Ызбекистон республикаси олий ва


Download 1.41 Mb.
bet51/113
Sana31.10.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1735812
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113
Bog'liq
portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR

Asosiy savollar:

  1. O’zbek bolalar adabiyotining yuksalishida G’afurG’ulomning o’rni.

  2. Shoirning nasrdagi ijodi.

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
G’afur G’ulom she’riyati. «Sen etim emassan». Adibning nasrdagi faoliyati «Tirilgan murda», «Shum bola», «Yodgor».
Mavzuga oid muammolar:

  1. G’afur G’ulom she’rlarida madhiyabozlik va zamonasozlik deb ataluvchi jiddiy kamchiliklar ham mavjud edi. Siz shoir she’rlarida davrning adabiy siyosati bilan aloqador qanday kamchiliklarni bilasiz? Sizningcha, buning sababi nimada?

  2. Shoir o’z ijodining rivojlanishida matbuotning roli haqida fikr bildirib «Gazetaning mening gardanimda bo’lgan haqi ustozning shogirdga bo’lgan haqidan ham ortiqroqdir. Gazeta men o’qigan oliy maktablardan… birinchisi bo’ldi. O’zimda bor fazilatlardan ko’p qismi uchun gazetadan va uning atrofida uyushgan mendan ko’ra peshqadamroq sog’lom jamoadan juda ham minnatdorman», - degan edi. Shoir qaysi gezeta va jurnallarda adabiy xodim va maxsus muxbir bo’lib ishlagan? Sizningcha, hozirgi yoshlarning gazeta va jurnallarga qiziqishi qanday?

  3. Mamajon yalqovlikdan, qoloqlikdan qutulib ilg’or ongli mehnatkashga aylanadi. Uning qayta tarbiyalanishida jamoa va erkin mehnat katta rol o’ynaganligi haqqoniy ravishda tasvirlab berilgan. Yozuvchi bu obraz orqali qanday g’oyani ilgari suradi? Sizningcha, asarning tuzilishi qanday, nima ziynat bag’ishlagan deb o’ylaysiz?

  4. «Shum bola» o’zgaruvchan, o’suvchan, dunyoqarashi ham shakllanib, takomillashib boruvchi obrazdir. Asar boshidagi bola bilan qissa nihoyasidagi o’smir o’rtasida farq bormi?

1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Shoir va adib G’afur G’ulom hozirgi zamon o’zbek bolalar adabiyotining yuksalishida muhim o’rin egallashi, butun ijodi davomida yosh avlodni unutmagani va unga munosib adabiy meros qoldirgani haqida tushunchalar berish.
Identiv o’quv maqsadlari:

  1. Shoir va adib G’afur G’ulom bolalarga munosib adabiy meros qoldirgani haqida gapiradi.

  2. Shoirning bolalarni hayotda bo’llayotgan yangiliklar bilan tanishtirgani, bularning hammasi ijodiy mehnati orqali yaratilganini kuylab, ularni zamonamiz qahramonlari izidan borishga, fanning cho’qqilarini egallashga undagani haqida so’zlab beradi.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling