J. jalolov, A. Fattaxov, I. Axmedov


 Agrosanoat marketingini takomillashtirishning asosiy


Download 104 Kb.
Pdf просмотр
bet10/28
Sana08.06.2018
Hajmi104 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28

5.4. Agrosanoat marketingini takomillashtirishning asosiy 
yo‘nalishlari
Agrosanoat  mahsulotlari 
bozorida  o ‘tkazilgan  marketing 
tadqiqoti  bu  bozorda hozirgi  kunda k o ‘pgina kamchilik va imkoni­
yatlar  m avjud  ekanligini  к о ‘rsatmoqda.Ulami  quyidagicha  guruh- 
lash mumkin:
-   agrosanoat  mahsulotlarining  bir  qancha  turlarini  ishlab 
chiqarish  hajmi  va samaradorligining pastligi;
-   agrosanoat  mahsulotlari  bozori  subyektlari  o ‘rtasida barqaror 
va o ‘zaro foydali  x o ‘jalik aloqalarining yuksak darajada emasligi;
-  b ozor infratuzulm asining rivojlanishi orqada qolayotganligi;

-   agrosanoat  mahsulotlari  bozorida  rakobatchilikning  pastligi 
va narxlarining yuqoriligi;
-   bozor  jarayonlarining  davlat  organlari  tomonidan  joylarda 
yetarli tarzda boshqarilmayotganligi.
Shunday  qilib,  agrosanoat  bozorida  yuzaga  kelgan  bozor  ho- 
latini  mukammal  darajada  barqaror  deb  b oim aydi.  Bu  ahvoldan 
chiqib  ketish  uchun  esa,  tashkil  etilgan  va  tartibga  solinuvchi 
agrosanoat 
mahsulotlari 
bozori 
modelining 
tarkibiy 
qismi 
hisoblanuvchi  maxsus  chora-tadbirlar  ishlab  chiqish  va  ulam i  tez- 
korlik bilan  amalga oshirish  kerak bo'ladi.
Respublika  agrosanoat  mahsulotlari  bozorining  marketingini 
mukammallashtirishda  quyidagi  k o ‘rsatkichlar  asosiy  o ‘rin  ol- 
m og‘i  lozim:
-   agrosanoat  mahsulotlariga  b o ‘lgan  talablam i  to'liq  qon­
dirishga erishish;
-   bozor  subyektlarining  barchasini  yagona  bir  iqtisodiy  ham- 
korlikka o'tkazish;
-   savdoning ilg ‘or shakl  va  usullarini  q o ‘llash  va ulami  yanada 
rivojlanishiga erishish;
-   agrosanoat  mahsulotlari  bozorida  to ‘liq  erkin  savdo  munosa- 
batlariga o ‘tish  va mamuriy tartibga to ‘liq chek q o ‘yish;
-   davlat  zaxiralariga  mahsulotlar  ajratishda  konkurs  asosida 
mahsulot yetkazuvchilami  tanlash  va h.k.
Agrosanoat mahsulotlari  bozorida qishloq  xo'jaligi  xomashyosi 
va  mahsulotlarini  sotib  olish,  saqlash,  qayta  ishlash  va  sotish  bilan 
shug‘ullanuvchi  qayta  ishlash  sanoati  korxonalari,  tayyorlov  tash- 
kilotlari  ulgurji  va  chakana  savdo  korxonalari  xaridor  sifatida 
faoliyat  yurita  oladilar.  Yirik  bozor  segmentlaridan  biri  dehqon  va 
fermer  xo ‘jaliklari  hamda  agrosanoat  mahsulotlari  savdosida  vosi- 
tachilik  qiluvchi  xususiy  tadbirkorlardir.  Agrosanoat  mahsulotlari 
bozorining  infratuzilmasiga  birjalar,  ulgurji  bozorlar,  yarmarkalar, 
moliya-kredit  muassasalari  hamda  xizmat  va  yordam  k o ‘rsatish 
tashkilotlari  va boshqalar kiradi.

Agrosanoat  mahsulotlari  bozori  tavsifini,  uni  tashkil  etish 
pozitsiyasidan  tovar-pul  munosabatlari jarayonida yuzaga keluvchi 
munosabatlami  baholash  tizimi  bilan  to ‘ldirish  maqsadga muvofiq 
hisoblanadi.  Bizningcha  bunda  bozor  subyektlari  o ‘rtasidagi  iqti­
sodiy  aloqalami  to ‘rtta  asosiy  turini  ajratib  k o ‘rsatish  mumkin. 
M ulkchilik  shakli  turli  xil  b o ‘lgan  agrosanoat  mahsulotlari  ishlab 
chiqaruvchilar  to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri  aloqalar  asosida  m ahsulot  va 
xomashyoni  qayta  ishlovchi  korxonalar  va  mahsulot  savdosida 
vositachilik  qiluvchilarga  sotadilar.  Ular  o ‘z  mohiyatiga  k o ‘ra  ul- 
gurji  savdo tizimidir.
Agrosanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqaruvchilari  o ‘z  tarkiblarida 
ulgurji  va  mayda  ulgurji  bozorlar  ta ’minot,  sotuv,  xizmat 
k o ‘rsatish  va  boshqa  korxonalami  tashkil  etishlari  kuzatilmoqda. 
Ular 
orqali 
agrosanoat 
mahsulotlarini 
sotishdan 
tashqari 
x o ‘jaliklarni 
ishlab  chiqarish 
uchun  zarur  vositalar  bilan 
ta ’minlash,  turli  xil  xizmatlar  k o ‘rsatish  amalga  oshirilishi  xarak- 
terli  holdir.  Agrosanoat  mahsulotlari  katta  hajmda  mintaqaviy  ul­
gurji  bozorlarda  sotilishi  va  ulami  katta  resurslarga  ega  bo'lgan 
mamlakatlaming  k o ‘pchiligida  ham  mavjud  bo ‘lib  ular  uchun 
tartibga  solinuvchi  bozor  modeli  xarakterlidir.  Ulami  sotishning 
muayyan  shakllari  milliy  iqtisodiyotning  tarixiy  rivojlanganlik  da­
rajasi,  milliy  urf-odatlar  va  yuzaga  kelayotgan  asosiy  ishlab 
chiqarish  tizim ining  holatini  belgilaydi.  Masalan:  hozirgi  paytda 
0 ‘zbekistonda  agrosanoat  mahsulotlarini  shaxsiy  yordamchi 
x o ‘jaliklarda  ishlab  chiqarish  sezilarli  darajada  rivoj  topmoqda. 
Endigi  vazifa  agrosanoat  mahsulotlari  bozorining  tashkiliy  tuzil- 
masiga  mos  keluvchi  boshqaruv  tizimni  tashkil  etishdir.  Har  bir 
mamlakat  hukumatlari  u  yoki  bu jihatdan  agrosanoat  bozori  bilan 
uzluksiz  shug‘ullanadilar va boshqarib  boradilar.  Masalan:  AQSH, 
Kanada  va  Yevropa  Ittifoqi  mamlakatlari  kabi  rivojlangan  mam­
lakatlam ing ilg ‘or tajribalariga asoslanar ekanmiz, iste’mol  mahsu­
lotlari  bozorini  tartibga  solish  uchun  maxsus  davlat  organlari 
tuzganliklarini  e ’tirof  etmoq  lozim.  AQSHda  bunday  organ  sifa­
tida Tovar-kredit korporatsiyasini,  Kanada va Fransiyada -  maxsus

q o ‘mitalami  tashkil  etganliklarini  k o ‘ramiz.  Ular  agrosanoatda 
davlat siyosatini yuritadilar.
Respublikamizda  maxsus  vazirliklar  tashkil  etilgan  b o ‘lib,  ular 
o ‘z  tarmoqlari  chegarasida  faoliyat  yuritmoqdalar.  0 ‘zbekiston 
agrosanoatining  rivojlanishida  tutgan  o ‘mi  va  ahamiyatini  inobatga 
olgan  holda  viloyatlar  miqyosida  agrosanoat  mahsulotlari  bozorini 
rivojlantirish  talab  etiladi.  Buning  uchun  maxsus  boshqaruv 
bo‘g ‘inlarini  tashkil  etish  zarur  deb  hisoblaymiz.  Ularning  faoliyati 
qishloq  xo jaligi  boshqaruv  apparati  funksiyalaridan  ularoq farq  qilib, 
quyidagi funksiyalami bajarmoqliklari lozim b o ‘ladi:
-   ulgurji  bozorlar  va  bozor  infratuzilmasining  tashkil  etish  va 
ularning tuman  va tumanlararo faoliyat yuritishga erishishi;
-   agrosanoat  mahsulotlarini  davlat  zaxirasiga  tanlov  asosida 
xarid qilishni  amalga oshirish;
-   garov  bilan  bog'liq  operatsiyalar  xarid  va tovar intervensiya- 
larini joriy etish;
-   agrosanoat  mahsulotlari  bozori  faoliyatini  axborot  bilan 
ta’minlashini  yaxshilash.
-   marketing tadqiqotlarini  muntazam ravishda o ‘tkazib borish;
-   agrosanoat  mahsulotlari  bozori  faoliyatini  huquqiy  va  qon- 
uniy jihatdan ta’minlashni  yaxshilash;
Agrosanoat  mahsulotlari  bozorini  tartibga  solish  bo'yicha 
viloyat  agentliklari  faoliyatining  asosiy  yo ‘nalishlari  quyidagilar- 
dan iborat bo‘lishi  lozim:
-   viloyat bozori  infratuzilmasini rivojlantirish;
-   o ‘z  ichiga  mintaqaviy  agrosanoat  mahsulotlari  bozori  haqi­
dagi  m a’lumotlar to ‘plamiga ega kompyuter tarm og‘ini yaratish;
-   ma’lumotlami to‘plash va qayta ishlashni mukammallashtirish;
-  joriy 
va 
bashorat 
qilinayotgan 
narxlar 
to ‘g ‘risidagi 
m a’lumotlami tarqatish;
-   bozor  ishtirokchilariga  marketing  va  agrobiznes  asoslarini 
o ‘rgatishni tashkil etish.
Agentliklar  faoliyati  quyidagilami  k o ‘zda  tutuvchi  kom pleks 
tadqiqotlar natijalariga asoslanganlar:

-   bozorlaming  tovar  resurslari  manbasi  sifatida  agrosanoat 
mahsulotlari  ishlab chiqarish samaradorligini  tadqiq etish;
-   agrosanoat  mahsulotlari  turlari  b o ‘yicha  bozor  sig‘imini 
aniqlash va tahlillash;
-   bozor  sigmentlarini  muntazam  va  tizimli  ravishda  o ‘rganib 
borish;
-   bozoming  raqobatbardoshligini  baholash  hamda  agrosanoat 
mahsulotlarini  sotish kanallarini tadqiq etish;
-   talab  va  taklif hamda  narx  darajasi  monitoringini  muntazam 
o ‘tkazib borish;
-   agrosanoat  mahsulotlari  bozorining  iqtisodiy  konyunktu- 
rasini tahlil etish;
-   agrosanoat  mahsulotlari  bozorining  rivojlanish  tendnsiya- 
larini  aniqlash  va  uzluksiz  bu  haqda  rahbariyatni  xabardor  etish 
haqidagi tahliliy m a’lumotlami tayyorlash.
Agrosanoat  mahsulotlarini  sotuv  kanallari  orqali  sotishga  mos 
keluvchi  infratuzilmaga ega  b o ‘lgan  rivojlangan  muomila  sohasini 
shakllantirish  har bir viloyat  qishloq  xo ‘jaligida bozoming faoliyat 
yuritishi  uchun  zarur b o ‘lgan  qonun  va  huquqiy  hujjatlami  tayyor­
lash kerak.
Respublikaning  har  bir  agrosanoat  infratuzilmasi  o ‘ziga  xos 
xususiyatlarga  ega.  Agar,  F arg‘ona  vodiysi  o ‘simlikchilik  m ahsu­
lotlari  ishlab  chiqarishning rivojlanganligi  bilan  ajralib tursa, jan u ­
biy  viloyatlada  asosan,  chorvadorlar  mahsulotlari  yetishtirish 
asosiy o ‘rin tutadi.
Bozor  infratuzilmasini  mintaqalarda  rivojlanishi  ikki  jihatidan: 
hududiy va mahsulot jihatlaridan  tadqiq qilmoq  lozim.  Hududiy ji- 
hatning  aholi  talabi  hajmi,  transport  xarajatlari  va  mahsulotlami 
qayta  ishlash  bazasi  asosiy  omillaridandir.  Mintaqada  savdo  tar- 
m o g‘ini 
mahalliy 
iste’molchilar 
uchun 
mahsulotlar 
bilan 
ta ’minlashi  m umkin  b o ‘lgan  tuman  yoki  tumanlararo  k o ‘p  tarmo- 
qli  ulgurji-chakana  savdo  bozorlari  yaratilishi  maqsadga  mu- 
vofiqdir.  Unda  firm a  d o ‘konlari,  ulgurji-chakana  savdo,  mavsumiy 
yarmarkalar  tashkil  etilishi  lozim.  Boshqa  yana  bir  variantni  taklif

etishi  mumkin:  haftalik  mahsulotlar  bozorini  shakllantirish 
maqsadga muvofiq bo'lur edi.
Viloyatlarda  kooperativ  tamoillarida  faoliyat  yurituvchi  hamda 
eng  qulay  narx  konyunkturasidan  kelib  chiqqan  holda  mahsulotni 
saqlash  va  sotish  uchun  real  imkoniyatlarga  ega  b o ‘Igan  ixti- 
soslashtirilgan  uyushma  va  kompaniyalami  yaratish  zarur.  Ular 
qishloq  x o ‘jaligi  mahsulotlarini  saqlash  va tashish  uchun  o ‘z  mod- 
diy-texnika  bazalarini,  shuningdek,  agrosanoat  mahsulotlari  ishlab 
chiqaruvchilar  manfaatlariga  xizmat  qiluvchi  savdo-xarid  tuzilma- 
lami  birlashtirishi  lozim  bo ‘ladi.  Kelajakda  agrosanoat  m ahsulot­
larini  ishlab  chiqaruvchilar  o ‘zlarining  kichik  hajmdagi  m ahsulot­
larini  sotish  uchun  savdo-ta’minot  shirkatlarini  tuzishlari  mumkin. 
Ular  birjalarda jamoaviy  sotuvchi  sifatida  harakat  qilishlari,  tayy- 
orlov tashkilotlari  bilan  shartnomalar tuzishlari  lozim.
Xulosalar
Agrosanoat  kompleksi  marketingi  qurilish,  bank,  su g ‘urta  va 
boshqa  tarmoq  marketinglaridan  farq  qilib,  o ‘z  faoliyatini  tarixiy, 
milliy,  regional  va tabiiy  sharoitlami  e ’tiborga  olib  tashkil  etm o g‘i 
lozim.  Bunda,  qishloq  xo ‘jaligi  ishlab  chiqarish  davri  va  ish 
davrining  bir-biriga  mos  kelmasligi,  mahsulotlami  o ‘ziga  xosligi, 
tez  buziluvchanligi,  mavsumiyligi,  x o ‘jalik  yuritish,  m ulkchilik 
shakllarining  turli  ekanligi,  narxlami  belgilashdagi  iste’m olchilar 
ustuvorligi  kabi  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  amalga 
oshiradi.  Bunda  agromarketing  kishilar  hayot  va  faoliyati  uchun 
birinchi  darajali,  zaruriy  tovarlar  bilan  ish  yuritadi.  M ahsulot  yet- 
ishtirishda  yer asosiy  vosita  sifatida  xizmat qiladi.  Ishlab  chiqarish 
va  iste’molchilar  o'rtasida  uzviy  va  k o ‘p  hollarda,  to ‘g ‘ridan- 
to ‘g ‘ri  iqtisodiy  aloqalar  mavjudligi  agromarketing  faoliyatini  or- 
tiqcha shtat xodimlarisiz amalga oshirish imkonini  beradi.
Agromarketing  tizimi  o ‘z  ichiga  agrosanoat  m ahsulotlari  bo­
zori,  uning  subyektlari,  qishloq  x o ‘jaligi  korxonalari,  vositachilar, 
ularning  iqtisodiy  munosabatlari,  axborot  oqimlari  va  h.k.larni

oladi.  Bunda  ulaming  joylashuvi,  narx  siyosati,  mahsulotlami  or- 
tish,  tashish,  tushirish,  saqlash  kabilar  ham  marketing  faoliyatida 
katta  o ‘rin  egallaydi.  Ular  yetarli  darajada,  to ‘liq,  chuqur 
m a’lumotlar  bilan  ta ’minlanishi,  rejalashtirilmog'i,  ortiqcha  xara- 
jatlarsiz bajarilm og‘i  lozim.
Agrosanoat  marketingini  mukammallashtirish  uchun  birinchi 
navbatda  uning  tashkiliy  jihatlariga  alohida  e ’tibor  qaratilmog'i 
lozim.  Hozirgi  kunda  agrosanoat  marketingi  bir  butun  tizim  sifa­
tida  mavjud  emas.  Uning  ayrim  tarkibiy  qismlarida,  umuman, 
m axsus  boshqaruv  organlari  tashkil  etilmagan.  Infratuzilmasi, 
ham on,  qoloq  darajada.  Tashqi  iqtisodiy  aloqalari  yaxshi  yo‘lga 
q o ‘yilmagan,  xorijiy  bozorlarga  chiqish  imkoniyati  murakkab- 
ligicha  qolmoqda.  M ahsulotlarining  sifati  jahon  standartlari  dara- 
jasiga to ‘g ‘ri kelmaydi.  Raqobatbardoshligi past, tannarxi  va ulam ­
ing bahosi  asossiz yuqori,  va h.k.
Bu  mauammolami  muvaffaqiyatli  hal  etish  uchun  respub­
likam iz  miqyosida  va  shu  jum ladan,  uning  barcha  viloyat  va  tu- 
manlarida  agrosanoat  marketingini  boshqarish,  funksiya va vazifa- 
larini  muvofiqlashtimvchi  markaziy  va  hududiy  organlami  tashkil 
etish  lozim.  Mayda  dehqon-fermer x o ‘jaliklarining yetishtirgan  ki­
chik hajmdagi  mahsulotlarini  sotish va umuman marketing masala- 
larini  hal etish uchun  savdo-xarid-ta’minot birlashmalari, shirkatlar 
tuzish  maqsadga  muvofiq  b o ‘lur  edi.  Xorijiy  rivojlangan  mam­
lakatlar  ilg ‘or  tajribasidan  foydalanib  qishloq  x o ‘jaligi  va  uning 
m arketingiga davlat ishtiroki, roli  va yordamini  oshirmoq kerak.
Tayanch  so‘zlar: 
agrosanoat  kompleksi,  qishloq  x o ‘jaligi 
korxonasi,  dehqon-fermer  x o ‘jaligi,  agromarketing,  agromarket- 
ingning  xususiyatlari,  agromarketing  tizimi,  strategik  va joriy  re­
jalashtirish,  strategiya.
Glossariy:
Agromarketing  tizimi 
— 
o ‘z  ichiga  qishloq  x o ‘jaligi 
korxonalarini, 
uning 
mahsulotlarini 
sotish 
bozorlari 
bilan

bog‘laydigan  eng  muhim  bozor  munosabatlari  va  axborot  oqim- 
larini  oluvchi majmuadir.
Agromarketingni  boshqarish 
-   bu  marketing  muhitining  ho- 
lati  va  shunga  mos  keladigan  qishloq  x o ‘jaligi  korxonasi  market­
ing faoliyati tizimi  o ‘rtasidagi  muvofiqlikni  ta’minlashdir.
Agromarketingni  boshqarishda  operativ  tizim 
-   qishloq 
xo ‘jaligi  mahsulotlarini sotish  va  ulardan  foydalanishni  yaxshilash 
imkoniyatlarini  izlab  topish,  progressiv  shakl  va  turlarini  aniqlash 
kabi  vazifalar  bilan  shug‘ullanuvchi  o ‘zaro  bog‘liq  subyektlar ma- 
jmuyi.
Agromarketingni  boshqarishda  funksional  tizim 
-   rejalar 
tuzish,  hisob-kitoblar yuritish,  tegishli  yo‘l-yo‘riqlar ishlab  chiqish 
va  ulami  amalga  oshirish  bilan  shug‘ullanuvchi  o ‘zaro  bo g ‘liq 
subyektlar majmuyi.
Baho 
-  
1) 
qiymatning  puldagi  ifodasi  b o ‘lib,  iste’molchi  to­
monidan  tovar  va  xizmatlar  uchun  to ‘lanishi  lozim  miqdor.  2) 
marketing  kompleksi,  marketing-miksning  samarali 
vositasi 
(quroli).
Joriy  rejalashtirish 
-  bu  strategik  maqsadlarga mos  keladigan 
va  ularga  erishilishiga  ko ‘maklashadigan  qisqa  muddatli  maqsad- 
lar  tizimi,  shuningdek,  qishloq  x o ‘jaligi  korxonasi  faoliyatining 
taktikasini  ishlab chiqish jarayonidan  iborat.
FOSSTIS 
-   ruscha 
формирование  спроса  и  стимулиро­
вание  сбыта 
(talabni  shakllantirish  va  sotishni  ra g ‘batlantirish) 
so‘zlarining  bosh  harflaridan  tuzilgan  b o ‘lib,  zam onaviy  m arket­
ingning  ishlab  chiqarish,  sotish  sohalarida  talabni  shakllantirish  va 
sotishni  rag ‘batlantirishdir.  U  marketing  vositalarining  eng  faol 
qismini tashkil etadi.
Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Agrosanoat marketingning asosiy xususiyatlarini aytib bering.
2. Agrosanoat  marketingning  qanday  umumiy  va  konkret  funk- 
siyalarini  bilasiz?

3. Agrosanoat marketingning asosiy maqsadi  nimadan iborat?
4. Agrosanoat  marketing  makromuhiti  va  mikromuhitini  qaysi 
omillar tashkil  qiladi?
5. «Agrosanoat  marketingni  boshqarish»  termini  ostida  qaysi 
harakatlar tushuniladi?
6. M arketing  axborot  tizimi  qaynday  funksional  kichik  tizim- 
larga b o ‘linadi?
7. Strategik  va  joriy  rejalashtirishda  qaysi  maqsadlarga  er- 
ishiladi?
8.Nim a  sababdan  agromarketing  qishloq  x o ‘jaligi  korxonalari 
uchun  xavflar  va  imkoniyatlami  majburiy  ravishda  tahlil  qilishni 
nazarda tutadi?
9 .Axborot  tadqiqotlari  jarayonida  qishloq  x o ‘jaligi  korxona- 
sining kelgusi  holat uchun  strategik muqobillik qanday aniqlanadi?
10.  Qishloq  x o ‘jaligi  korxonasida  boshqaruv  apparati  mutax- 
assislari  bilan  birga  ishlab  chiqarish  sohasi  xodimlarining  ham 
marketing funksiyalarini bajarishi nimalarda namoyoii b o ‘ladi?
Adabiyotlar
1. Агафонов  С.И.  Маркетинг  агропромышленных  товаров.  -М .: 
Колос,  2004 г.
2. Mahkamov  S.A.  0 ‘zbekistonda  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini 
sotish va qayta ishlash muammolari. -Т.: Fan, 2004 y.
3. Шив  Д.  Чарльз.  Курс  MBA  по маркетингу /Чарльз  Д Шив, Алек­
сандр Уотсон Хайэм /Пер. с анг. -М.: Альпина Паблишер, 2003 г. -717 с.
4. Голубков  Е.П.  Основы  маркетинга.  Учебник,  2-е  изд.  перераб. 
и доп. -М .:  Финпресс, 2003  г. -688  с.
5. Roger  A.  Dickinson.  Retail  Management:  Channels  Approach. 
Belmont,  Calif.:  Wadsworth,  2004.  p.  9.
6. http://www.cnews.ru
7.  http://www.riskwire.eiu.com

6-bob.
  K APITA L QURILISh O B Y E K TL A R I 
M A R K ETIN G I
6.1. Kapital qurilish obyektlari marketingining xususiyatlari
Kapital  qurilish  obyektlari  (KQO)  marketingi  o ‘ziga  xos 
xusuiyatlarga  ega  b o ‘lib,  u  iste’mol  tovarlari  va  ishlab  chiqarish 
vositalari  marketingidan  farq  qiladi.  Shuning  uchun  ham  investit­
siyalar  predmeti  sifatida  KQOni  sotish,  marketing  tadqiqotlarini 
tashkil  qilish  usullari,  qaror qabul  qilish  mezonlari  tovar  yoki  tay- 
yor  mahsulot  va  xizmatlami  sotishning  umum  m a’lum  usullariga 
qaraganda o ‘ziga xos  xususiyatlarga ega.
Marketing  tadqiqotlarini  o ‘tkazishning  um umiy  tuzilishi  quyi- 
dagi  ketma-ketlikda  k o ‘rib  chiqiladi:  tegishli  tarmoqda  KQOga 
b o ‘lgan  talabni  tahlil  etish;  kompaniyaning  KQOni  sotish  b o ‘yicha 
faoliyati  natijalarini  tahlil  qilish;  KQO  bozoridagi  raqobat  va raqo- 
batbardoshlik  omillarini  tahlil  qilish.  KQOga  b o ‘lgan  talab  maz- 
munan  sotish  bozorlarini  tahlil  qilish,  ushbu  obyektlarga  b o ‘lgan 
talab  dinamikasi  va  tuzilishi  va  istiqbolli  talab  mezonlari  b o ‘yicha 
bozor segmentatsiyasini  o ‘z  ichiga oladi.
Sotish  obyektlarini,  masalan,  transport  infratuzilmasining 
obyektlarini  tahlil  qilish  turli  mamlakatlar  (mintaqalar)dagi  u  yoki 
bu  transport  turini  tanlab  olishga,  dastlabki  talabning  bir  transport 
turidan boshqasiga o'tishini  aniqlashga imkon  beradi.
KQOga  b o ‘lgan  talabni  tahlil  qilish  o ‘z  navbatida  quyidagi 
bosqichlarga  bo'linadi:  o'xshash  korxonalam ing  tayyor  mahsu- 
lotini  sotish  bozorlarini  tahlil  qilish,  bevosita KQOga b o ‘lgan talab 
dinamikasi  va tuzilishini  tahlil  qilish,  KQOga b o ‘lgan  istiqbolli  ta­
lab mezonlari b o ‘yicha jahon bozori  segmentatsiyasi.
KQOga  bo ‘lgan  talabni  tahlil  qilish  yakuniy  m ahsulotga 
b o ‘lgan  qondirilmagan  talabning  mavjudligini  va  shu  talabni  qon­
dirish uchun  KQOni joylashtirish joyini  aniqlashi  zarur.
Talab  dinamikasini  tahlil  qilish  uchun  mahsulotni  ushbu  turini 
sotish  bozorining umumiy  segmentatsiyasini  bajarish  zarur b o ‘ladi.

Segmentatsiyaga  asos  qilib  iste’molchilaming  turlari  va  m ahsu­
lotni  iste’mol  qilish  usullari  olinadi.  Talabni  tahlil  qilish  davomida 
mahsulotni sotishning istiqbolli bozorlari  aniqlanadi.
KQOni  sotish  bozorlarini  marketing  nuqtayi  nazaridan  tadqiq 
qilish  yig'indilar  -   k o ‘rsatkichlar  va  asosiy  bosqichlar  b o ‘yicha 
amalga  oshiriladi.  Birinchi  bosqichda ishlab  chiqarishning  mavjud 
tarkibi,  uning  eng  maqbul  joylashtirish  prinsiplariga  mosligi 
aniqlanadi.  Bunda  ishlab  chiqarishning xomashyo,  energiya,  ishchi 
kuchiga  yaqinlik,  infratarkib  mavjudligi  kabi  bir  qator  asosiy 
samaradorlik mezonlari  aniqlab olinadi.
Ishlab  chiqarish  tarkibini  tadqiq  qilish  natijalaridan  ikkinchi 
bosqichda  foydalaniladi:  mahsulotga  b o ‘lgan  joriy  talab  qanchalik 
qondirilganligi  va  uni  qoplash  manbalari  qandayligini  aniqlashda 
foydalaniladi.
Uchinchi  bosqichda  mamlakatda  ishlab  chiqarishni  kengayti- 
rishning  potensial  imkoniyatlari  va  kelgusida  talabning  o ‘sishini 
qoplash uchun importning k o ‘payishi  ehtimoli  tadqiq etiladi.
Tahlilning  so ‘nggi  bosqichida  tovarlaming  yuqoriroq  raqobat­
bardoshligini  ta ’minlash  evaziga - ishlab  chiqarishni  q o ‘shimcha 
jadallashtirish  imkoniyatlari  aniqlanadi.  Bunda  ishlab  chiqarilay- 
otgan  mahsulotning  texnik  darajasini,  boshqa  mahsulot  tayyor- 
lovchilar tomonidan raqobat darajasini  aniqlab olish muhimdir.
KQOni  muvaffaqiyatli  sotishni  ta ’minlash  uchun  ishlab  chiqar­
ishni  tashkil  qilish  uchun  yetarli  resurslar  bo'lishi  zarur.  Birinchi 
navbatda  q o ‘shimcha  xomashyo  va  energiya  zaxiralarining  man- 
balarini  monopollashganlik  darajasi,  buyurtmachilaming  ushbu 
manbalarga  yetishishdan  manfaatdorligi,  ortiqcha  ishchi  kuchi  va 
infratarkibning mavjudligi  hisobga olinadi.
Yakuniy  mahsulotni  sotish  bozorlarini  tahlil  qilish  natijalari 
b o ‘yicha  m amlakat  va  xorijda  KQOni  sotishning  potensial  bozor­
lari  aniqlanadi.
KQOga  b o ‘lgan  talab  va  yakuniy  mahsulotni  sotish  bozorlarini 
tahlil  qilish  sotishning  istiqbolli  bozorlarini  tasniflash  (klassifi-

katsiya  qilish)ga  olib  keladi.  Bu  KQOga  b o ‘lgan  talabni  bevosita 
tahlil qilish  uchun asos b o ‘lib xizmat qiladi.
Investitsiya  obyektlariga  bo ‘lgan  talab  tuzilishini  tahlil  qilish 
quyidagi  yo‘nalishlar bo'yicha o'tkaziladi:  texnik va ishlab  chiqar­
ish;  iqtisodiy;  valuta-moliyaviy;  obyektni  qurish  imkoniyatlari  va 
uning ko'rsatkichlari;  KQOni  sotish  shakli.
Tahlil  tuzilgan  shartnomalar  m a’lumotlari,  sotuvga  buyurtma- 
lar,  amaldagi  korxonalar  ko'rsatkichlari  va  qurilish  bosqichida 
bo'lgan  obyektlar  ko'rsatkichlari  asosida  amalga  oshiriladi.  B un­
dan  asosiy  maqsad  -   bo'lg'usi  buyurtm achiga  m a’qul  keladigan 
narsalaming real  tizimini  aniqlab olishdan  iborat.  Bu o ‘z navbatida 
pudratchi  tijorat  va  ishlab  chiqarish  strategiyasini  tanlab  olishini 
keltirib chiqaradi.


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling