Ызбекистон республикаси олий ва


Download 1.41 Mb.
bet34/113
Sana15.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1483351
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

2-asosiy savolning bayoni:
Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya fikrlarini o’zi yaratgan badiiy asarlarida ko’proq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, komil ishonch bilan ilm-fanning xislati juda katta, deb hisoblaydi. Daho shoirimiz o’zining bir qancha asarlarida bolalar tarbiyasiga oid firklarini aytish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki «Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi dostonlarining ayrim boblarini shu masalaga bag’ishlaydi. «Hayratul-abror» faslsafiy-ta’limiy dostondir. Asarning bir necha boblari odob-axloq va ta’lim – tarbiya masalasiga bag’ishlagan. Navoiy bu dostonning oltinchi maholatida odob va kamtarlikni ulug’lab, ta’lim-tarbiyaga doir qimmatli fikr va mulohazalarini bayon qilishi bilan birga takabbur va odobsiz kishilarni qattiq qoralaydi.
Dostonning sakkizinchi maqolatida Navoiy yolg’izlikka nisbatan ko’pchilik-jamoatni ulug’lab, kishilarning bir-birlari bilan ahil, do’st bo’lishlarini istaydi. «Hayratul-abror»ning o’ninchi maqolati rostgo’ylik, halollik va to’g’rilikka bag’ishlangan. Shoir yolg’on so’zlashning yomon oqibatini «Sher bilan Durroj» masalida ovchining tuzog’iga tushgan Durroj obrazda hikoya qiladi.
Navoiy ilmdan amaliy ishlar uchun foydalinish zarurligini ta’kidlaydi.
Ilm, Navoiy, senga maqsud bil,
Endiki ilm o’ldi amal aylagil.
Uning bir qator axloqiy-ta’limiy qarashlari hozirgi kunda ham o’z qadr - qimmatini saqlab kelmoqda.

Muhokama uchun savollar:

  1. Navoiy ulkan madaniyat arbobi sifatida ilm-fan, san’at va adabiyotning ahamiyatini qanday targ’ib qilgan hamda uqtirgan?

  2. Shoir qaysi ijobiy obrazlarida bolaning voyaga etishida tarbiyaning alohida kuch-qudratga ega ekanligini uqtirgan? Fikringizni izohlang.



Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:

  1. Buyuk shoirning ta’limotlaridagi pedagogik qarashlarni o’rganish.

  2. Navoiy davridagi bolalar bilan hozirgi davr bolalarining o’qitilish muammolarini tahlil qilish.

  3. Alisher Navoiyning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan hikmatlarini (maqollarga yaqin bo’lgan hikmatlar) aniqlash.




Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling