J. B. Seyning iqtisodiy ta’limoti “Bozor qonuni”, “Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari”
Ijtimoiy sig’satga munosabat
Download 29.11 Kb.
|
seyniig ishlari
87
Ijtimoiy sig’satga munosabat. «Nufus qonuni to’g’risida tajriba» asarining g’zilishiga U.Godvinning «Ijtimoiy adolat to’g’risida» ocherki sabab bo’lgan. Unda daromadlarning adolatsiz taqsilanishi - kambag’allikning asosiy sababidir, deb ko’rsatilgan va taqsimot mexanizmini takomillashtirish taklif etilgan. T.Maltus esa ijtimoiy sig’satning hukumat va boshqa jamiyat tashkilotlar tomonidan olib borilishiga qat’iy qarshi bo’lgan. Uning fikricha, kambag’allarga bo’lgan xayrixohlik ularning ahvolini yaxshilashga qodir emas, balki faqat vaziyatni keskinlashtiradi. Aholining quyi tabaqalariga ko’rsatiladigan moliyaviy g’rdam qisqa muddatli samara beradi va shu bilan aholining o’sishini rag’batlantiradi. Ammo bu unga muvofiq ravishda oziq- ovqat mahsulotlarining ko’payishiga olib kelmaydi. Demak, umuman olganda, jamiyat qambag’allashadi. T.Maltusning fikricha, qashshoqlikning asosiy sababi boshqaruv g’ki notekis taqsimotga bog’liq emas, balki u «tabiiy qonunlar va inson ehtiroslari», tabiatning xasisligi va odamlarning juda tez ko’payishi bilan bog’liqdir. Shu boisdan «xalq o’z azob-uqubatlari uchun, birinchi navbatda, o’zini ayiblashi kerak». Unga hech qanday inqilob va ijtimoiy islohotlar g’rdam bera olmaydi. Shuning uchun aholining o’sishini va tekinxo’rlikni rag’batlantiruvchi ijtimoiy va xususiy xayrixohlikdan voz kechish zarur. Hozirgi zamon iqtisodchilari T.Maltusning ijtimoiy sig’satning ahamiyatiga bergan bahosiga qo’shilmaydilar. Mehnatga yaroqsiz va kam ta’minlangan aholini qo’llab-quvvatlash hozirgi zamonaviy jamiyat iqtisodiy sig’satning zarur qismidir. Bundan tashqari, xayriya faoliyati ijtimoiy va sig’siy barqarorlikni ushlab turish uchun ham zarur: kambag’allarning ko’payishi bunday barqarorlikka xavf solishi mumkin. Biroq bunda faol ijtimoiy sig’satning salbiy tomonini ham hisobga olish zarur: u mehnatga va tadbirkorlik faoliyatiga bo’lgan qiziqishni susaytiradi. Download 29.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling