Izolyatsiya qarshiligini aniqlash usullarini o’rganish. Ishning maqsadi


Download 319.93 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi319.93 Kb.
#1264937
Bog'liq
ETTM TAJribaIzolyatsiya qarshiligini aniqlash usullarini o’rganish.


Izolyatsiya qarshiligini aniqlash usullarini o’rganish.

Ishning maqsadi. Elektr stansiya va podstansiyalarda o’zgarmas operativ tok zanjirlarida izolyatsiya qarshiligini ulchash va nazorat qilish metodlarini o’rganish.


Umumiy ma’lumotlar.
Elektrstansiya va podstansiyalarda boshqarish zanjirini o’ta muhimligini hisobga olib o’zgarmas operativ tok tarmoqlarida to’xtovsiz izolyatsiyani nazorat qiluvchi qurilma o’zgarmas tok shitida o’rnatiladi. Bu qurilmalar yordamida murakkab bo’lmagan manipulyatsiya yordamida quyidagilarni o’lchash mumkin:
-o’zgarmas tok kuchlanishini;
-yerga nisbatan har bir-qutbni o’zgarmas tok kuchlanishini;
-tarmoqni izolyatsiyasi qarshiligining qiymatini;
-har bir qutbni qarshiligini bo’lgan holda yyerga nisbatan o’lchash;
Izolyatsiya qarshiligi kritik nuqtaga yetganda yorug’lik va ovoz signalizatsiyasi ishga tushadi.
Izolyatsiyani nazorat qiluvchi qurilmaning sxemasi. 8.1 rasmda ko’rsatilgan.

8.1.-rasm o’zgarmas operativ tok manbaida izolyatsiyani nazorat qiluvchi qurilma sxemasi.


Izolyatsiyani nazorat qiluvchi qurilmaning sxemasini ishlashi.
O’zgarmas tok tarmog’ida kuchlanishni o’lchash voltmetr 1V va o’lchovchi almashlab ulagich 1PI yordamida amalga oshiriladi.
Avtomat A ulangandan so’ng sxemani ikki qismiga o’zgarmas operativ tok kuchlanishi beriladi (220, 110, 60, 48 yoki 24 V qaysi kuchlanish shu podstansiyada qo’llanilgan bo’lsa).
Voltmetr 1V bu zanjir kuchlanishini ko’rsatadi.
Kalit 1PI ni chapga burab musbat (k) qutbdagi kuchlanishni «yyerga» nisbatan o’lchanadi. Izolyatsiyaning nominal qarshiligida 1V kuchlanishni 0,5 UH dan ozroq kam ko’rsatadi.
Kalit 1 PI unga buralganda manfiy (-) qutbni kuchlanishini «yyerga» nisbatan o’lchanadi. Kuchlanish qiymati ham oldingi holatdagi singari bo’ladi.
Agar izolyatsiya qarshiligi har xil qutblarda har xil bo’lsa 1V ko’rsatkichi ham har xil bo’ladi. Bunda qaysi qutbda qarshilik kichik bo’lsa kuchlanishi ham shuncha kichik bo’ladi. qurilma izolyatsiya karshiligini bir necha kOm dan bir necha MOm gacha o’lchash imkonini beradi. Izolyatsiya qarshiligining 1-3 kOm ga 24-48V, 6-10 kOm -60V, 15-20 kOm gacha 220V tarmoqda bo’lganda signalizatsiya ishga tushib ketadi.
Izolyatsiya qarshiligini o’lchash aniqligi kuchlanishni chetga chiqishi (nominal kuchlanishidan) va izolyatsiya qarshiligini o’lchovchi qarshiliklar qiymatiga bog’liq bo’ladi.
kurilma quyidagilardan iborat: PI almashlab ulagich ( fiksatsiyali 3 holatli kalit), o’lchovchi tugmacha KI, potensiometr P, voltmetr V, signal lampasi LS bilan signal relesi 1RS.
kurilmaning ishlashi Uitston ko’prigi prinsipiga asoslangan bo’lib, yelkalari R1 va R2 hamda ikki izolyatsiya qarshiliklari Riz va Riz–dan iborat. Ular har bir faza va orasiga ulangan.
8.2-rasmda bu qurilmaning sodlashtirilgan sxemasi keltirilgan bo’lib, uning ish prinsipi tushinish mumkin.
Yuqori voltmetr ko’prik diagonalida ulangan bo’lib, ekvivalent qarshilikni o’lchaydi.
(8.1)
Musbat va manfiy qutblarni izolyatsiya qarshiliklari quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi.

(8.2)


(8.3)

8.2-rasm. Izolyatsiya qarshiligini o’lchashni tushuntirishni


prinsipial sxemasi.
Almashlib ulagich dastasi vertikal holda ishchi holati bo’ladi. Agar izolyatsiya qarshiligi Rizk>Riz- yoki Rizkiz- bo’lsa voltmetr strelkasi qarshilik kamaygan tomonga buriladi.
Kritik holatda 1PC rele ishlab signal beradi. Rele 1PC kuchlanish relesi (RH) bo’lib (ishlash kuchlanishi Ucr q32V da 220V, Ucr q16V da 110V bo’ladi)
Manfiy qutbda izolyatsiya qarshiligini pasayib ketishni o’lchash
Almashlib ulagich PI dastasini (–) holatga qo’yamiz (kalitni dastasi chapga buriladi).
Potetsiometrni dastasini burab qurilmaning ko’prik sxemasini tenglashtiramiz, ya’ni pribor strelkasini da o’rta holatga o’rnatamiz.
Тugmacha KIni bosib K pribor bo’yicha ekvivalent qarshilikni xisoblaymiz.
Bunda RE pribor ko’rsatkichi kalitni Rizk va Riz- holatida R1 va R2 esa patensiometrni strelka to’g’risidagi yozuv ko’rsatgichlari.
RizkqRek1 va Riz-q Riz-q Rek2 ;
bo’yicha topamiz.
O’lchash o’tkazilgandan so’ng almashlab ulagich dastasi o’rta holatga qo’yiladi.
2. Izolyatsiya qarshiligini musbat qutbda qarshiligini pasayishini o’lchash.
Almashlab ulagich PI ni holatini «k» ga qo’yamiz va birinchi holatdagidek qarshiliklarni aniqlaymiz.
Rizkq REk2 va Riz-q REk1;


Izoh. O’zgarmas tok shitida (ShPТ) signalizatsiya o’rnatiladi va u yonib-o’chuvchi qurilmani sozligini nazorat qiluvchi bo’lib, nazorat KO tugmachani bosish bilan tekshirilib quriladi.
Ish dasturi.

  1. Izolyatsiyani nazorati sxemasi bilan tanishish (8.1 rasm).

  2. O’zgarmas tokni har bir qutbni «yyerga» nisbatan kuchlanishini o’lchash.

  3. Izolyatsiya qarshiligini yyerga nisbatan sun’iy ravishda shuntlovchi qarshiliklar yordamida o’zgartirish bilan o’lchash.

  4. Ikkala qutbda bir vaqtda izolyatsiya qarshiligini pasayishida sxemani ishlashini tekshirish.

Hisobot mazmuni
Hisobotda qurilmaning sxemasi va o’lchash natijalari bo’lishi shart.
8.1-jadval

Kuchlanish (V)

Yyerga nisbatan izolyatsiya qarshiligi

Operativ o’zgarmas tok U

kutblar yyerga nisbatan

1 kOm

2kOm

3 kOm

Musbat
Uk

Manfiy
U-

Rizk

Riz-

Rizk

Riz-

Rizk

Riz-




























Download 319.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling