Izquvar politsiyachi Tohirjon Ne`matov
Download 278.32 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqTohirjonning birinchi kitobi
Izquvar politsiyachi Tohirjon Ne`matov “Ikki jinoyatchi bor edi. Biri geometriyani yaxshi bilardi. Ikkinchisining esa mantiqiy fikrlash qobiliyati kuchli edi. Ular birgalikda o`g`irlik qilishar edi. 12 yil oldin, ular politsiya hodimlari tomonidan qo`lga olingan. Ular 13 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Ertaga ular qamoqqa tushganiga 13 yil bo`ladi. Ular juda aqlli, ehtiyot bo`lish kerak. Tag`in, yana jinoyat qilib yurishmasin. Sizning yoningizga kelganimning sababi ham shu”,- dedi general Tohirjon(Detektiv)ga. -“Tushunarli, ma`lumotlar uchun rahmat” ,-javob qildi Tohirjon. General ham u bilan xayirlashib, detektivni yolg`iz qoldirdi. Detektiv bu ikki jinoyatchi haqida uzoq o`ylandi. Va birdan, uning yoniga yaqin do`sti Muhammadayubxon kelib qoldi. -Salom Tohirjon. Ahvollaringiz qalay? Yana nimalarni o`ylab o`tiribsiz? -Salom do`stim. Ahvollarim yaxshi, o`zingiz qalaysiz? Iloji bo`lsa tashqarida birgalikda bir aylanib kela olamizmi. Muhammadayubxon Tohirjon yana qandaydir jinoyatni fosh qilmoqchiligini sezdi. Chunki Tohirjon uning 3-savoliga javob bermagani uni shubhalantirgandi. Ular yarim soat davomida tashqarida, tabiat qo`ynida aylanishdi. Muhammadayubxon shuni payqadiki, Tohirjon yo`l davomida “Trigonometriya, mantiqiy fikrlash” deb takror va takror pichirlardi. Ular uyga qaytgan payti, Muhammadayubxon Tohirjonning uyida biroz dam oldi. Bu vaqt davomida Tohirjon “Ayni paytlarda qamoqdan chiqqanlar boshqa bir qamoqdan chiqqan odam bilan aloqa qilishi taqiqlangan va politsiya hodimlari buni qattiq nazorat qilishadi.Jinoyatchilar avvallari birga ishlagan bo`lsalar, hozir ham birga ishlaydilar. Ammo ular qanday qilib bir birlari bilan aloqa qilmagan holda qayerga o`g`irlikka tushishni kelishib olishlari mumkin?” deb fikr yuritishga ulgurdi holos. So`ng, Muhammadayubxon uyg`ondi va o`z kompaniyasiga, ishga ketdi. Soat endi ertalabgi 5 bo`lgandi. Tohirjon Bexruzbekning yoniga borib, biroz suhbatlashib, shaxmat o`ynamoqchi bo`ldi. Ammo Behruzbek o`z uyini qulflab, chet elga ketgandi. Tohirjon buni bilgach, Abdurahmonnikiga yo`l oldi. Abdurahmon Tohirjonni ko`rib, hayron qoldi. Chunki Tohirjon Abdurahmonnikiga xabar bermasdan boradigan odati yo`q edi. Abdurahmonning uyi markazda edi. Aslida Tohirjon uning uyiga mana shuning uchun kelgandi. Chunki markazda ko`proq o`g`irlik sodir bo`ladi. Ammo Tohirjon buni Abdurahmonga sezdirmadi. Biroz suhbatlashib o`z uyiga bordi. Uyiga borib qarasa, eshik oldida Otabek turgan edi. Tohirjon uni uyga taklif qildi. Ular birga suhbatlashishdi. Birdan Otabek o`g`irlik haqida gap boshladi. Tohirjon nimadir bo`lganini sezib, Otabekning gaplariga ko`proq e`tiborini jalb qildi. Otabekning uyidagi mashina yo`qolgandi. Tohirjon Otabek ketgandan keyin esa, Otabekning uyining xaritadagi joylashgan joyiga belgi qo`yib qo`ydi. Tohirjon mashina g`oyib bo`lgani bu katta jinoyatning boshlanishi ekanini bilgandi.1 hafta ichida hech qanday jinoyat sodir bo`lmadi. Ammo 8-kun ikkinchi jinoyat sodir bo`ldi. Bir odamning uyidan pul o`g`irlangan edi. Tohirjon bu jinoyat sodir bo`lgan joyning xaritadagi o`rniga ham belgi qo`ydi. “Ertaga Muhammadayubxonning tug`ilgan kuni. Borishim kerak.” O`yladi Tohirjon. Tohirjon va do`stlari doim bir-birining tug`ilgan kuniga borishar, katta bayram qilib nishonlashar edi. Hamma Muhammadayubxonning tug`ilgan kuniga bordi. Do`stlar katta suhbat boshlashdi. Suhbat ertalabgi soat 2 gacha davom etdi. So`ng, hamma o`z uyiga tarqaldi. Tohirjon 3 kundan so`ng Filippinga yo`l oldi. Filippinda 3 hafta qolib ketdi. So`ng, ish yuzasidan Dubayga yo`l oldi. Dubayda esa Bexruzbek bilan uchrashdi. Tohirjon hatto Dubayda ham jinoyat haqida o`ylab yurdi. Ertasi kuni Bexruzbek bilan Tohirjon birgalikda shaxmat o`ynashdi. Shaxmatning ikkinchi Download 278.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling