İzzax davlat pedagogiKA
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
Ne\'matova Shohsanam
J İZZAX DAVLAT PEDAGOGİKA UN İVERSİTETİ PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKA FAKULTETI MAXSUS PEDAGOGIKA: SURDOPEDAGOGIKA YOʻNALISHI 515-22-GURUH TALABASI NE'MATOVA SHOHSANAM NING O'ZBEKİSTON RESPUBLIKASIDA BOZOR İNFRATUZİLMASINING SHAKLLANİSHİ MAVZUSIDA KO’RGAZMALI SLAYDLARI. O'ZBEKİSTONDA BOZOR İNFRATUZİLMASİ SHAKLLANİSHİ • Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o‘rnatishga va samarali yuritishga xizmat qiluvchi korxona , tashkilot va muassasalarning majmuasidir. Bozor infratuzilmasini bozor strukturasi bilan almashtirish yaramaydi. Bozor strukturasi bozorning tarkibida amal qiluvchi bo‘g‘inlar (iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori , ishlab chiqarish vositalari bozori , moliya bozori , valyuta bozori , mehnat bozori , intelektual tovar bozori , shou-biznes bozori va boshqalar)ni va bozor haroratini belgilovchi boshqa birliklarni o‘z ichiga oladi. • Bozor infrastrukturasi turlari va tarmoqlari : Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infrastruktura: transport, aloqa, ombor xo‘jaligi, yo‘l xo‘jaligi, suv va energetika ta’minoti va x.k. Tovarlar va xizmatlar muomalasiga , ya’ni savdo-sotiq ishlariga xizmat qiluvchi infratuzilma: birjalar, savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari , reklama firmalari va agentliklar, davlatning savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi muassasalari. Moliya kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma : tijorat banklari, o‘z-o‘zini kreditlash idoralari , sug‘urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari , soliq undirish mahkamalari, har xil pul jamg‘armalari. • ‘zbekiston Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi “Bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining mazmun va mohiyati. O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash , mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dastur qabul qilingan bo‘lib, mazkur farmon bevosita shunga bag‘ishlangan. Dasturga ko‘ra bozor islohatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda ro‘yobga chiqarish borasida katta ishlar qilingan. Mazkur farmonda bozor islohotlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish ahvoli haqidagi masala atroflicha bayon etilgan. Qonunlarning, O‘zR Prezidenti Faronlari va Qarorlari , hukumat qarorlari, idoraviy normativ hujjat loyihalari ro‘yxati tuzilgan bo‘lib, ular tizimli asosda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy maqsad, vazifa va ustuvor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi. • Shuning uchun ham bu farmonda quyidagilar belgilab berildi: • 1) dan tizimli asosda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari ruyobga chiqarilishini ta’minlaydigan qonun xujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati tuzilishi aytilgan. • 2) dan, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturini ijro etish bo‘yicha Qonun hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi va amalda ro‘yobga chiqarilayotganligi ta’kidlab o‘tildi. • 3) dan jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va yanada isloh qilish hamda ma’muriy islohotni amalga oshirish sohasida qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiruvchi komissiya tuzish belgilab berildi. • 4) dan, ushbu farmonga muvofiq qabul qilinadigan qonun hujjatlari ijro etilishini nazorat qilish Vazirlar Maxkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitasi va idoralar , Qoraqalpog‘iston respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan nazorat ostiga olinishi aytib o‘tilgan. • 5) dan, Adliya vazirligiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kelishib olish, davlat hokimiyati organlari va hukumatga kiritishda monitoring o‘tkazish topshirildi. • Prezident Islom Karimov 2007 yil 12 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida 2007 yil uchun quyidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi: • 1. Asosiy vazifa – iqtisodiyotning barqaror va mutanosib sur’atlarda o‘sishi hamda tarkibiy o‘zgarishlar va modernizatsiyalashni ta’minlash, uning muhim tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, soliq siyosatini yanada erkinlashtirishdan iborat. 2. Ustuvor yo‘nalish – iqtisodis islohotlarni amalga oshirishda bundan buyon ham biznes , jumladan, xususiy biznes uchun zarur bo‘lgan barcha qulay sharoitlarni yaratishdan , davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini izchil kamaytirib borishdan iborat bo‘lib qolaveradi. 3. Muhim ustuvor yo‘nalish – xorijiy investisiyalarni, birinchi galda , to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb etish borasidagi ishlarni har tomonlama kuchaytirish. 4. Ustuvor vazifa – ish haqi miqdorini va aholi turmush darajasini izchil oshirib borishni ta’minlashdan iborat. 5. Eng muhim ustuvor masala – bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qo‘llab- quvvatlash, shu asosda aholining bandligi va farovonligini oshirish muammolarini hal etishdan iborat. 6. Ustuvor vazifa – bank-moliya tizimida olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ko‘lamini kengaytirishdan iborat. 7. Ustuvor yo‘nalish – bu kommunal xo‘jalik sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirishdir 1 . • Tadbirkorlik va iqtisodiy faoliyat erkinligini ta’minlash – • demokratik jamiyat rivojining zarur sharti Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish sharoitida kichik, xususiy biznes va tadbirkorlikni rag‘batlantirish uchun soliq imtiyozlari kengaytirilmoqda , daromad solig‘i stavkalari qisqartirilib, soliq yuki yengillashtirish yo‘liga qo‘yilmoqda. O‘zRsining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 2000 yilda qonun qabul qilinib , amaliyotga tadbiq etilishi natijasida tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini muhofaza qilish va kafolatlash kuchaymoqda. Bunday ijobiy ishlar ta’sirida kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining soni 2003 y. 1 yanvar xolatiga ko‘ra 240 mingtaga yetdi. Ular yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 35 foizdan oshdi. Xususiy sektorda iqtisodiyotda band bo‘lgan aholining qariyb 52 foizidan ortig‘i faoliyat ko‘rsatmoqda. • Foydalanilgan adabiyotlar: • Bozor infratuzilmasi nazariyasi (Amonboyev. M) • Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko’rsatish. (Sh Mirziyoyev) • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling