J. B. Seyning iqtisodiy ta’limoti “Bozor qonuni”, “Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari”


Download 29.11 Kb.
bet3/6
Sana23.12.2022
Hajmi29.11 Kb.
#1048264
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
seyniig ishlari

Qiymat va ishlab chiqarish
omillari nazariyalari. 
 
 
Klassik iqtisodiy maktab vakillari ichida J.B.Seyning qiymat nazariyasi o’ziga 
hosligi bilan ajralib turiladi. A.Smit, D.Rikardo, sotsialist-utopistlar, S.Sismondi, 
K.Marks va boshqa bir qator iqtisodchilar tovar qiymatining yagona manbai mehnat 
deb hisoblaganlar. J.B.Seyda bu muammoga ikki xil g’ndashuv mavjud: u bir joyda, 
tovar qiymati tadbirkorning kapitalga, ish haqiga va er rentasiga bo’lgan 
xarajatlaridan tashkil topadi degan bo’lsa, ikkinchi bir joyda, qiymat foydalilik bilan 
aniqlanadi deydi. J.B.Sey foydalilik bilan buyumning (tovarning) qimmati o’rtasidagi 
o’zaro bog’liqlikni aniq qilib ko’rsatib berdi. «qimmat bu foydalilik o’lchovidir», - 
deb g’zadi J.B.Sey. Bu bilan u tovar qiymati nafaqat mehnat sarflari bilan, balki 
mahsulotning foydalilik darajasi bilan ham o’lchanishi mumkinligini aytib berdi. 
Lekin bu xususda iqtisodiy ta’limotlar tarixi bo’yicha yirik mutaxassis M.Blaugning 
g’zishicha «talabning to’yinish darajasini izohlab berishda foydalilikning pasayib 
borishi tushunchasi ishlatilmagan foydalilikka asoslangan qimmat kontseptsiyasini 
bahoning shakllanish nazariyasi hisoblash noo’rin». 

J.B.Sey tovar qiymatining yaratilishida ishlab chiqarishning uch omiliga 


(mehnat, kapital, er) alohida e’tibor bergan. Uning tasdiqlashicha bu omillar tovar 
qiymatini yaratishda bir xil
ishtirok etadi, barcha mahsulotning umumiy qiymati esa uch sinf - ishchilar, 
kapitalistlar va er egalari daromadlaridan tashkil topadi. J.B.Seyning uch omil 
nazariyasiga muvofiq «mehnat» omili ishchilarning daromadi sifatida ish haqi 
yaratadi, «kapital» omili kapitalistlarning daromadi sifatida foyda yaratadi, «er»
omili er egalarining daromadi sifatida renta yaratadi. Demak, boylik yaratishda ishlab 
chiqarishning har bir omili qatnashadi. (Smitda faqat unumli mehnat boylik yaratadi 
deyiladi). J.B.Sey yuqorida ko’rsatilgan omillar (mehnat, kapital, er) ishchilar, 
kapitalistlar va er egalarining daromadlarini yaratishda mustaqillikga ega ekanligini 
qayd qilib o’tadi. 

Demak, J.B.Sey nazariyasida tadbirkorlarning cheklanmagan erkin raqobati 


sharoitida ishlab chiqarish omillarini va jamiyatdagi sinflarni ekspluatatsiya qilish 
inkor etiladi. Uningcha, ishlab chiqarishda tadbirkorlar (ular ishlab chiqarishni tashkil 
etadilar va boshqaradilar), er egalari (tovar ishlab chiqarish uchun tabiiy materiallarni 
beradilar) va ishchilar (tayg’r mahsulot yaratadilar) o’zaro ta’sirda bo’ladilar va bir-
birlarini to’ldirib boradilar. Ishlab chiqarish jarag’ni qatnashchilari bir birlariga qarshi 
turmaydilar, balki, aksincha, bir birlarini to’ldirib turadilar. 

Ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratilgan ijtimoiy mahsulot qiymati 


ushbu omil egalariga daromad sifatida taqsimlanadi, xususan, tadbirkor daromadi, 
J.B.Seyning aniqlab berishicha, bu uning qobiliyati, iste’dodi, faoliyati va boshqaruvi 
uchun to’lanadigan haq. Uning fikricha, kapitalning oshib borishi bilan «quyi 
84 

sinflarning» ahvoli yaxshilanib boradi va ularning ko’pchiligi «yuqori sinf» safini 


to’ldirib boradi. J.B.Sey kompensatsiya nazariyasiga asos soldi. Mashinalar dastlab 
ishchilarni ishlab chiqarishdan siqib chiqaradi, keyinchalik pirovard natijada esa ish
bilan bandlikni oshiradi va mahsulot ishlab chiqarishni
arzonlashtirish hisobiga ularga katta foyda keltiradi. Uning ifoda etishicha «ishlab 
chiqarishdagi texnik yangiliklardan boshqalarga nisbatan ishchilar sinfi ko’proq 
manfaatdor». Umuman, iqtisodiy ta’limotlar tarixida J.B.Seyning nomi bozor 
iqtisodig’ti sharoitida sinflar manfaati uyg’unligiga cheksiz ishongan olim sifatida 
tilga olinadi.
J.B.Seyning 
o’tmishdoshlari 
«haqiqiy» boylik yaratadigan iqtisodig’t 
tarmoqlarini (merkantilistlar tashqi savdoni, fiziokratlar qishloq xo’jaligini) ajratib 
ko’rsatib berishga harakat qilgan. Hatto A.Smit xizmat ko’rsatish sohasidagi 
mehnatni unumsiz mehnat, sanoat va savdodagi mehnatni esa kam unumli mehnat, 
qishloq xo’jaligidagi mehnatni yuqori unumli mehnat hisoblangan, negaki unga tabiat 
«g’rdam« beradi. J.B.Sey iqtisodig’tning asosiy sohalari - sanoat, qishloq xo’jaligi, 
savdo va xizmat ko’rsatish o’rtasidagi «tenglikni» ko’rsatib berdi. Uning fikriga 
ko’ra, to’rtta sohaning barchasida boylik yaratiladi, chunki sanoatda ham, qishloq 
xo’jaligida ham, savdoda ham, xizmat ko’rsatishda ham foydalilik ishlab chiqariladi.

Hozirgi zamon g’arb iqtisodchilari o’tmishdoshlaridan, birinchi navbatda 


J.B.Seydan, ishlab chiqarishning har xil, teng huquqli omillari milliy daromad 
yaratadi, degan tushunchani meros qilib olgan. Bunday g’ndashuvning ma’nosi 
shundan iboratki, har bir daromad oluvchi bir vaqtning o’zida uni yaratuvchi 
hisoblanadi, kasbi va faoliyat sohasidan qat’iy nazar.

Download 29.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling