Ызбекистон Республикаси


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/68
Sana05.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#233846
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   68
Bog'liq
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1

LIBERALIZM 
SIYOSIY 
VA 
HUQUQIY 
G`OYALARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
 
 
 
R E J A
:
 
 
 
1.  Liberalizm siyosiy va huquqiy ta`limoti g`oyalarining shakllanishi
 
2.  Benjoman  Konstant,  Meremmya  Benjamning  siyosiy  va  xuquqiy 
qarashlari
 
3.  XX asr liberalizmining xususiyatlari
 
4.  Mavzu yuzasidan tayanch so`z va iboralar
 
 
 
 
 
Liberalizm  siyosiy  va  huquqiy  ta`limoti  g`oyalarining 
shakllanishi
 
  
XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmida g`arbiy Evropada kapitalizm qaror 
topdi  va  rivojlandi.  Sanoatda  yuz  bergan  keskin  o`zgarishlar  manufaktura  ishlab 
chiqarishning  yirik  mashina  indistriyasi  bilan  almashuv  jarayonining  tezlashtirdi.  Bu 
jarayon  eng  oldin  Angliyada,  keyin  Frantsiya  va  boshqa  Evropa  mamlkatlarida  yuz 
berdi.  Yirik  sanoat,  savdo,  aloqa  vositalarini  rivojlanishi,  umumjaxon  bozorining 
vujudga  kelishi  va  boshqalar  kapitalizmning  jaxon  ijtimoiy-iqtisodiy  tizimiga 
aylanishini ta`minladi.
 
Mana shu o`zgarishlarga mos xolda siyosiy-huquqiy tizim vujudga kela boshladi. 
XIX-  asrning  birinchi  yarmida  inson  huquqi  va  erkinliklarining  mustaxkamlanishiga 
mos  konstitutsiyalar  qabul  qilindi.  Xususiy  va  davlat  huquqi  tizimi  tashkil  topdi. 
Siyosiy partiyalarning harakati faollashdi. Konstitutsionalizm va siyosiy vakolatchilik 
institutlari  vujudga  kela  boshladi.  Konstitutsion  monarxiya  va  respublika  shaklidagi 
zamonaviy  vakolatli  davlatlar  paydo  bo`la  boshladi.  Siyosiy  hayotda  erkinlik  va 


taraqkiyotga,  qonunchilikka  intilish  kuchaydi.  g`arbiy  Evropada  o`rnatilgan 
kapitalistik tuzum o`zining mafkurasini liberalizmda ifoda qildi.
 
Liberalizmning  asosiy  g`oyalari:  har  bir  shaxs  qadr-qimmat  va  erk  egasi  va  o`z 
xarkatlari  uchun  mas`uldir;  shaxs  erkinligining  zaruriy  sharti  xususiy  mulkdir;  erkin 
bozor,  erkin  raqobat  va  erkin  tadbirkorlik,  teng  imkoniyatlar;  siyosiy  soxada-
hokimiyatlar  bo`linishi,  qonun  ustivorligi,  huquqiy  davlat  g`oyasi;  shaxsning  asosiy 
huquk va erkinliklarini kafolatlash; umumiy saylov ququqi va boshqalar.
 
Liberalizm  turli  ijtimoiy-tarixiy  va  milliy-madaniy  sharoitlarda  shakllandi  va 
rivojlandi.  Unda  turli  xil  bir-biridan  farq  qiladigan  qirralar,  bosqichlar  va  qarama-
qarshiliklar  borligini  ko`rish  mumkin.  Turli  davrlarda  u  har  xil  shakllarda  namoyon 
bo`ldi. 
 
 Bu xolni xisobga olsak turli xil liberalizm borligi haqida tasavvur paydo bo`lishi 
mumkin.
 
Lekin  liberalizmning  xillari  ko`p  bo`lishidan  qat`iy  nazar  uning  ildizlari,  asosiy 
g`oya, tamoyil va ideallari umumiydir. Mana shu umumiylik liberalizmning ijtimoiy-
siyosiy  fikrning  maxsus  turi  sifatida  namoyon  qiladi.  Liberalizmning  ildizlari 
uyg`onish davrlari bilan bogliq. Uning boshlanishida J.Lokk, Sh.L.Montesk`e, I Kant, 
T.Djefferson 
va 
boshqalar 
turgan 
edilar. 
Liberalizmning 
shakllanishiga 
marifatparvarlik harakatining
 
namoyondalari,  nemis  klassik  falsafasi  vakillari  ham  muxim  xissa  qo`shdilar. 
Yuqorida  ko`rganimizdek,  ular  o`z  qarashlari  bilan  bir  biridan  farq  qilsalarda, 
ularning  barchasi  o`z  davrining  muxim  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  muammolarini 
hal qilishda eskirib qolgan qadriyat va yondashuvlarni, o`z samaradorligini yo`qotgan 
ijtimoiy-siyosiy va davlat institutlarini yangidan qurish zarurligini anglaganlar.
 
Mana  shunday  yondashuv  asosida  klassik  liberalizm  merosiy  hokimiyat 
shakllarini, tabaqaviy imtiyozlarni inkor qildi. Uning vakilalari yakka individning erki 
va tabiiy kobiliyatlarini birinchi o`ringa qo`ydilar. Har bir odamning yashash, erkinlik 
va  xususiy  mulkka  ega  bo`lish  huquqlari  g`oyasi  zamirida  mana  shu  individualizm 
yotadi.  Siyosiy  va  grajdanlik  erkinliklar  iqtisodiy  erkinlikdan  chiqarildi.  Individual 
erkinlik  g`oyasining  shakllanishi  va  qaror  topishi  davlat  va  shaxs  munosabatlari, 
davlatning  individ  ishlariga  aralashish  chegaralari  muammosi  aniq  ajralib  chiqa 


boshladi.  Shu qoidalar  asosida huquqiy va siyosiy kontseptsiyalar  vujudga  keldi.  Bu 
kontseptsiyalar huquq har bir individning qadr-qimmati va ekrkinligini himoya qilish 
vositasi sifatida talqin qilindi.
 
Bu individualistik ideal tadbirkorlik,
 
mehnatsevarlik,  yangilikka  intilish  kabi  fazilatlarni  shakllanishiga  turtki  buldi. 
Kapitalizmning o`zgaruvchan tizim sifatida rivojlanishida mana shu qadriyatlar katta 
rol  o`ynadi.  Liberalizmning  vakillari  insonning  iqtisodiy,  jismoniy  va  intelektual 
erkinligi,  maqsad  va  manfaatlarini  amalga  oshirish  yo`lida  teng  imkoniyat  va 
huquklarga  ega  bo`lishi  uchun  kurashdilar.  Liberalizm  inson  hayotining  yangi 
harakatchan kuchlarini ochdi. U Evropaga tadbirkorlik va biznes yo`lidan har qanday 
to`sqinlarni  uloqtirib  tashlashni  o`rgatdi.  erkinlik  bo`lmagan  erda  tadbirkorlik 
rivojlanmasligini ko`rsatdi.
 
Liberalmzm  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarida  plyuralizm  printsipi  joriy 
qilinishini  talab  qildi.  Ijtmmoiy  soxada  turli  sinf,  qatlam  va  toifalar,  manfaatdor 
guruhlar  erkinligi;  madaniy  sohada  turli  xil  milliy  madaniyatlar,  smyosiy  sohada-
siyosiy harakatlar, partiya va jamoat tashkilotlari erkinligi.
 
Liberalizmning  shaxs  erkinligi  talabalaridan  har  kim  xoxlaganinm  qilishi 
mumkmn  degan  xulosa  chiqmaydm  Shaxs  erkinlmgi  g`oyasining  ajralmas  ikkinchi 
tomoni  shaxsning  jamiyat  oldida  ma`sulligi  g`oyasidir.  Liberalmzm  vakmllari 
umumiy  baxt-saodatning  ta`minlashda  davlat  ijobiy  rol  o`ynashi  mumkinligini  ham 
inkor qilmaydi.
 
Konstitutsiyaviylik,  parlamentarizm  va  huquqiy  davlat  qadriyati  va  printsiplarini 
ishlab chiqishda liberalizmning roli katta bo`ldi.
 
Umuman  olganda  lmberalizm  dogmatizm,  sxematizmga  zid  tafakkur  tarzidir. 
Unda o`zgarmas, bir xil me`yor va qoidalar yo`q. Lmberalizm sharoitning o`zgarishi 
bilan o`zgarib bordi, unga moslashdi. U o`z vazifasini o`tab bo`lgan ijtimoiy-siyosiy 
institut, me`yor va qadriyatlarni qayta ko`rib chiqish, xatto ularni o`zgartirishdan ham 
qo`rqmadi.  Liberalizm  vakillarining  ko`pchiligi  klassik  merosni  o`zgaruvchan 
sharoitga moslashtirish bilan band bo`lganlar.
 
 
 
  


  
  
  

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling