Izzat Sultonning matnshunoslik sohasidagi xizmatlari


Download 21.55 Kb.
Sana13.06.2020
Hajmi21.55 Kb.
#118591
Bog'liq
Izzat Sulton


Izzat Sultonning matnshunoslik sohasidagi xizmatlari

Reja:

1. Izzat Sultonning hayot yo'li

2. Olimning ijodiy izlanishlari

3. Izzat Sulton Navoiy uyida

Izzat Sulton 1910 yili O‘sh shahrida hunarmand oilasida tug‘ildi. Otasi vafotidan keyin bolalar uyida tarbiyalandi. 1924 yilda u Toshkentga o‘qishga keladi. Avval “Namuna” ish maktabi, so‘ngra ta’lim-tarbiya texnikumida o‘qiydi. Texnikumni tamomlagach, maktablarda o‘qituvchilik qiladi.

Izzat Sulton 1930 yilda O‘rta osiyo Davlat dorilfununining ijtimoiy fanlar fakultetida o‘qiydi. Samarqand shahrida chiqadigan “Batrak” gazetasi muharririyatida mas’ul kotib bo‘lib ishlaydi. 1934 yili O‘zSSR fanlar komiteti Til va adabiyot instituti aspiranturasiga kirib, uni 1937 yilda tamomlaydi. 1943-1948 yillarda davlat rahbarlik lavozimlarida xizmat qiladi. 1948 yildan umrining oxirigacha O‘zbekiston fanlar akademiyasi nomli Til va adabiyot institutida ishlab keldi.

Izzat Sulton 1932 yildan boshlab vaqtli matbuotda adabiyotshunoslikka oid maqolalar e’lon qildi, “Adabiyot nazariyasi” (1939, 1979) darsligini yaratdi. Tadqiqodchining ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning merosini o‘rganishga bag‘ishlangan qator asarlari alohida ahamiyatga ega.

Izzat Sulton(1910–2001) —Oʻzbekistonning davlatva jamoat аrbobi, oʻzbek olimi, akademik, adabiyotshunos, dramaturg, tanqidchi, 2 ta orden va Shuhrat medalisohibi, Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat Mukofoti sovrindori. Izzat Sulton 1910-yili Oʻsh shahrida chevar (portnoy) oilasida dunyoga kelgan, bolalar uyida katta boʻlgan. Uning bobosi Sartoy Sulton sariqdan kelgani yoki rus tilidabemalol „chugʻurlashgan “i uchunmi, hamshaharlari „Sulton sariq“ deb atashgan. Hayot yoʻli turkistonlik boʻlib, chorvadorlik bilan

mashgʻul boʻlgan. T urkistonXIX asrning 60-yillarida istilo etila boshlaganida mustamlakachi zobitlaridan biri unga rus qoʻshinini goʻsht bilan taʼminlab turish vazifasini topshirgan. Shu tarzda Sartoy Sulton rus qoʻshinlari Xitoychegaralariga etib borguniga qadar oʻn ikki yil davomida ularni goʻsht bilan taʼminlab borgan. Nihoyat, Oʻsh shahridamuqim yashab,

Oʻsh hokimigamirzalik va tilmochlik qilgan. Shu yerda uning farzandiOtaxondan Izzatulla ismli boʻlajak oʻzbekolimi va dramaturgi dunyoga kelgan.Izzatulladan avval Rahmatulla, Habibullava Fayzulla ismli uch akasi va Saodatismli singlisi tugʻilgan. Sar toy Sultonoʻzbek xalqining kelajagi Rossiyabilanbogʻliq boʻlajagini sezib, toʻngʻichnevarasini hatto oʻgʻli Otaxonningnoroziligiga qaramay , rus-tuzemmaktabiga oʻqishga bergan. Rahmatullashu maktabni bitirgach, T oshkentgakelib,oʻzbek bilim yurtida oʻqishni davomettirgan. U Choʻlponningyaqin doʻstiboʻlib, uning 24 yoshida dunyoni fojialiravishda tark etishi zabardast shoirnilarzaga keltirgan va u doʻstiga bagʻishlabkoʻz yoshlarini toʻka-toʻka marsiyayozgan. Fayzulla maʼlum vaqt Andijondamuallimlik qilib, hatto dramaturg Komil

Yashingailk adabiy saboq berib, 1937-yiltegirmonidan omon chiqmagan…Etikdoʻzga shogird tushib, turmushtashvishlari bilan yashagan Habibulla esasil kasalligiga yoʻliqib, onasi bilan singlisiSaodatni dogʻda qoldirib ketgan. Otaxonaka, parishonxotirlik orqasida boʻlsa

kerak, oʻgʻli Izzatullaning tugʻilgansanasini 1911-yil, deb yozgan ekan.„Men, — deb hikoya qilgan edi IzzatSulton shogirdi — filologiya fanlari doktoriNoʻʼmon Rahimjonovga, — 1911-yili 29-iyunda tugʻilganman. Otamning kundalikdaftariga shunday yozib qoʻyilgan ekan.Ocharchilik yillari sal-pal esimda bor .Oʻshanda odamlar koʻkat eb, shishib

ketishgani, oʻlganlarini elas-elaseslayman. Bizning oilamizga ham anashunday fojealar koʻlankasi tushdi. 1920-yili dadam oʻldi. Undan sal oldin bobomolamdan oʻtdi. Onamiz bir etak bolalarbilan yakka qoldi… Otam olamdanoʻtganda Bahrixon 26-27 yoshlarda edi

1965-yili vafot etdi. Otamdan keyin 45 yilyashadi. Hammamizni oyoqqa qoʻydi… “Izzat Sulton hayotning shundaymashaqqatli soʻqmoqlaridan oʻtishjarayonida shaxs sifatida shakllanaboshladi. 1924-yilda „razvyorstka“ degansoʻz paydo boʻlgan. Bu „razvyorstka“ga

koʻra, har bir viloyat falonchadanbolalarni yirik shaharlarga oʻqishgayuborishi lozim edi. Ana shu„razvyorstka“ sabab boʻlib, Izzatulladastlab Qoʻqonga, soʻngra T oshkentgaoʻqishga yuborildi. U 1927-yilga qadarBeshyogʻochdagi„Narimonov“ (Namuna)oʻzbek bilim yurtida oʻqidi. Shu yili bilimyurti bilan Oʻqchi koʻchasidagi taʼlimtarbiya texnikumning bitiruvchi guruhlariqoʻshib yuborildi. U mazkur oʻquv yur tinitugatganidan soʻng 1939-yildaOʻzbekiston Fanlar akademiyasining Tilva adabiyot institutigaishga kelgunigaqadar yana bir qancha joylarda hamishlab, ham oʻqidi. U ikkinchi jahon urushiboshlangan davrdan 1948-yilga qadarOʻzbekfilmkinostudiyasida turlilavozimlarida xizmat qildi.

T aqdir Izzat Sultonga turmushning qaysikoʻchalarida yurish va yashashni ravokoʻrgan boʻlmasin, uning koʻnglidaadabiyotga, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiygaboʻlgan mehr doimoyashadi… Buni qarangki, boʻlajakadabiyotshunos olimning „Yosh leninchi“gazetasining 1931-yil 16-sentyabr sonidabosilgan ilk maqolasi oʻzbek tili va

adabiyotining shu buyuk asoschisigabagʻishlangan va „Mir Alisher Navoiy“ debatalgan edi. Shundan keyin uning „Farhodva Shirin “ningyangicha qoʻyilishi",„Adabiy merosimizni oʻrganaylik“ (1937-yil), „[[Rustaveli Shota|Rustaveli vaNavoiy“, „Mir Alisher Navoiy“(1938-yil),„Makorim ul–axloq“ haqida", „Navoiyningtadqiqotchilari“ (1941-yil), „Makorim ul–axloq“ va uning muallifi" (1945-yil),„Navoiygazamondosh shoirlartoʻgʻrisida“ (1948-yil) singari qatormaqolalari eʼlon qilindi. Uning 1942-yiliyozgan „Buyuk Alisher“ kinossenariysiesa Uygʻunva V .Shklovskiy bilanhamkorlikda yozilgan „Alisher Navoiy“

kinossenariysi hamda Uygʻunbilanhammualliflikda yozilgan shu nomdagimashhur dramaning maydonga kelishidapoydevor boʻlib xizmat qildi. KomilYormatovekranlashtirgan film ham,

Mannon Uygʻunsahnalashtirgan spektaklham oʻzbek kino va teatr san ʼatlariningshoh asarlaridan biri boʻlib qoldi. Olim1946-yilda "Alisher Navoiyning„Mezonul–avzon “ asari va uning tanqidiy matni"mavzuida nomzodlik dissertatsiyasinihimoya qildi. Shu tarzda Alisher Navoiymavzui Izzat Sulton ilmiy va ijodiyfaoliyatining asosiy qon tomiri boʻlibqoldi. 1957-yili Izzat Sulton Chilonzortumanidajoylashgan adabiyotchilaryashaydigan koʻp qavatli uyga koʻchiboʻtdi. U bilan birga bu uyda Said Ahmad,Odil Yoqubov, Rahmat Majidiy, SamiAbduqaxxor , Poʻlat Moʻmin, Aleksandr Udalov , Anna Almatinskaya, Shuhrat,Vaxob Roʻzimatov , Zohid Obidov , T olibYoʻldosh, Aziz Abdurazzoq, V .Ivanov ,Vladimir Lipkin, Ozod Sharafiddinov,Rahmon Bahrom, Yusuf Boʻlat,J.Abdullaxonov , Mavlon Ikrom va boshqaadabiyotchilar yashashdi. Izzat Sulton Toshkentdagi Chigʻatoyqabristoniga

2001-yili dafn etilgan.



Dramaturg sifatida “Burgutning parvozi” (1939), “Noma’lum kishi” (1963), “Imon” (1960) dramalari, ayniqsa, Uyg‘un bilan hamkorlikda yozgan “Alisher Navoiy” (1940) asari O‘zbek dramaturgiyasining yutuqlaridan biri bo‘ldi.

Izzat Sulton
IKKI MAQOLA


NAVOIY UYIDA

“Alisherbek… o‘g‘il va qiz va ahlu ayoli yo‘q, olamni tavre fard va jariyda (yakka va yolg‘izlik bilan) o‘tkardi”.
“Boburnoma”dan.

Alisher Navoiyning nima uchun uylanmaganligi zamondoshlari uchun sir bo‘lib qolgani kabi, bizning kunlarimizda ham ajib bir hodisa bo‘lib ko‘rinadi. Ammo bu hodisa — Navoiyda bor biror ayb va kamchilik natijasi emasligi zamondoshlari uchun ayon edi.

“Badoe’ ul-vaqoe’”dan (Vosifiy hikoya qiladi): “Alisher uylanmagan edi. Buning sabablari zamonaning hamma kishilarini qiziqtirar edi. Sulton Husayn mirzo Atisherning uylanmasligiga sabab uning «etagi pokligi” va nafsoniy shahvatga mayli yo‘qligi, ya’ni axloqiy jihatdan juda yuksakligi, ilm-fan va she’riyatga berilganligi, deb hisoblar edi.Sultonning sevikli xotini Xadichabegim esa buning sabablarini boshqacha deb tushunar edi. Haqiqatni aniqlash uchun Xadichabegim o‘zining juda ham go‘zal kanizaklaridan Davlatbaxtni Alisherning uyiga yubordi. Davlatbaxt turli bahonalar bilan Alisherning uyida tunab qoldi. Tunda qiz Alisherning qo‘yniga kirdi… Davlatbaxt ertalab Xadichabegim oldiga juda xursand qaytib, butun voqeani aytib berdi. Natijada Sulton Husayn mirzoning fikri tasdiq bo‘ldi va Xadichabegimning ham Alisherga hurmati avvalgidan yuz martaba ortdi» (172—173). Mirzo Haydarning “Tarixi Rashidiy” asaridan: “Mir Alisherning noziklikdan va tez ranjishlikdan boshqa hech aybi yo‘q edi” (121).

Navoiyning uylanmaganligi uning sevmaganiga dalolat emas. Aksincha, Navoiy o‘zining otashin oshiq bo‘lganligini so‘zlaydi. “Farhod va Shirin” dostonini nima uchun yozganini asoslab, Navoiy birovni juda qattiq yaxshi ko‘rganini, shu sevgisi tufayli sevgilisining ta’rifiga tili lol (ojiz) ekanligini va “Farhod va Shirin” dostoni orqali o‘z ahvolidan hikoya qilmokchi bo‘lganligini aytadi. “Farhod va Shirin” dostonidan:

“Farhod va Shirin” yozilganidan o‘n besh yilcha keyin Navoiy yana o‘z muhabbatini bir asarida yodga oladi: “Lison ut-tayr” dostonida afsonaviy Shayx San’onning (musulmon ruhoniysining) xristian qiziga muhabbatini tasvir etib kelib, Navoiy o‘zining kimgadir muhabbati Shayxning muhabbatidan ham otashin ekanini gapiradi va hikoyani agar bir necha kun umrdin amon topsa (salomat bo‘lsa) o‘z otashin ishqi tarixi haqida doston yozajagini ifodalovchi satrlar bilan tamomlaydi.

(“Navoiyning qalb daftari” kitobiga yozilgan taqrizida prof. A.Hayitmetov Navoiyning muhabbati haqida quyidagicha fikr aytgan: «Keyingi tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, u (ya’ni Navoiy) kimligi biz uchun noma’lum bo‘lib kelayotgan bir qizni sevgan. Qiz ham unga yomon munosabatda bo‘lmagan, iltifotlar ko‘rsatgan. Afsuski, qiz erta vafot etgan. Qiziing vafoti Navoiydan olisda ro‘y bergan. Shu ko‘ngilsiz fojiadan keyingina Navoiy o‘zining unga bo‘lgan muhabbati cheksiz va beqiyos ekanini bilib qolgan. Bu muhabbat o‘ti uning qalbida umrining oxirigacha so‘nmagan. Shu sababli shoir o‘zining birinchi muhabbatiga sodiq qolgan — uylanmay o‘tgan. Uning:

Bor edi, ul hamki, bir chog‘ bizga yore bor edi,
Kulli ar yor o‘lmasa, filjumla bore yor edi…

matlai bilan boshlangan g‘azali fikrimizni ma’lum darajada tasdiqlay oladi. G‘azalning oxirrog‘ida:

Go‘yiyo shukr etmadimkim onsiz o‘lmishmen bu dam,
Ul quyoshimni yoshurg‘on charxi kajraftor edi…

degan bayti ham bor. Navoiyning, aftidan, o‘sha qiz vafoti haqida xabar kelishi munosabati bilan yozilgan quyidagi ruboiysi ham… bu jihatdan juda xarakterlidir:

Yoshung‘on emish qaro bulugqa mohim,
Gardunni sovurmoqlig‘ erur dilxohim.
Kirmish qaro tuproqqa quyoshdek mohim,)

Manba’: “Sharq yulduzi”, 1970,12-son

USTOD SABOQLARI

O‘tmishdagi buyuk siymolarning taqdirida ajib bir o‘xshashlik bor: Dante hayotligida yetisha olmagan shuhratga vafotidan keyin muyassar bo‘lish umidida edi. Balzak “Buyuk kishilarning yolg‘izligi” haqida nadomat chekib dunyodan o‘tdi. Pushkin va Lermontovlarni go‘rga tiqmaguncha rus podshohlarining ko‘ngli o‘rniga tushmadi. Muqimiyning joniga hech kim qasd etmagan bo‘lsa ham, beqadrlik alami, xuddi Dantesning o‘qidek, shoirning qalbidan qon tirqiratgan edi.


Buyuklar orasida Alisher Navoiy omadliroq chiqdi: zamonasi uning qudratli talantini va ulug‘ xizmatlarini tan oldi. Navoiy hayotligidayoq xalq ichida, aziz va hukmronlar orasida baobro‘ bo‘ldi. Aqlli, tadbirkor va salohiyatli Husayn Boyqaro unga o‘z devonidan eng mo‘tabar joy ko‘rsatdi, bolalikda u bilan boshlangan do‘stlik ipini to umrining oxirigacha uzmaslikka tirishdi. Zamonasining boshqa bir ulkan hukmroni, shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Boburning Navoiyga bergan yuksak bahosi bilan xalq og‘zaki ijodida Alisherning donoligi, haqiqatparvarligi va adolatparvarligi haqida son-sanoqsiz hikoyalar va latifalarning tug‘ilishi, hatto Navoiyning go‘zal Guliga muhabbati haqida ham ajoyib afsonaning maydonga kelishi orasida uzviy bog‘lanish bor. Bu — Alisher Navoiy siymosining barcha ijtimoiy tabaqalar zehnidan mahkam o‘rin olganining shohididir.

Shunday bo‘lsa ham, Alisher Navoiyning taqdiri tarixdagi ko‘p buyuk siymolarning taqdiriga o‘xshab ketadigina emas, ulardan prinsipial farq etmaydi: o‘sha yolg‘izlik, o‘z sotsial muhiti bilan nifoq, umidlar bilan voqelik orasidagi yer bilan osmondek masofani idrok etgan aqlning dahshati, o‘sha ushalmagan orzular nadomati Navoiyning yoshlikdagi she’riy mashqlaridan tortib monumental “Chor dovon” va “Xamsa”gacha osha bordi va uning vasiyatnomasi “Mahbub ul-qulub”ga toj bo‘ldi.

Gahe topdim falakdin notavonlik,
Gahe ko‘rdim zamondin komronlik.

Base issig‘-sovug‘ ko‘rdim zamonda,


Base achchiq-chuchuk totdim jahonda.

Buyuk shoir va mutafakkirning bu nadomatida feodal zulmi ostida qolgan mehnatkash xalqning ohu faryodidan sharpa bor.

Alisher Navoiy o‘zidan keyingi avlodlarga faqat buyuk asarlarida so‘nmas ehtiros bilan ifoda etilgan ana shu muqaddas nadomatning o‘zinigina meros qoldirganda ham insoniyat undan abadiy minnatdor bo‘lar edi. Chunki har qanday savob ish, shu jumladan, insonni zulm va qullikdan ozod etish — yomonlikni yomon ko‘rishdan, yaxshilikning g‘alabasini qumsaguvchi nadomatdan, nafratdan, g‘azabdan boshlanadi.

Ammo, baxtimizga, Alisher Navoiy siymosida va ijodida muqaddas nadomatdan ham savobliroq va qudratliroq dinamit bor: hayotga ko‘ngil berish, hayotning jamolidan mast-alastlik: Navoiyning 120 ming misradan ortiq she’riy merosi hayot madhiga bag‘ishlangan ulkan simfoniya, deb atalishi mumkin. Bu simfoniyada, xuddi hayotdagidek, goh g‘amgin, goh o‘ychan, goh g‘azabli, goh quvnoq ohanglar eshitiladi, ammo doimo hayotga mehr uyg‘otadi. Kishi ruhining xilma-xil holatlarini nozik bo‘yoqlarda tasvirlashi bilan “Chor devon” va “Xamsa” o‘z zamonasininggina emas, o‘zidan keyingi ko‘p nasllarning quvonchi va g‘am-g‘ussalariga tarjimon bo‘lib xizmat etdi. Navoiy ijodi ma’naviy durlarga boy bir daryoki, har avlod undan qongunicha bahramand bo‘lsa ham, bu daryoning durri kamaymaydi. Navoiy o‘z ustodi va do‘sti Abdurahmon Jomiy haqida aytgan so‘zlarini uning o‘ziga bemalol nisbat berish mumkin:

Ko‘ngul durjin demay bo‘lg‘ay labolab,
Kim ul daryog‘a solg‘ay durni to lab.

Kim ul gavhardin olsa xalq har dam,


Yuz yilda bo‘lmag‘ay mingdan biri kam.

Chuqur insoniy fojialarni tasvir etgan “Xamsa”ning biror dostoni yoki hikoyasida Navoiyning hayot tazyiqi ostida qaddini bukkanini ko‘rmaymiz: uning qahramonlari halok bo‘lganlarida ham o‘quvchi o‘zi uchun juda to‘g‘ri xulosalar chiqaradi: xalqi manfaatlarini va uning oldidagi o‘z burchini unutgan Bahromni yer yutadi, Farhod va Layli kabi qahramonlar esa o‘zlari dunyodan ketayotib, bizga o‘zlarining nuroniy qiyofalarini, haqiqat va adolatga ishonchlarini meros qilib ketadilar. Xalq psixikasining juda muhim xususiyati — o‘z kuchiga ishonuvchi optimizm Navoiyning kishilik qiyofasining joni va ijodining zabardast ustunidir. Navoiy xuddi o‘z qahramonlaridek, dunyodan o‘tayotib, kishilarga ajoyib fazilatlarni vasiyat qilib ketdi va shu bilan o‘zidan keyingi avlodlarga hamdard bo‘ldi, dalda berdi, ularning hayot va kurash yukini yengillatdi.

Navoiy ijodida xalqning yana bir fazilati — o‘z ideali uchun amaliy kurasha bilish ham chuqur iz qoldirgan. Navoiy ijodi va faoliyati o‘z zamonasining siyosiy fikri va kurashi qozonida qaynadi, balog‘atga yetdi, shu kurashga o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Siyosatchi Navoiy bilan yozuvchi Navoiyni bir-biridan ajratish sira mumkin emas. Agar Navoiy ijodi o‘z zamonasining qaltis va muhim siyosiy, ijtimoiy muammolaridan uzilgan bo‘lsa edi, agar shoir va mutafakkir o‘z estetik va sotsial orzularini hayotga tatbiq etishga va shu yo‘l bilan zamonasining siyosatini xalq manfaatlariga bo‘ysundirishga intilmagan bo‘lsa edi, zulmkor zamonasi uning siyosiy orzularini poymol etgandan keyin ham shoir o‘z asarlarida (masalan, afsonaviy odil va dono podshoh Iskandar obrazi orqali) o‘z ijtimoiy-siyosiy g‘oyalarini ehtiros bilan yoqlamaganida edi, Navoiy ijodi quyoshdek harorat kasb etmagan va u haroratning tafti besh asr osha bizning kunlarimizga yetib kelmagan bo‘lar edi. Bu gapning san’atning bugungi rivoji masalalariga bevosita aloqasi bor: siyosatga aralashuvning yoki siyosatning san’at rivojiga aralashuvining (ikkovi ham bir gap) zarari haqida safsata sotuvchilar Navoiy kabi gigantlarning hayotiga va faoliyatiga nazar tashlasalar, zora o‘zlari uchun foydali saboq chiqarib olurlar. Xorijlik san’atkorlar, yozuvchilar va olimlarga kelsak, biz Navoiyni doimo boshimizda tutib, “siyosatga aralashuvimiz”ni namoyish qiladigan har bir qadamimizga “barakallo” deb madad berayotgandek his etamiz. Dalilimiz — Navoiyning o‘z davrining eng qaltis va muhim ijtimoiy masalalari bilan liq to‘lgan asarlari. San’at asari umrboqiy bo‘lsin uchun uning yaratuvchisi zamona zaminiga chuqur ildiz otishi kerak. Daraxtning tomirlari qancha tiyran bo‘lsa, qaddi shunchalik baland va sersoya bo‘ladi.

Biz, o‘zbeklar va boshqa turkiy xalqlarning Navoiyga ixlosimiz ayniqsa baland: u “turkiy” deb atalmish tilni (bizning qadimiy ona tilimizni) o‘z badiiy asarlarida poetik til darajasiga ko‘tardi, maxsus lingvistik ilmiy asarlarida (“Muhokamat ul-lug‘atayn”) uning boshqa tillar qatorida mukammal til hisoblanish huquqini himoya etdi. Shuning o‘zi, butun bir xalqning madaniy hayotida katta burilish va yuksalish edi. Navoiyning o‘zbek tilining martabasini ko‘tarish yo‘lidagi faoliyatidan milliy torlik izlash — tarixiy haqiqatni buzish va buyuk shoirni haqoratlash bo‘lar edi. O‘z xalqini boshqa xalqlardan afzal ko‘rish va ularga qarshi qo‘yish — Navoiy tabiatiga, axloqiga va dunyoqarashiga tamom yotdir.

Shu sababli Navoiyni bir o‘zbeklargina emas, tojiklar ham, ozarbayjonlar ham, qozoqlar ham, turkmanlar ham, qoraqalpoqlar va boshqa xalqlar ham o‘z madaniyati xazinasiga katta mamnuniyat va minnatdorlik bilan qabul etdilar. Bizning yurtimizda Navoiyning buyuk va boy merosiga qiziqish ayniqsa kuchaydi. Navoiy merosi haqiqiy xalq mulkiga aylandi.

Boylik egasi bo‘lish boshqayu, zarshunoslik boshqa. Navoiy murakkab merosining zarshunosi bo‘lish uchun bizga ko‘p o‘qishga, o‘rganishga, adashishga va xatolarning achchig‘ini totishga to‘g‘ri keldi. Yigirmanchi yillarda yosh va g‘o‘r adabiyotshunoslarimiz adabiyotimizning qadriga yetolmadi, uning fazilatlaridan ko‘ra ko‘proq ojiz tomonlariga e’tibor berdi. Biz 30-yillarda Lutfiy, Navoiy, Bobur, Turdi, Muqimiy, Furqat va boshqa klassiklarimizning qadriga yeta boshladik: bu ham bizning o‘sishimizning, balog‘atga yetayotganimizning nishonasi bo‘ldi.



Navoiyni “kashf etish” bizni cheksiz quvontirdi. Yangi tarixiy davr boy adabiy merosni bekik sandiqdan olib xalq boyligiga qo‘shish zarurligi haqida bong urdi. Shundan keyingina biz klassiklarni sinchiklab mutolaa qilishga o‘tirdik. Kaminaning Hamid Olimjon bilan bo‘lgan uchrashuvim esimda. Hamid allaqanday ruhlangan, hayajonli edi. Men buning sababini so‘radim. Javob juda quvonchli edi:
Download 21.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling