J. jalolov, A. Fattaxov, I. Axmedov


Download 104 Kb.
Pdf просмотр
bet14/28
Sana08.06.2018
Hajmi104 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28

Xulosalar
Notijorat  faoliyat  kishilaming  daromad  olishi  bilan  bog‘liq 
b o ‘lmay,  notijorat  maqsadlarga  yo‘naltirilgan  biznes  turidir.  Bu 
faoliyat  ilm-fan,  siyosat,  sog‘liqni  saqlash,  san’at,  ta’lim,  tarbiya, 
sport,  din,  xayriya,  mudofaa  kabilami  o ‘z  ichiga  oladi.  U  har qan­
day  jam iyat  va  mamlakat  uchun  xosdir.  Notijorat  biznes  o ‘z 
navbatida  notijorat  biznes  marketingi  b o ‘lishligini  taqozo  etadi. 
Notijorat  marketingning  shakllanishi  va  rivojlanishiga,  asosan, 
quyidagilar sabab b o ‘lar ekan:
-  notijorat faoliyatga obyektiv zarurat;
-   iqtisodiy  erkin  va  mustaqil  notijorat  faoliyat  yurituvchilam- 
ing mavjudligi;
-   bu  faoliyat  natijasi  va  erkin  notijorat  aralashuvning  mavjud­
ligi;
-   notijorat  faoliyatda  raqobatga  sharoit  yetarli  ekanligi  va 
raqobat;
-   yuqori  unumli  notijorat  faoliyatni  yuritishning  foydali 
ekanligi  va uni rag‘batlantiruvchi omillar.
Notijorat  mahsulot  (naf)-  notijorat  subyekt  faoliyatining  natijasi 
b o ‘lib,  notijorat  almashuvni  taqozo  etadi.  Iste’molchi  ko‘rilgan  naf 
uchun  pul  emas  balki  o ‘zining  javob  ta’sirini  va  toiovini  notijorat 
vositalari (vaqt, hissiyot, harakat va h.k.) bilan hisob-kitob qiladi.
Notijorat  mahsulotga  konstitutsiya,  saylovda  nomzodning  say­
lovoldi  dasturi,  ta ’lim  dasturi  va h.k.  kiradi.  Demak,  notijorat mar­
keting  m a’lum  tashkilotlar  va  ularning  kasbiy  faolligiga  nisbatan 
maqsadli  auditoriyalaming  nuqtayi  nazarlarini  yaratish,  qo ‘llab- 
quvvatlash yoki  o ‘zgartirish uchun yuritiladigan faoliyatdir.
Notijorat  marketing  faoliyati  strategiyasi  deganda,  oldida  turgan 
marketing  maqsadlariga  erishishning  asosiy  yo'llarini  aniqlovchi 
mantiqiy tuzilma tushuniladi. Ularga quyidagilam kiradi:
-   bozorda m a’lum holatni  egallash strategiyasi;
-   notijorat  mahsulotning  bozordagi  hayotiylik  davr bosqichlari 
strategiyasi;

-   notijorat mahsulot narxini  shakllantirish  strategiyasi;
-   pozitsiyalashtirish, taqsimlash  strategiyalari;
-   yangi tovar yaratish strategiyasi;
-   marketing budjetini  ishlab chiqish strategiyasi;
Notijorat  marketing  taktikasi  deganda  shaxsiy  xarakterga  ega 
aniq  masalalar  va  ulami  hal  qilishdagi  aniq  harakat,  yo ‘l-yo‘riq, 
usullar natijalar yig'indisi  tushuniladi.
Siyosiy  marketing  -   ijtimoiy  muhitda  g ‘oyalar,  m anfaatlar  va 
fikrlami  ilgari  surish  demakdir.  Siyosiy  marketing  faqat  k o ‘p 
fikrlilik  jamiyati  sharoitida  b a’zi  guruhlar  manfaatini  k o ‘zlangan 
siyosiy  partiyalar  faoliyatinigina  emas,  balki  ayrim  vaziyatlarda 
paydo b o ‘ladigan jamiyatchilik harakatlariga ham taalluqlidir.
Shaxsiy  va  o ‘z-o‘zining  marketingi  konsepsiyasi  deganda  in- 
sonning  energiya  va  tashabbusini,  bilim,  mahorat,  shaxsiy  tad- 
birkorlik  va  faol  hayot  pozitsiyasini  eng  yuqori  darajada  safarbar 
etgan  holda  raqobat  sharoitida  o ‘z  shaxsini  namoyon  qilishga 
tizimli  yondashuv tushuniladi.
Tayanch  so‘zIar: 
notijorat  faoliyat,  notijorat  mahsulot,  notijo­
rat marketing, jamoatchilik fikrini  tashkil  qilish, badallar,  manfaat- 
lami  himoya  qilish,  siyosiy  marketing,  shaxsiy  marketing,  o ‘z- 
o'zining marketingi,  intervyu.
Glossariy:
Notijorat marketingi 
-  m a’lum  tashkilotlar va ulam ing kasbiy 
faolligiga  nisbatan  maqsadli  auditoriyalaming  nuqtayi  nazarlarini 
yaratish,  q o ‘llab-quvvatlash  yoki  o ‘zgartirish  uchun  yuritiladigan 
faoliyatdir.
Jamoatchilik fikrini  tashkil  qilish 
-   bu  marketingni  boshqar­
ish  b o ‘lib,  u  tovarlar  yoki  xizm atlar  sohasidan  ijtim oiy  foydali 
faoliyat  darajasiga  ko ‘chifilgandirv  Bunday  m arketing  o ‘tkazish 
uchun  tashkilotlar  va  muassasalarga  maqsadli  auditoriyaning  ehti- 
yojlari  va talablarini,  didi  va nimani  m a’qul  ko ‘rishini,  uning ruhiy 
holatini  bilish talab qilinadi.
*

Iste’molchining  erkinligi 
-   iste’mol  huquqining  erkinligi  va 
mustaqilligi,  tob’e  emasligi,  huquqning  muhim  va  mustaqil 
yo‘nalishi  b o ‘lib,  tovar  (xizmat)lar  bozorida  iste’molchining  man- 
faatlarini  himoya  qilishga  qaratilgan  huquq  va  m e’yorlar  majmuy- 
idir.
Konsyumerizm 
-   iste’molchilar  huquqi  va  manfaatlarini  hi­
moya  qilish  b o ‘yicha  tashkil  qilingan  harakat,  iste’molchilar xavf- 
sizligi,  ulam ing  iqtisodiy  manfaatlarini  muhofaza  qilish,  sifatsiz 
tovar ishlab  chiqarish  va  g'irrom  raqobatchilikka qarshi  kurash  bi­
lan bo g ‘liq faoliyat yo‘nalish.
Korporativ  reklama 
-   muayyan  bir  tovar  markasigagina 
emas, balki  to ‘liq tovarlar assortimentiga ehtiyojni shakllantiruvchi 
reklama turi.
Pablik releyshnz 
-  jam oatchilik va korxona (firma)ning o ‘zaro 
manfaatlariga  xizmat  qiluvchi  sa’y-harakatlar  dasturini  amalga 
oshirish  borasida  korxona  rahbariyatiga  takliflar  berish,  tahlil  qil­
ish  va bashoratlash borasidagi  faoliyat (haqidagi  fan).
Shaxsiy  marketing  konsepsiyasi 
va  unga  yaqin  b o ‘lgan  o ‘z- 
o ‘zining marketingi  bu -  insonning energiya va tashabbusni,  tabiat 
in ’om  etgan  n e’matlami,  egallagan  bilimlar  va  mahorat,  shaxsiy 
tadbirkorlik  va  faol  hayot  pozitsiyasini  eng  yuqori  darajada  safar­
bar  etgan  holda  raqobat  sharoitlarida  o ‘z  shaxsini  namoyon  qil­
ishga tizimli  yondashuvidir.
Takrorlash va muhokama uchun savollar
1.  Qanday tashkilotlar notijorat marketingini q o ‘llaydilar?
2. Notijorat marketingining maqsadi va vazifalarini sanab bering.
3.  M oliyaviy  q o ‘llab-quvvatlashsiz  notijorat  marketing  bilan 
shu g ‘ullanish mumkinmi?
4.  Notijorat  marketingidagi  almashuvning  xususiyatlari  nima- 
dan  iborat?
5.  Notijorat  marketingining jamiyat  uchun  foydali  oqibatlarini 
ifodalab berishga harakat qiling.

6.  K o‘plab  iqtisodchi-marketologlaming  marketing  tamoyil- 
larini  inson  faoliyatining  notijorat  sohalarida  q o ‘llash  haqidagi 
fikri qanday?
7.  Notijorat  marketingida  moliyaviy  yordam  olish  qanday 
amalga oshiriladi?
8.  Jamoatchilik fikrini tashkil qilish nima?
9. 
Notijorat 
marketingida 
almashuv 
jarayoni 
qanday 
k o ‘rinishga ega?
10.  Notijorat marketingining 0 ‘zbekistonda rivojlanish holati.
Adabiyotlar
1. Антонов С.П. Политмаркетинг. -М.:  Экономика, 2003  г.
2. Егорова А.А.. Некоммерческий маркетинг. -М.:  Эпоха, 2004 г.
3. Андреев  С.Н.  Основы  некоммерческого  маркетинга.  -М.: 
Прогресс Традиция, 2000 г.
4. Ядин  Д.  Маркетинговые  коммуникации:  Современная  креа­
тивная  реклама  /Даниэль  Ядин.  Пер.  с  анг.  М.Веселковой.  -М.: 
ФАИР-ПРЕСС, 2003  г. -488 с.
5. Стоун  М.,  Вудкок  Н.,  Мэчтингер  J1.  Маркетинг,  ориентиро­
ванный  на  потребителя /М.  Стоун  и др. -Пер.  с  анг.  М.Веселковой. 
-М.:  ФАИР-ПРЕСС, 2003  г. -336 с.
6. Carlton  P.  McNamara.  The  Present  Status  of the  Marketing  Con­
cept.// Journal of Marketing, January 2000, p.  50-57.
7. William  J.  Stanton.  Fundamentals  of  Marketing.  5-th  ed.  -N.Y.: 
McGraw-Hill, 2003. p.  7.
8. Glen L.  Urban  and John R.  Hauser. Design and Marketing of New 
Products. Englewood Cliffs, -N. Y.:  Prentice-Hall, 2002. p.  187-221.
9. http://www.eurasianews.com
10.  http://www.usinfo.state.gov.com
11.  http://www.dis.ru

9-bob.
  BA N K  FA O LIY A TI M A R K ETIN G I
9.1. Bank marketingining iqtisodiyotdagi ahamiyati
Bank  marketingining  maqsadi  -   kapital  bozori  talablariga 
moslashish  uchun  zarur  sharoitlar  yaratish,  bozomi  o ‘rganish, 
raqobatbardoshlikni  va  foydalilikni  oshirish  b o ‘yicha  tadbirlar 
tizimini ishlab chiqishdan iborat.
Bank  marketingining  asosiy  vazifalari  quyidagilardan  iborat: 
banklar  uchun  alohida  qiziqish  uyg‘otadigan  kapital  bozoridagi 
talablami  va  uning  alohida  segmentlarini  o ‘rganish;  foizlar  siyo- 
satini  tahlil  qilish;  reklama;  bank passivlari  va aktivlarini  kengayti- 
rish;  bank  faoliyatini  rejalashtirish  tizimini  ishlab  chiqish;  xodim- 
lami  boshqarish;  mijozlarga  xizmat  qilishni  tashkil  etish.  Bank 
kapital  bozorini  tahlil  qilib,  hududdagi  obyektlaming  ijtimoiy- 
ruhiy 
xususiyatlarini 
hisobga 
olish 
asosida 
m ablag‘lar 
(q o ‘yilmalar,  depozitlar)  jalb  qilish  hamda  kreditlar  va  ssudalar 
berish  b o ‘yicha  dastur  tuzadi.  Shu  m a’noda  bank  raqobat  kurashi 
strategiyasining  umumiy  prinsiplarini  va  bank  xizmatlari  bozorini 
egallashning  aniq  usullarini  belgilab  olishi  zarur.  Bankning  barcha 
b o ‘linmalari  ana shu strategiyaga asoslanib faoliyat yuritishi  zarur.
Marketingni  keng  qo‘llash  va  kapital  bozorini  tahlil  qilish,  shun­
ingdek,  tegishli  strategiyani  ishlab  chiqishga  misol  tariqasida  XX- 
asming  60-yillarda  «Benk  of  Amerika»  bankining  siyosatini  keltirib 
o ‘tish mumkin.  Uning bozordagi  strategiyasi  shundan  iborat ediki, bu 
bank  o ‘z  diqqatini  boshqa  Amerika  tijorat  banklari  rad  etgan  mayda 
jam g‘armalami  qabul  qilish  va  mayda  mablag1  qo‘yuvchilami  jalb 
qilishga jamladi.  Natijada,  «Benk  of Amerika» moliyaviy quvvati jia- 
hitidan  o ‘sha  vaqtda  umumiy  soni  14  mingtagacha  yetgan  AQSH ti­
jorat  banklari  o ‘rtasida  yetakchi  o ‘ringa  chiqib  oldi.  Bunday  misol 
shuni  ko‘rsatadiki,  banklar  jam g‘armalami  ko‘paytirishning  har  bir 
imkoniyatini  hisobga  olishlari  kerak,  chunki  bu  o ‘z  navbatida  ulam­
ing kredit potensialini kengaytiradi.
Bank  marketingining boshqa muhim sohasi  qarz oluvchilaming 
kredit qobiliyatini  tahlil qilish hisoblanadi.  Bunga kreditlami  shart-

laydigan  omillami  o ‘rganish  kiradi.  Shuning  uchun  ham  bank 
uchun  qarz  oluvchining  kreditni  kredit  shartnomasidagi  shartlarga 
mos  ravishda  qaytarish  imkoniyati  va  shunga  tayyorligini 
o ‘rganish  juda  muhimdir.  Bank  o ‘z  zimmasiga  oladigan  tavakkal 
darajasini  bilishi,  shuningdek,  o ‘zi  bera oladigan  kredit hajmini  hi­
sobga  olishi  shart.  Mijozning  kredit  qobiliyatini  tahlil  qilish  bilan 
bankning  kredit  boMimi  sho‘g ‘ullanadi.  U  mijozlar  to ‘g ‘risidagi 
axborotlami  to ‘plash,  qayta ishlash  va tahlil  qilish,  umumlashtirish 
va kelgusi  faoliyatini  saqlash bilan  shug‘ullanadi.
Kredit  qobiliyatini  o ‘rganish  chegaralari  ssuda  hajmi  va  mud- 
datlari,  kredit  berilayotgan  kompaniya  yoki  korxonaning  o ‘tgan 
davr  mobaynidagi  faoliyati  natijalari,  shuningdek,  bankning  qarz 
oluvchi  bilan  o ‘zaro munosabatlariga b o g ‘liq.
G ‘arb  modeliga  ko‘ra  mijozning  kredit  qobiliyati  bank  va 
kompaniya  o ‘rtasidagi  o ‘zaro  munosabatlaming juda  muhim jihati 
hisoblanadi,  ayniqsa,  bu  personal  (shaxsiy)  uniyalar  y o ‘li  orqali 
banklar  va  korporatsiyalami  birlashtirish,  ishtirokchilik  tizimi  va 
uzoq  muddatli  moliyaviy  aloqalarga  asoslangan  bo'lsa.  Presonal 
uniya bank xodimlarining  kompaniya boshqaruvida b o ‘lishini  yoki 
aksincha  kompaniya  xodimlarining  bank  boshqaruvida  b o ‘lishini 
nazarda tutadi.  Ishtirokchilik tizimi  qimmatli  q o g ‘ozlar,  asosan  ak- 
siyalarga  birgalikda  egalik  qilishni  nazarda  tutadi.  Uzoq  muddatli 
aloqalar kompnaiya yoki  korxona tomonidan  bankdan  15  va undan 
ko‘p  yillarga  kredit  olishni  anglatadi.  Aloqalam ing  bu  turi  kredit 
qobiliyatini  barqarorlashtiradi.
Bank marketingi
 deganda,  shuningdek,  pul ja g ‘armalarini  va mab- 
lag‘larini  akkumulatsiya qilish  yo‘nalishi  bo ‘yicha,  ham  kreditlar ber­
ish  yo‘nalishi  bo‘yicha  aniq  bank  faoliyatiga  bozordagi  m a’lum  ta- 
labni  tushunish  kerak.  Ma’Iumki,  banklar  o ‘z  faoliyatini  asosan  jalb 
qilingan  mablag‘larga (depozitlar va q o ‘yilmalar)  asoslantiradi.  Shun­
ing  uchun  bank  marketingini  ishlab  chiqishda  iloji  boricha  k o ‘proq 
pul  mablag‘larini jalb  qilish  muhim jihat  hisoblanadi.  Bunda  banklar 
funksional  jihatdan  tijorat,  jam g‘arma,  ipoteka,  investitsiya,  ixti- 
soslashgan banklarga bo'linishini hisobga olish lozim.

Bankdagi  jam g'arm alar  b o ‘yicha  foiz  stavkalari  darajasi,  turli 
qimmatli  qog'ozlar  b o ‘yicha  (aksiyalar  bo'yicha  dividendlar  va 
xususiy  va  davlat  obligatsiyalari  bo ‘yicha  foizlar)  olinadigan, 
shuningdek  sug‘urta  polislari  b o ‘yicha  to ‘lovlar  hajmi  o ‘rtasidagi 
nisbat  kata  ahamiyatga  ega.  Pullami  jam g‘arishning  turli  shakllari 
o ‘rtasidagi  bu  nisbat  pulni  qayoqqa qo ‘yish  maqsadga muvofiqroq 
ekanligini  ko ‘rsatadi:  ja m g ‘arma  shaklida  bankkami,  qimmatli 
q og‘ozlargami  yoki  sug‘urta polisigami?
Bank  marketingining  ikkinchi  qismi  bir  qator  omillarga 
b og‘liq.  Avvalambor  bu  kapital  bozorida  turli  iqtisodiyot  sohalari 
tomonidan  b o ‘lgan  talabdir.  Qoida  tariqasida  tijorat  banklari  qisqa 
muddatli  va  o ‘rta  muddatli  qarz  berishga  ixtisoslashadi.  Shuning 
uchun  ham  ular  uchun  sanoat,  transport  va  savdo  korxonalarining 
kreditga  bo ‘lgan  talabini  baholash  muhimdir,  chunki  bu  sohalar 
iqtisodiyotning umumiy holatini k o ‘rsatib turadi.
Banklar  o ‘z  m ablag1  ja m g ‘armalarini  aksiyalar,  xususiy  va 
davlat  obligatsiyalariga  qo'yib,  qimmatli  qog‘ozlar  bozorida 
q izg‘in  faoliyat  k o ‘rsatadilar.  Qimmatli  qog‘ozlar  bozorini,  u  yoki 
bu qimmatli  qog'ozga m ablag1 q o ‘yish foydaliligini baholash aktiv 
operatsiyalari  yo ‘nalishi  b o ‘yicha  bank  marketingining  muhim 
qismi  hisoblanadi.  Bunda  shuni  nazarda  tutish  kerakki,  1929- 
1933-yilgi  krizisdan  keyin  g ‘arb  mamlakatlarining  k o ‘pchiligida 
qimmatli  qog‘ozlar  bozorida  banklaming  deyarli  barchasining 
faoliyati  cheklangan.  Ularga  asosan  markaziy  va  mahalliy  huku- 
mat  tomonidan  chiqarilayotgan  davlat  qimmatli  qog'ozlariga 
q o ‘yilmalar  q o ‘yishga  ruxsat  beriladi.  Shu  bilan  birga  xususiy  ak­
siyalar  va  obligatsiyalarga  m ablag1  q o ‘yish  yo  man  qilingan  (ma­
salan,  AQSH,  Kanada,  Angliyada)  yoki  cheklangan  (g‘arbiy  Yev- 
ropa mamlakatlari,  Yaponiyada) bo'lishi  mumkin.
M a’lumki,  0 ‘zbekistonda  tijorat  banklari  1991-1998-yillarda 
yaratila  boshlandi.  Yangi  bank  tizimining  muhim  xususiyati  shun- 
dan  iborakti,  u  asosan  tijorat  banklarilaridan  iborat.  Bunda  ulam- 
ing  asosiy  qismini  ustav  kapitali  100  mln.  so ‘mdan  kam  bo ‘lgan 
m ayda  banklar  tashkil  qiladi.  Bank  marketingi  endigini  real  faoli-

yat  boshlanmoqda,  chunki  bozor  elementi  sifatida  tijorat  banklari 
iiali  bank  marketingi  yaratilishgachayoq  faoliyat  k o ‘rsata  bosh- 
lagan  edi.  Shu  davrda  iqtisodiyotda  tegishli  qonuniy  asosga  ega 
b o ‘lgan  ba’zi  bozor  elementlari  paydo  bo ‘la  boshlagandi.  Jadal 
ravishda  tijorat  banklarining  o'zini  tuzib,  boshqa  kredit-m oliya  in- 
stitutlarini  yaratish,  korxonalami  aksiyadorlikka  aylantirish  va 
xusuiylashtirish, 
narxlami 
erkinlashtirish, 
korxonalam ing 
mustaqilligini  kuchaytirish kabilar shular jumlasidandir.
Banklar  hozircha  jahon 
amaliyotida  umume’tirof  etilgan 
korxonaning  iqtisodiy  faoliyatini  baholash  bilan  bog‘liq  marketing 
usullaridan  yetarli  darajada  foydalanilmayaptilar.  Agar  banklar 
ko'rsatilgan  marketing  usullarini  hisobga  olsalar  va  sanoat  hamda 
milliy  iqtisodiyotning  boshqa  sohalariga  kreditlar  qo'yish  bilan 
shug‘ullansalar  maqsadga  muvofiq  bo ‘ladi.  Bu  tug‘ridan-to‘g ‘ri  bank 
krediti  berish  orqali  ham,  qimmatli  qog'ozlar  bozori  orqali  ham 
amalga oshirilishi  mumkin.  Qimmatli  qog‘ozlar bozori  keng xususiy- 
lashtirish  mavjud  bo‘lgandagina  mumkin  bo‘ladi.  Bundan  tashqari 
real  bank marketingining  shakllanishi  inflatsiya darajasini  pasaytiradi. 
Aholi  turli  ijtimoiy qatlamlarining  daromadlarini  baholash,  mijozning 
kredit  qobiliyatini  hisobga  olish,  uning  butun  iqtisodiy  faoliyatining 
ko'rsatkichlarini  tahlil  qilish  (agar  u  korxona  bo isa)  zarur.  Shuning 
uchun  bank  marketingining  asosiy  vazifalaridan  bin  xorijiy  bank 
marketingi  tajribasini  o ‘rganish  va  0 ‘zbekistonning  o ‘ziga  xos  shar- 
oitlarini hisobga olgan holda bu tajribani joriy qilishdir.
9.2. Bank marketingining shakllanishi
0 ‘zbekistonda  banklar  faoliyati  Konstitutsiya,  Fuqarolik  ko- 
deksi,  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi  M arkaziy banki  haqida»,  «Bank­
lar  va  banklar  faoliyati  haqida»  qonunlari  bilan  tartibga  solinadi. 
Ushbu  huquqiy  aktlar  bizning  davlatimiz  bank  tizim ining  huquqiy 
bazasi  hisoblanadi.
0 ‘zbekistonning  milliy  pul,  bank  tizimi  va  uning  m arketing 
shakllanish jarayoni,  uni  tartibga solishni  shartli  ravishda bir necha

bosqichlarga  ajratish  mumkin.  Birinchi  bosqich  1991-yildan  1994- 
yilni  qamraydi,  milliy  valutani  kiritish  va  ikki  pog‘onali  tizimni 
shakllantirish  uchun  qonuniy  va  institutsional  asoslar  qo'yildi. 
Qisqa  vaqt  ichida  Markaziy  bank  ish  uslubi  va  tashkiliy  tuzilmasi 
qayta  qurildi  va  asosan  maxsus  tijorat  banklari  miqdori  o ‘sdi. 
Banklarning  marketing  rejalari  va  faoliyati  asosan  ustav  kapitali, 
m ijozlar  bazasini  shakllantirishga,  xizmat  b o ‘yicha  maxsuslash- 
ishga y o ‘naltirildi.
Ikkinchi  bosqichda,  1994-yidan  1996-yilgacha muomalaga mil­
liy  valuta  kiritildi  hamda  bank  tizimining  ikki  pog‘onali  huquqiy 
asosi  tashkil  etildi.  Banklarning marketingi  asosan ustav  kapitalini, 
mijozlar  bazasini  kengaytirishga,  xizmatlar  b o ‘yicha  maxsuslash- 
ishni  takomillashtirishga yo ‘naltirildi.
Uchinchi  bosqich  1997-2000-yillarga  to ‘g ‘ri  keladi,  bunda 
makroiqtisodiy  barqarorlashish  sharoitida  bank  sohasiga  xususiy 
kapitalni  jalb  qilish,  tijorat  banklarida  korporativ  boshqarishni 
amalga  oshirish  va  banklar  ustidan  nazorat  tizimini  yanada  ku- 
chaytirish  bilan  bog‘liq  ishlam i  rivojlantirish  yuz  berdi.  Banklam- 
ing  marketingi  asosan  nafaqat  ustav  kapitali  va  mijozlar  bazasini 
kengaytirishga,  balki  boshqa  xizmatlar  b o ‘yicha  xizmatlami  joriy 
qilishga,  filiallar tarm og‘ini kengaytirishga yo ‘naltirildi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2000-yil  21-mart 
«Bank  tizimini  yanada  erkinlashtirish  va  isloh  qilish  bo ‘yicha 
chora-tadbirlar  haqida»gi  Farmoni  bank  tizimi  islohotlarini  chu- 
qurlashtirish,  tijorat  banklari  mustaqilligini  oshirish  va  ulami  in­
vestitsion  jarayonlar  faol  ishtirokchisiga  aylantirishni  ko ‘zda  tut- 
gan edi.
U shbu  hujjatlar  qabul  qilinishi  bilan  davlatimiz  bank  tizimi 
rivojlanishida  to'rtinchi  bosqich  boshlandi.  Uning  asosiy  vazifa- 
lari:
Birinchidan  -   bank  faoliyatini  yanada  erkinlashtirish  asosida 
aholining  bank  tizimiga  b o ‘lgan  ishonchini  izchil  mustahkamlash. 
Bu 
aholining 
vaqtincha 
b o ‘sh 
pul 
m ablag‘larini 
bank 
q o ‘yilmalariga jalb qilish imkonini beradi.

Ikkinchidan  -   har  qanday  rivojlangan  iqtisodning  tuzilmasini 
tashkil  etuvchi  kichik  va  o ‘rta  biznes  rivojlanishiga  imkon 
yaratish,  uni  moliyaviy  resurslar  bilan  ta’minlash  tizimini  maksi- 
mal soddalashtirish.
Uchinchidan  -   valuta  munosabatlarini  yanada  erkinlashtirish 
bo'yicha  ishlami  muvofiqlashtirish  hisobidan  joriy  hisobraqamlar 
b o ‘yicha milliy valutaning erkin ayirboshlanishini  ta’minlash.
Banklaming  marketing  faoliyati  asosan  bozordagi  ulustoini 
kengaytirishga,  yanada  universallashishga,  yangi  bank xizmatlarini 
joriy qilishga,  filiallar tarm og‘ini  kengaytirishga,  xizmat  k o ‘rsatish 
sifatini  oshirishga yo‘naltiriladi.
Marketing  xizmati  banklam ing  barcha  tarkibiy  bo'linm alari 
ishlari  asosiga  quriladi.  Marketingni  tijorat  banklari  boshqaruviga 
kiritish  faoliyat  strategiyasi  va  taktikasi  mezonlari  tizimi  yuzaga 
kelishining  boshlanishiga  hamda  bozomi  o'rganish  va  rivojlanti­
rish  choralarini  aniqlashga  olib  keladi.  Marketingni  joriy  qilish 
daromad  o ‘sishi  va  bank  faoliyati  xatari  kamayishiga  imkoniyat 
yaratadi.  Marketingning  zarurligi  bozorda  rivojlanayotgan  bank 
faoliyati  jarayonlari  adekvatligini  q o ‘llab-quvvatlash  mexanizmi 
bilan aniqlanadi.
Aksariyat  banklar  marketingga  vaziyatdan  kelib  chiqib  muro- 
jaat qilishadi.  Ular jumlasiga quyidagilami  kiritish  mumkin:
-   sotuv  hajmlari  pasayishi  bank  rahbarlarida  sarosimani 
keltirib  chiqaradi  va  qiyinchilik  sabablarini.  axtarishga  majbur 
qiladi.
-   sotuv  hajmining sekin  o ‘sishi;  bu holda banklar yangi  bozor- 
lar  axtara  boshlashadi.  Aksariyat  banklar  marketingga  murojaat 
qilib,  yangi  bozor  imkoniyatlarini  topishga  yordam  berishini  tu- 
shunishadi;
-   iste’molchi 
xohishining 
o ‘zgarishi. 
Aksariyat 
banklar 
iste’molchilar  talabi  tez  o ‘zgarishini  tavsiflovchi  bozorlarda  faoli­
yat  k o ‘rsatishadi.  Bu  kabi  bozorlarda  muvaffaqiyatli  faoliyatning 
garovi  marketing ekanligini  anglab yetadi;

-   o ‘sayotgan  raqobat.  Katta  b o ‘lmagan  banklar  raqobatchilar 
tomonidan qarshilikka duch kelishadi.
-   o ‘sayotgan  marketing  xarajatlari.  Ba’zi  bir banklar reklamani 
ko‘paytirish,  marketing  tadqiqoti  va  mijozlarga  xizmat  k o ‘rsatish 
xarajatlari  juda  katta  deb  hisoblashadi.  Bu  holda  rahbariyat 
marketing  ' auditini  o ‘tkazish  va  marketing  b o ‘limi  ishlariga 
o ‘zgartirishlar kiritish haqida qaror qiladi.
Marketing  uslublarini  q o ‘llash  zarurligini  0 ‘zbekiston  Xalq 
banki  va  Rossiya  Jam g‘arma  banki  misolida  kuzatish  mumkin. 
Ulaming 
ikkalasi 
ham  jism oniy  shaxslar  bilan  ishlashga 
m o‘ljallangan  Davlat  banki  vorislari  hisoblanadi.  Agar  Rossiya 
Jam g‘armabanki  markazlashgan  reja  tizimi  yiqilgandan  keyin 
g ‘arbdagi  o ‘xshash  operatsiyalarga  talab  mavjud  b o ‘lgan  xizmat- 
lami  k o ‘rsatishga  o ‘z  faoliyatini  yo ‘naltirilgan  b o ‘lsa,  u  holda 
0 ‘zbekiston  Xalq  banki  aktiv  operatsiyalarga  kam  e ’tibor  berib 
depozit operatsiyalarga urg'u berdiki  va natijada bu  hoi  Xalq banki 
uchun  salbiy natijaga olib keldi.
Tijorat  banklari  faoliyatida  marketing  XX  asming  70-yillaridan 
boshlab  keng  qo ‘llanila  boshladi,  bu  bank  faoliyatini  universal  qil­
ish,  boshqa  davlat  banklari  bilan  raqobatni  kuchaytirish,  nobank 
muassasalar (sug‘urta, jam g‘arma,  trast kompaniyalar,  pensiya fond- 
lar)  ko ‘rinishida  raqobatchilar  paydo  bo‘lishi,  qimmatli  qog‘ozlar 
bozori  rivojlanishi  oqibatida  banklardan jam g‘armalaming  kamayib 
ketishiga sabab bo ‘ldi.
Bu  banklam i  bank  xizmatiari  bozorini  o ‘rganish  zarurligiga, 
uning  yangi  ehtiyojlarini  o ‘zlashtirish  yoki  boshqacha  aytganda 
qurollanishga  marketingning  yangi  konsepsiya  va  uslublarini  tat- 
biq  qilishga  olib  keldi.  Dastlab  banklaming  ishlari  amaliyotiga 
marketingning  alohida  elementlari  kiritildi.  80-yillarda  marketing 
tijorat banlari tomonidan boshqarishning ajralmas qismiga aylandi.
Bank  rahbariyati  marketing  b o ‘limi  oldiga  bozomi  o'rganish 
vazifasini  q o ‘yadi  va  uning  asosida  o ‘z  maqsadlarini  aniqlaydi. 
Umum iy  holatda  marketing  masalasi  bank  faoliyati  uchun  alohida 
muhim   b o ig a n ,  ustav  kapitalini  oshirishni  rejalashtirishi,  faoliyat

geografiyasi  va  uning miqiyosini  kengaytirishi  bilan  bog‘liq qaror- 
lar qabul  qilishda o ‘rganilishi mumkin.
Marketingning  asosiy  maqsadi  bank  muassasasidan  to  so ‘nggi 
iste’molchigacha  bank  xizmati  barcha  yo‘lida  qulaylik  yaratishni 
ta ’minlash  hisoblanadi.  Bank  xizmatlari  xilma-xilligini  k o ‘rib 
chiqib,  qayd etish  lozimki,  ularning keng  spektri  AQSH,  Yevropa, 
Yaponiya  va  qator  boshqa  davlatlar  banklari  tomonidan  taklif eti­
ladi  va  ushbu  xizmatlar ro'yxati  oxirgi  yillarda  tez  o ‘smoqda.  Shu 
munosabat  bilan  bank  marketing  ishlari,  mazmun  va  maqsadi 
so ‘nggi  yillarda  moliya  bozorida  kuchayayotgan  raqobat  ta’siri 
ostida  ahamiyatli  o'zgardi.  Bank  xizmatini  tabaqalashtirish  eng 
samarali  uslublaridan  biri  -   raqobatchilar  bilan  solishtirganda 
yanada  sifatli  servisni  doimiy  taklif qilishdir.  Xizmatlami  iste’mol 
qilishga  maqsadli  segment  xaridorlarini  jalb  qilish  -   m ijozlaming 
sifatli 
xizmat 
olish 
talabini 
qanoatlantirish 
demakdir. 
Iste’molchilaming  kutishi,  ularning  avvalgi  tajribasi,  suhbatlar  va 
reklama  asosida  shakllanadi.  Xaridorlar  ularga  zarur  b o ‘lgan  xiz­
mat  qiluvchini  tanlashadi  va  keyin  o ‘z  taassurotlarini  va  kutganini 
taqqoslashadi.  Agar qabul  qilish  qadri  dastlabki  taassurotga to ‘g ‘ri 
kelmasa  xaridor  xizmat  sotuvchisiga  qiziqishini  yo‘qotadi.  Agar 
uning  kutishlari  yuqori  darajada  qanoatlantirilsa,  u  sifatli  xizmat 
qilgan  bankka yana murojaat qiladi.
Banklaming  faoliyat  k o ‘rsatish  tijorat  tavsifi  marketingni  keng 
q o ‘llashni  talab  etadi.  Bank  sohasida  marketing  xususiyati  nafaqat 
bank  ishlarini  tijoratlashtirish  va  pul  resurslarini  samarali  foy- 
dalanishni  ta’minlash,  balki  barcha  bank  faoliyati  obyekti 
b o ‘luvchi  pul  aylanimi  xususiyatlari  bilan  belgilangan  b o ‘ladi.  Shu 
bilan  birga  bank  marketingi  birinchi  navbatda  x o ‘jalikda  naqdsiz 
hisob-kitoblami 
takomillashtirish 
hisobiga 
pul 
aylanishini 
tezlatishga m o‘ljallanadi.
Bank sohasida marketing kredit resurslari  bozorini  o ‘rganishga, 
mijozlar  moliyaviy  holatini  tahlil  qilishga  va  ushbu  bazada  bank- 
larga  q o ‘yilmalami  jalb  qilish  imkoniyatlarini,  bank  faoliyatidagi 
o ‘zgarishlami  taxmin  qilishga  erishiladi.  Hozir,  korxona  va  tash-

kilotlarga  o ‘z  hisobraqamini  har  qanday  bankda  ochishga  ruxsat 
berilgan, bank  ishida raqobat asosi  kengaymoqda.  M arketing yangi 
mijozlami jalb qilishga,  mijozlami  o ‘z  mablag'larini  ushbu bankka 
q o ‘yishga  qiziqtiruvchi  bank  xizmatlari  sohasini  kengaytirishga 
y o ‘naltirilgan.
Bank  muhitida  nafaqat  omonatchilar  doirasini  kengaytirishga, 
balki  ularga xizmat k o ‘rsatish  sifatini  doimiy yaxshilashga jalb  qil­
ingan  marketing  afzal  b o ‘lib  qolmoqda.  Bank  doirasida  marketing 
xususiyati  shundan  iboratki,  tijorat  banklari  nafaqat  omonatlami 
jalb  qilishdan,  balki  har  xil  birlashmalami,  korxona  va  tashkilot- 
lami,  shirkatlar  va  aholini  kreditlash  orqali  m ablag‘lami  faol  ish- 
latishdan  manfaatdor.  Bu  marketingning  tijorat  banklarining  mab- 
lag ‘  q o ‘yuvchilar bilan  va korxona,  shirkat  va aholiga  ssuda berish 
shaklida amalga oshiriladigan  kredit q o ‘yilmalari  sohasida market- 
ingni  majmuali  rivojlantirish  zarurligini  belgilaydi.  Ushbu  ikki  so- 
hada marketingning  maqsadi  har xil:  birinchi -  mijozlami  m ablag1 
q o ‘yuvchi  sifatida bankga jalb qilish,  ikkinchidan -  bank kredit re- 
surslarini  bank  uchun  samarali  foydalanadigan  korxona  va  tash- 
kilotlarga yo ‘naltirish.
Banklarda  marketing  doirasida  quyidagi  umumiy  tamoyillar 
to ‘liq amalga oshishi  lozim:
-   aniq  bozor  maqsadiga  erishish  uchun  barcha  bank  xodim­
larining harakatlar yo‘nalishi;
-   marketing  faoliyat  jarayoni  majmuyi  (rejalashtirish,  tahlil, 
tartibga solish va nazorat);
-  marketingni  istiqbolda va joriy rejalashtirish birligi;
-   qabul  qilinadigan  marketing  qarorlarini  amalda  birlashtirish 
asosi  sifatida nazorat;
-   bank  marketingi  xodimining  ijodiy  faolligi  va  tashabbusini 
har  tomonlam a  rag‘batlantirish  o ‘z  malakasini  doimiy  oshirish 
manfaatdorligini ta’minlash;
-  bank jam oasida qulay ruhiy muhitni yaratish.
M ijozlar bilan  muloqatda b o ‘lish  doirasida bank marketingi  ak­
tiv va passivga b o iin ad i.

Aktiv  marketingga  quyidagilar  kiradi:  bevosita  marketing, 
ya’ni  pochta  orqali  reklama,  telefon  va  televideniye;  aholi  keng 
guruhini  so‘rovi,  shu jumladan,  ko ‘chada  so'rov  o ‘tkazish;  salohi- 
yatli mijoz bilan  shaxsiy muloqot, uning talablarini  o ‘rganish.
Passiv marketingga -  matbuotda bank  faoliyati  va holati,  uning 
xizmatlaridan  mijozlarga  manfaat  haqida  chop  etish  kiradi.  Bo- 
zorda  mustahkam  joylashib  olishni  xohlagan  bank  marketingning 
ushbu ikkita uslubidan foydalanishi  lozim.
Tijorat  banklari  o ‘z  xizmatini  bozorga  siljitishning  yangi  us­
lublarini  ishlab chiqmoqdalar.  Sotish  uchun  qulay sharoitlar yaratish 
b o ‘yicha  dastumi  o ‘tkazish  muvaffaqiyatini  baholash  qator  umumiy 
ko'rsatkichlami  o ‘z  ichiga  oladi.  Avvalo,  bu  bankda  bank  mustaqil 
tarkibini  o ‘z  ichiga  oluvchi  «daromadlar  markazlari»  mavjudligidir. 
Har  bir bu  kabi  markaz  sotishni  rivojlantirish  b o ‘yicha o ‘z  dasturini 
ishlab chiqadi.
Banklar,  bozorda  faoliyat  ko ‘rsatuvchi  boshqa  xo'jalik  tash- 
kilotlari  kabi  konyunkturani  tebranishga  k o ‘niktirish  mexanizmini 
ishlab  chiqadi.  Tijorat  banklari  tomonidan  marketingni  boshqar- 
ishga  kiritish  nafaqat  strategiya  va  axloq  taktikasini  ishlab  chiqish 
mezonlari  yuzaga  kelishiga,  balki  bozomi  o ‘rganish  va  rivojlanti­
rish  aniq  choralarini  ishlab  chiqish,  bozor  kataklizmasiga  tezkor 
e ’tibor berish  imkonini  beruvchi  muqobil  va  moslanuvchan  qaror 
lar  tayyorlashga  asos  soldi.  Respublikamizda  bank  faoliyatida 
marketing,  avvalo,  yangi  mijozlami jalb  qilish  maqsadida  reklam a 
faoliyati  joriy  qilina  boshladi.  Bank  fondlarining  shakllanishi 
yangi  banklar  uchun  birinchi  navbatdagi  vazifa  hisoblanadi,  ulam ­
ing  yaratilishi  bizning  davlatimizda  davom  etmoqda.  M arket­
ingning  boshqa  yo‘nalishi  0 ‘zbekiston  sharoitida  qo ‘llaniluvchi 
bank  operatsiyalarining  yangi  turlarini  tadqiq  qilishga  xizm at 
qiladi  (eksport-import  to ‘lovlari,  depozit  sertifikatlari,  valuta  op- 
eratsiyalari, ipoteka, trast operatsiyalari  va boshq.).
Bank  rivojlanishi  uzoq  muddatli  rejasi  bank  faoliyatini 
aniqlovchi  bosh  yo ‘nalishni  shakllantirish,  asosiy  g ‘oyalar, 
maqsadlami  va  strategiyani,  istiqboldagi  faoliyat  xarakterini,
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling