Ызбекистон республикаси олий ва


Download 1.41 Mb.
bet45/113
Sana15.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1483351
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   113
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Asosiy savollar:

  1. Avloniy – pedagog, jamoat arbobi, yozuvchi.

  2. Xalq pedagogikasida (o’sha davr) Abdulla Avloniyning o’rni



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
O’sha davr xalq pedagogikasida Avloniyning o’rni, «Birinchi muallim», «Alifbo», «Ikkinchi muallim», «O’qish kitobi», «Maktab she’ri», «Turkiy Guliston yohud axloq», «Maktab Gulistoni»
Mavzuga oid muammolar:

  1. Abdulla Avloniy yoshligida qanday kasblar bilan shug’ullandi? Shoir dunyoqarashining o’sishiga nimalar ta’sir ko’rsatdi?

  2. «Turkiy Guliston yoxud axloq»ning zamonaviy ahamiyati nimadan iborat? Javobingizni izohlang.

  3. XIX asr oxiri XX asr boshlari o’zbek adabiyoti tarixida tarjima asarlar salmog’i qanday edi?

1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Ulkan o’zbek shoiri, dramaturgi va taniqli jamoat arbobi Avloniyning hayot yo’li haqida tushuncha berish.


Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi haqida so’zlaydi.

  2. Avloniyning o’zbek bolalar adabiyotidagi maktab o’qish darsliklari yo’nalishining etakchisi ekanligini izohlaydi.

  3. Avloniy tashkil qilgan maktab va gazeta haqida gapiradi.



1-asosiy savolning bayoni.
O’zbek madaniyatining ulkan vakillaridan biri, pedagog, jamoat arbobi va yozuvchi Abdulla Avloniy 1878 yilda Toshkent shahrida to’quvchi oilasida dunyoga keldi.
Abdulla Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishni o’zining birdan bir burchi deb bildi va 1904 yilda o’zi yashab turgan joyda – Mirobodda maktab ochdi. U ochgan maktabning shuhrati tobora ortib, o’quvchilarning soni orta bordi.
Abdulla Avloniy o’zi tashkil qilgan maktabda bolalar diqqatini asosiy fanlarga qaratib, ularning tezda savodini chiqarishga va aniq fanlardan bahramand etishga harakat qildi. U bolalarga jo’g’rofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat( fizika) kabi fanlardan ma’lumotlar berdi.
1907 yilda «Shuhrat» deb nomlangan ro’znoma tashkil etdi va uning sahifalarida mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilishga doir fikrlarni targ’ib etdi. Jumladan, ro’znomaning birinchi sonida: «Matbuot har insonga o’z holini ko’rsatuvchi, ahvol olamdan xabar beruvchi, qorong’u kunlarni yorituvchi, xalq orasida fikr tarqatuvchi, ilm, ittifoq, hikmat g’oyalarini» yoyuvchidir, deb yozgan edi.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling