J. B. Seyning iqtisodiy nazariyalari


Download 10.75 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi10.75 Kb.
#1536778
Bog'liq
J.B.Seyning iqtisodiy nazariyalari.


J.B.Seyning iqtisodiy nazariyalari.

1. J.B.Seyning iqtisodiy nazariyalari.


2. Evropadagi ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda va AQShda butun XIX asr
davomida, ya’ni klassik siyosiy iqtisodning marjinalizm bilan o’rin almashish davriga
qadar, klassik maktab g’oyalarining va kontseptsiyalarining keyingi rivojlanishida
A.Smit ta’limoti asos bo’lib keldi. Shu ma’noda Frantsiyada A.Smit g’oyalarini
ancha izchil va ijodiy davom ettirgan Jan Batist Sey (1767-1832) hisoblanadi.
J.B.Sey har xil mashg’ulot turlari bilan shug’ullandi. U savdo kontorasida nazoratchi
bo’lib ishladi, Frantsiya armiyasida xizmat qildi, nufuzli jurnal muharriri bo’ldi,
davlat muassasalarida ishladi. Ammo uning hag’tidagi asosiy ishi - iqtisodiy bilim
sohasidagi tadqiqotidir. U o’zining «Sig’siy iqtisod traktati» (1803) asarida A.Smit
kontseptsiyasini sistemalashtirishga, uni keng xalq ommasi uchun tushunarli qilib
berishga harakat qildi. J.B.Sey bu asarini qayta ishlab yangi nashrga tayg’rladi. Lekin
bu asarning ikkinchi nashri ancha cho’zildi. Uning sababi shundaki, «Traktatdagi»
iqtisodiy liberalizm to’g’risidagi g’oya, xususan, davlatning iqtisodig’tga va xo’jalik
hag’tini qayta qurishga aralashmasligi to’g’risida g’oyaning amalga oshirilishi
harbiy-sanoat boshqaruvini o’sha davrdagi Frantsiya hukumatidagi real
hukmronlikdan mahrum qilgan bo’lar edi. J.B.Sey yangi tuzumni tan olmagan holda,
Tribunatning birinchi konsulining moliyaviy loyihasini ikkinchi nashrga

tayg’rlanag’tgan «Traktatda» to’g’ri deb tasdiqlashdan bosh tortadi. Birinchi konsul


nafaqat «Traktatni» nashr etishni man etdi, balki J.B.Seyni Tribunatdan chiqarib
yubordi.
Ammo tinib tinchimas J.B.Sey o’zining xususiy ip yigirish fabrikasini ochdi va
keyinchalik, 1813 yili uni sotib, topgan puliga «Traktatni» ikkinchi nashrdan
chiqarish uchun Parijga qaytib keldi. Asar 1814 yili chop etiladi, so’ngra qisqa vaqt
ichida yana uch marta qayta nashr etildi - muvofiq ravishda 1817, 1819 va 1826
yillarda. Bu asar tez orada juda ko’p tillarga tarjima qilindi.
Frantsiyada Napoleon tuzumining emirilishi bilan vujudga kelgan o’zgarishlar
J.B.Seyning iqtisodchi-olim va jamiyat arbobi sifatidagi nomini oqladi. U ruhlanib
sig’siy iqtisod bo’yicha o’z asarlari ustida ishlashni davom ettirdi, ko’p lektsiyalar
o’qidi va ularda iqtisodiy nazariya qoidalarini sistemalashtirish va ommaviylashtirish
mahoratini namoyish etdi. J.B.Sey asarlarida iqtisodiy fan sof nazariy va tavsifiy
fanga aylandi. U iqtisodiy nazariyadan sig’satning, ideologiyaning va statistikaning
ajralib chiqishini ma’qulladi.
Download 10.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling