Oksidlar
1.6 gr Mg metali kislorod bilan ta’sirlashganda necha gramm modda hosil bo’ladi?
J: 10 gr
2. 12 gr Mg qancha hajm kislorod bilan qoldiqsiz reaksiyaga kirishadi?
J: 5.6 litr
3. Mg 11.2 litr kislorodda yondirilganda necha gramm modda hosil bo’ladi?
J: 40 gr
4. 7 gr uglerod (II) oksidi necha gramm kislorod bilan reaksiyaga kirishadi?
J: 4 gr
5. 14 gr uglerod (II) oksidi kislorodda yondirilganda qancha hajm gaz hosil bo’ladi?
J: 11.2 litr
6. Uglerod (II) oksidi 5,6 litr kislorod bilan reaksiyaga kirishganda, qancha hajm gaz hosil bo’ladi?
J: 11.2 litr
7. 28 gr kalsiy oksidi necha gramm suv bilan reaksiyaga kirisha oladi?
J: 9 gr
8. 14 gr kalsiy oksidi necha gramm suv bilan reaksiyaga kirisha oladi va qancha mahsulot hosil bo’ladi?
J: 4.5 gr H2O va 18.5 gr Ca(OH)2
9. 25 gr CaCO3 termik parchalanganda necha gramm kalsiy oksidi va qancha hajm gaz ajralib chiqadi?
J: 14 gr CaO va gr 5.6 litr CO2
10. 20 gr oltingugurt (VI) oksidi suv bilan reaksiyaga kirishganda necha gramm kislota hosil bo’ladi.
J: 24.5 gr
Do'stlaringiz bilan baham: |