İzzax davlat pedagogiKA


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
Sana15.06.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1482288
Bog'liq
Ne\'matova Shohsanam



J
İZZAX DAVLAT PEDAGOGİKA 
UN
İVERSİTETİ PSIXOLOGIYA
VA PEDAGOGIKA FAKULTETI
MAXSUS PEDAGOGIKA: 
SURDOPEDAGOGIKA
YOʻNALISHI 515-22-GURUH 
TALABASI
NE'MATOVA SHOHSANAM NING
O'ZBEKİSTON RESPUBLIKASIDA BOZOR İNFRATUZİLMASINING
SHAKLLANİSHİ MAVZUSIDA
KO’RGAZMALI SLAYDLARI.


O'ZBEKİSTONDA BOZOR
İNFRATUZİLMASİ SHAKLLANİSHİ

Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o‘rnatishga va samarali 
yuritishga
xizmat qiluvchi korxona
, tashkilot va muassasalarning 
majmuasidir. Bozor infratuzilmasini bozor strukturasi bilan almashtirish 
yaramaydi. Bozor strukturasi bozorning tarkibida amal qiluvchi bo‘g‘inlar 
(iste’mol
tovarlari va xizmatlari bozori
, ishlab
chiqarish vositalari 
bozori
,
moliya bozori
,
valyuta bozori
,
mehnat bozori
,
intelektual tovar 
bozori
, shou-biznes bozori va boshqalar)ni va bozor haroratini belgilovchi 
boshqa birliklarni o‘z ichiga oladi.



Bozor infrastrukturasi
turlari va tarmoqlari
: Ishlab chiqarishga xizmat 
qiluvchi infrastruktura: transport, aloqa, ombor xo‘jaligi, yo‘l xo‘jaligi, suv va 
energetika ta’minoti va x.k.
Tovarlar
va xizmatlar muomalasiga
, ya’ni savdo-sotiq ishlariga xizmat 
qiluvchi infratuzilma: birjalar, savdo uylari, auksionlar,
tijoratchilik idoralari

reklama firmalari va agentliklar, davlatning savdo-sotiq va ularni nazorat 
qiluvchi muassasalari.
Moliya kredit munosabatlariga
xizmat qiluvchi infratuzilma
: tijorat 
banklari, o‘z-o‘zini
kreditlash idoralari
, sug‘urta kompaniyalari,
moliya 
kompaniyalari
, soliq undirish mahkamalari, har xil pul jamg‘armalari.



‘zbekiston Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi “Bozor munosabatlarini 
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor 
yo‘nalishlar amalga oshirilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
farmonining mazmun va mohiyati. O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish
va 
yangilash
, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini 
amalga oshirish uchun dastur qabul qilingan bo‘lib, mazkur farmon bevosita shunga 
bag‘ishlangan. Dasturga ko‘ra bozor islohatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni 
yanada erkinlashtirish sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda ro‘yobga 
chiqarish borasida katta ishlar qilingan. Mazkur farmonda bozor islohotlarini 
rivojlantirish va chuqurlashtirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish 
ahvoli haqidagi masala atroflicha bayon etilgan. Qonunlarning, O‘zR 
Prezidenti
Faronlari va Qarorlari
, hukumat qarorlari, idoraviy normativ hujjat 
loyihalari ro‘yxati tuzilgan bo‘lib, ular tizimli asosda iqtisodiy islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy maqsad, vazifa va 
ustuvor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi.



Shuning uchun ham bu farmonda quyidagilar belgilab berildi:

1) dan tizimli asosda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni 
erkinlashtirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari ruyobga chiqarilishini ta’minlaydigan qonun 
xujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati tuzilishi aytilgan.

2) dan, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda 
modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturini ijro etish bo‘yicha Qonun 
hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi va amalda ro‘yobga 
chiqarilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

3) dan jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va yanada isloh qilish hamda 
ma’muriy islohotni amalga oshirish sohasida qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha 
faoliyatni muvofiqlashtiruvchi komissiya tuzish belgilab berildi.

4) dan, ushbu farmonga muvofiq qabul qilinadigan qonun hujjatlari ijro etilishini nazorat qilish 
Vazirlar Maxkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitasi
va idoralar
, Qoraqalpog‘iston respublikasi 
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan nazorat ostiga olinishi 
aytib o‘tilgan.

5) dan, Adliya vazirligiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kelishib 
olish, davlat hokimiyati organlari va hukumatga kiritishda monitoring o‘tkazish topshirildi.



Prezident Islom Karimov 2007 yil 12 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari hamda 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga 
bag‘ishlangan majlisida 2007 yil uchun quyidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi:

1.
Asosiy vazifa
– iqtisodiyotning barqaror va mutanosib sur’atlarda o‘sishi hamda tarkibiy o‘zgarishlar va 
modernizatsiyalashni ta’minlash, uning muhim tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, soliq siyosatini yanada 
erkinlashtirishdan iborat.
2. Ustuvor yo‘nalish – iqtisodis islohotlarni amalga oshirishda
bundan buyon ham biznes
, jumladan, xususiy biznes uchun 
zarur bo‘lgan barcha
qulay sharoitlarni yaratishdan
, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini izchil kamaytirib borishdan iborat 
bo‘lib qolaveradi.
3. Muhim ustuvor yo‘nalish – xorijiy investisiyalarni,
birinchi galda
, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb etish borasidagi 
ishlarni har tomonlama kuchaytirish.
4.
Ustuvor vazifa
– ish haqi miqdorini va aholi turmush darajasini izchil oshirib borishni ta’minlashdan iborat.
5. Eng muhim ustuvor masala – bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash, shu asosda aholining bandligi va farovonligini oshirish muammolarini hal etishdan iborat.
6. Ustuvor vazifa – bank-moliya tizimida olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ko‘lamini kengaytirishdan 
iborat.
7. Ustuvor yo‘nalish – bu kommunal xo‘jalik sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirishdir
1
.



Tadbirkorlik va iqtisodiy faoliyat erkinligini ta’minlash –

demokratik jamiyat
rivojining zarur sharti
Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish sharoitida kichik, xususiy biznes va tadbirkorlikni 
rag‘batlantirish uchun soliq
imtiyozlari kengaytirilmoqda
, daromad solig‘i 
stavkalari qisqartirilib, soliq yuki yengillashtirish yo‘liga qo‘yilmoqda. O‘zRsining 
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 2000
yilda qonun 
qabul qilinib
, amaliyotga tadbiq etilishi natijasida tadbirkorlarning huquq va 
manfaatlarini muhofaza qilish va kafolatlash kuchaymoqda. Bunday ijobiy ishlar 
ta’sirida kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining soni 2003 y. 1 yanvar 
xolatiga ko‘ra 240 mingtaga yetdi. Ular yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 35 foizdan 
oshdi. Xususiy sektorda iqtisodiyotda band bo‘lgan aholining qariyb 52 foizidan 
ortig‘i faoliyat ko‘rsatmoqda.





Foydalanilgan adabiyotlar: 

Bozor infratuzilmasi nazariyasi (Amonboyev. M)

Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko’rsatish. (Sh Mirziyoyev)
• E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling