Ызбекистон Республикаси


Aflotun va Arastuning siyosiy va huquqiy ta`limotlari


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/68
Sana05.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#233846
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   68
Bog'liq
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1

Aflotun va Arastuning siyosiy va huquqiy ta`limotlari.
 
Aflotunning ideal davlat va jamiyat haqidagi ta`limoti uning keyingi dialoglarida 
(«Davlat»,  «qonunlar»  va  boshqalar)  rivojlantirildi.  Uning  ideyalar  haqidagi 
qarashlarining  mohiyati  quyidagicha:  haqiqiy  borliq  bu  moddiylikdan  tashqari,  aql 
bilan  idrok  etiladigan  ideyadir.  Bizning  qo`zimizga  ko`rinib,  hissiyotimizga  ta`sir 
qilib  turgan  narsalar  borliqqa  aloqador  emas,  shuning  uchun  ham  haqiqiy  bilish  bu 
borliqni  bilishdan  iborat,  ya`ni  ideyalarni  bilishdan  iborat.  Borliqni  hamma  ham 
bilavermaydi, faqat faylasuflargina bunga qodir.
 
U  o`zining  «Davlat»  nomli  asarida  adolatli  ideal  davlatni  ta`riflar  ekan,  davlat 
polisdagi ijtimoiy-siyosiy hayot bilan koinotning birikuvidan hosil bo`ladi, deydi. ,
 


Aflotunning  ta`limotiga  ko`ra  adolat  deganda  birichi  navbatda  har  bir  odam  o`z 
ishi  bilan  shug`ullansin,  boshqalarning  ishlariga  aralashmasin,  polis  turli 
ehtiyojlarning  umumlashgan  ifodasidir  degan  g`oyani  ilgari  suradi.  Bu  turli-tuman 
ehtiyojlarni  qondirish  uchun  davlatda  odamlar  o`rtasida  mexnat  taqsimoti  qaror 
topgan  bo`lishi  kerak  Ideal  davlatda  ayollar  erkaklar  bilan  baravar  huquqqa  ega. 
Aflotun  ideal  davlatida  uch  tabaqa  faylasuflar,  harbiylar  va  dehqon,  hunarmandlarni 
bo`lishini e`tirof etgan.
 
Aflotun  o`zining  «qonunlar»  nomli  asarida  davlatning  moxiyati  va  qurilishi 
xaqida  batafsil  to`xtalib  o`tadi.  Aflotun  ideal  davlatning  eng  muhim  belgilari 
quyidagilardan iborat. Uning 5040 fuqarosi chek tashlash orqali er maydoni va uy-joy 
oladilar,  ammo  bu  er  va  uy  ularning  xususiy  mulki  hisoblanmaydi.  Barcha  erlar 
davlatning  mulki  bo`lib  odamlarning  farzandlaridan  biriga  meros  bo`lib  o`tishi 
mumkin. Mavjud mulkning ko`p va ozligiga qarab, odamlar to`rt toifaga bo`linadilar:
 
Boylikning  ham,  kambag`allikning  ham  ma`lum  chegarasi  bo`lib,  bu  qonun 
tomonidan  belgilab  qo`yiladi.  qullar  va  chet  ellardan  kelgan  dehqon,  hunarmand, 
savdogarlar Yuqorida aytilgan 5040 fuqaro tarkibiga kirmaydi. Birinchi davlatda ham
ikkinchi  davlatda  ham  hamma  ish  o`zaro  kelishuv  va  muomila  asosida  olib  boriladi. 
YOshlar  erkaklar  bilan  teng  huquqqa  ega  bo`lsalarda,  ammo  ular  oliy  rahbarlikka 
ko`tarila  olmaydilar.  Aflotun  davlatining  boshida  bosqichma-bosqich  saylovlardan 
o`tgan  37 hukmdor  turadi. Hukmdorlarning  yoshi 50  dan 70 yoshgacha bo`ladi.  360 
kishidan iborat bo`lgan saylov kengashi katta huquqlarga ega.
 
Aflotunning 
ideal 
davlatida 
qonunchilikka 
e`tibor 
qaratgan. 
qonun 
chiqaruvchilarga  Aflotun  maslahat  berib  qonunlar  juda  qattiq  bo`lmasin,  qonunga 
itoat etish bilan birga hukmdorlar jamiyatni erkin boshqara olsinlar, qonunlarni ishlab 
chiqqanda  geografik  muhit,  iqlim,  tuproq  va  boshqa  omillar  e`tiborga  olinishi  zarur. 
Aflotun  qonunlarga  rioya  etmaslikni  qattiq  qoralaydi.  Har  xil  shoirlar,  olimlar  turli-
tuman yangiliklar yaratib, qonunlarni buzishavermasin.
 
Aflotun  o`z  qarashlarida  mafkuraviy  masalalarga  katta  e`tibor  berdi.  Davlat  va 
qonunlarning  ilohiy  va  muqarrar  qudratini  odamlarga  etkazish,  ularning  ongiga 
singdirish kerak. qonun-qoidalarni buzish qattiq jazolanishi kerak.
 


Aflotun tomonidan ikki yarim ming yil oldin aytilgan "qonun ustivorligi", "qonun 
hukumronligi" g`oyalari bizning kunimiz uchun shubhasiz juda foydali.
 
Arastu  Aflotundan  keyin  eng  ulug`  mutafakkir  sifatida  maydonga  chiqdi. 
(Eramizdan  oldingi  384-322  yillar).  O`zining  «Politiya»,  «Afina  siyosati»,  «Etika» 
nomli  asarlarida  siyosiy,  huquqiy  qarashlarini  bayon  etadi.  Arastu  siyosat  fanini  har 
tomonlama  ishlab  chiqishga,  siyosatni  axloq  doirasida  qarashga  harakat  qildi.  Axloq 
siyosatning  boshlang`ich  nuqtasi,  uning  muqaddimasidir,  deydi  u.  Arastu  adolatning 
ikki  xilini  farqlab  ko`rsatadi.  Muvozanatga  soluvchi  adolat  misoli  arifmetik  tenglik, 
ya`ni mana shu tamoyilni jamiyat taraqqiyotiga tadbiq etish. Belgilovchi adolat xuddi 
geometrik  tenglikka  o`xshaydi.  ya`ni  barcha  haq-huquqlar,  ne`matlar  odamlar 
o`rtasida har kimning o`ziga yarasha taqsimlanishi kerak.
 
Arastuning  etika  sohasidagi  izlanishlarining  mohiyati  shundaki,  siyosiy  adolat 
odamlar  o`rtasidagi  tenglik,  erkinlikka  asoslangan  bo`lib,  har  bir  odamning  o`z 
ehtiyojlarini  qondirishi  bilan  belgilanadi.  Arastu  tasavvurida  davlat  ko`plab  tarkibiy 
qismlarning o`zaro uyg`unligidan tashkil topadi. Davlat o`ziga xos bir tashkilot bo`lib, 
fuqarolarning  uYushishidan  tashkil  topdi.  Davlatning  har  bir  turida  o`ziga  xos  inson 
xuquqlari ishlab chiqilgan bo`ladi.
 
Arastu davlatning siyosiy tashkilot ekanini ta`kidlab, davlat bu oliy hokimiyatga 
ega bo`lgan siyosiy tizimdir, deb uqdiradi. Davlatning to`g`ri va noto`g`ri boshqarish 
shakllarini  ajratadi.  Davlatning  to`g`ri  boshqarish  shaklida  xalqqa  manfaat  keltiradi. 
Noto`g`ri  boshqarish  shaklida  faqat  tor  doiradagi  odamlarga  foyda  keltiradi  xolos. 
Davlat  boshqarishining uchta  to`g`ri  shakli monarxiya,  aristokratiya, politiya. Davlat 
boshqarishning noto`g`ri shakli tiraniya, oligarxiya, demokratiyadir.
 
Arastu davlat boshqarish shakllarining turli xillarini xam tekshirib chiqadi. Uning 
fikricha,  eng  to`g`ri  boshqarish  shakli  bu  politiyadir.  Boshqa  davlat  formalari 
politiyadan  ozmi-ko`pmi  chekinishlarga  asoslanadi.  Davlatni  noto`g`ri  boshqarish 
shaklidan  eng  yomoni  bu  tiraniyadir.  Politiya  oligarxiya  va  demokratiyaning  eng 
yaxshi  tomonlarini  birlashtiradi,  ammo  ularning  yomon  tomonlaridan  butunlay  xoli 
davlat  shaklidir.  Arastu  ishlab  chiqqan  ideal  davlatning  loyihasini  oddiy  bir  faktni 
tajribada  sinab  ko`rishdek  aniq  bir  belgilar  bilan  xarakterlab  bo`lmaydi,  deb 


ko`rsatadi. Ideal davlatning aholisi etarli darajada bo`lib, aniq ko`zga tashlanib turishi 
kerak. Uning xududida quriqlik va dengizga yaxshi yo`naltirilgan bo`lmog`i zarur.
 
Barcha  erlar  ikkiga  bo`linadi.  Bir  qismi  butun  davlat  tomonidan  umumiy  tarzda 
foydalaniladigan  erlar,  ikinchisi  fuqarolarning  xususiy  erlari.  Tinchlikni  jamiyatning 
ravnaqi deb baholagan olim, urushlarni huquqqa qarshi hodisa deb baxrlaydi. Arastu 
Sokrat va Aflotunning adolat va qonunning biri-biriga mos kelishi zarurligi g`oyasini 
himoya  qiladi.  Umuman  olganda,  huquk  siyosiy  hodisa  bo`lgani  uchun  uni  siyosiy 
hukuq deb atasa bo`ladi. Tabiat qonunlari hamma joyda bir xil ahamiyatga ega bo`lib, 
tan olinishi yoki olinmasligiga qaramay mavjud bo`laveradi. Bundan tashqari, shartli 
xuquq  xdm  bor.  U  sharoitga  qarab  o`zgarib  turishi  mumkin.  Tabiiy  huquqlar  ham 
shartli  huquqlar  ham  davlat  siyosatiga  xizmat  qiladi.  Bu  xuquq  normalari  izchil, 
barqaror bo`lishi zarur.
 
Qonun  siyosatga  mos  bo`lishi  uchun  avvlo  qonunlar  adolat  asosida  shakllanishi 
zarur.  Arastu  qadimgi  dunyoning  eng  mashhur,  genial  tafakkur  egasi  edi.  Uning 
asarlari  asrlar  osha  o`z  kuchini  yo`qotmay  qolmoqda.  U  voqealarni  chuqur,  ilmiy 
taxlil etishda o`z ustozi Aflotundan ancha o`zib ketgan edi.
 
  
 
  
  

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling