Oziq-ovqat xavfsizligi — milliy va global ehtiyojlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyati.
Osiyo – Tinch okeani mintaqasi davlatlarining iqtisodiy hamkorlik tashkiloti – tashkilot 1989 yilda tashkil topdi. Yangi Zelandiya, Gonkong, Xitoy, Avstraliya kabi davlatlar tashkiloti bo‘lib, shu hududdagi 11 mamlakatni, Yaponiya, ASEANga a’zo 6 mamlakatni (Malayziya, Singapur, Indoneziya, Filippin, Tailand, Bruney) birlashtiradi.
Osiyo rivojlanish banki (ORB) – 1966 yili BMTning Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESKATO) qaroriga ko‘ra tashkil topdi (1968 yildan boshlab kredit faoliyatini boshladi). Aksioner jamiyati asosida ish yuritadi. Unga 45 dan ortiq davlat a’zo. Vazifasi Osiyodagi rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiy va savdo munosabatlariga homiylik qilish, ularga moliyaviy va texnik, iqtisodiy yordam ko‘rsatish, iqtisod sohasida mintaqaviy hamkorlik qilishdir. ORBning shtab-kvartirasi Manila shahrida joylashgan.
Oferta — aniq shart-sharoitlar asosida bitim tuzish taklifi.
Offshor hududlar — bu jahon iqtisodiyotida milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo‘lib, bu yerda xorijiy mamlakatlarning huquqiy va jismoniy shaxslari tijoriy operatsiyalarni chet el valyutasida amalga oshirashadi.
Ochiq hisob — hisob-kitob tovar importyor tomonidan olingandan so‘ng amalga oshiriladigan forma. Bunda eksportyor importyorga hisob-fakturani hujjatlar bilan birgalikda pochta orqali banklar ishtirokisiz yuboradi.
Panjaralash (xedjirovanie) — valyuta xatarlarini sug‘urtalash usullarining majmuasi.
Paritet – turli mamlakat valyutalarining oltinga aylangan holdagi nisbati yoki ularning xarid qila olish quvvatiga binoan nisbati.
Portfel investitsiyalar — xo‘jalik ob’ektini ekspluatatsiya qilish tufayli daromad olish huquqini kafolatlovchi kapital qo‘yilmalari.
Proteksionizm — xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga davlatning bevosita va bilvosita usullar orqali faol aralashuvini nazarda tutuvchi iqtisodiy siyosat.
Do'stlaringiz bilan baham: |