pulning hozirgi qiymati va kelajakdagi
qiymatidan foydalanish qabul qilingan
.
Pulning kelajakdagi qiymati hozirgi paytda investitsiya qilingan pul
mablag‗larining belgilangan vaqt o‗tgandan so‗ng ma‘lum bir foiz stavkasini hisobga
olgan holda aylanishi lozim bo‗lgan miqdorini ifodalaydi.
Pulning kelajakdagi
qiymatini aniqlash ushbu qiymatning o‗sish jarayoni bilan bog‗liq bo‗lib, pulning
boshlang‗ich miqdoriga foiz summasini (foiz to‗lovlarini) qo‗shib borish yo‗li bilan
bosqichma-bosqich kattalashtirishni aks ettiradi. Bu summa foiz stavkasi bo‗yicha
hisoblanadi. Investitsiya hisob-kitoblarida bu stavka nafaqat pul mablag‗lari
qiymatini o‗stirish
vositasi sifatida, balki yanada keng ma‘noda – investitsiya
operatsiyalarining daromadlilik darajasini o‗lchash uchun ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: