J. jalolov, A. Fattaxov, I. Axmedov


Download 104 Kb.

bet16/28
Sana08.06.2018
Hajmi104 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28

Xulosalar
Barcha  mamlakatlar  iqtisodiyotida  banklar  «qon  tomir»  vazi- 
fasini  bajaradi.  Ular jizm oniy  va yuridik  shaxslaming b o ‘sh  turgan 
m ablag'larini  saqlash,  omonatga  olish  va  unga  foizlar  to'lash, 
kreditga  berish  va  undan  foizlar  undirish,  pul  o ‘tkazmalari 
bo ‘yicha  operatsiyalami  amalga  oshiradi.  Bu jarayonni  tizimli  rav­
ishda  va  optimal  tarzda  yo ‘lga  q o ‘yishda  bank  marketingi  asosiy 
rol 
o ‘ynaydi. 
Bank 
xizmati arining 
bozori 
qatnashadigan 
subyektlari  va  tovarining  xususiyati  bilan  boshqa  bozorlardan 
farqlanadi.  B o ‘sh  pul  m ablag‘lari  mavjud  b o ‘lgan  va  ulami 
omonatga  topshirmoqchi  b o ‘lgan  yoki  o ‘z  hisob-kitob  raqamiga 
ega  b o ‘lishga  ehtiyoji  bo'lgan  yoki  pul  m ablag‘larini  kredit 
asosida  olishga  ehtiyoji  b o ‘lgan  yuridik  va  jism oniy  shaxslar 
ushbu  bozom ing  iste’molchilari  hisoblanadi.  Bank  esa,  xizmat 
k o ‘rsatuvchi  (ishlab  chiqaruvchi)  sifatida ishtirok etadi.  Ushbu  bo­
zom ing  tovari-bu  iste’molchilam ing  pul  m ablag‘lari  sohasida 
paydo  b o ‘lgan  ehtiyojlami  qondirish  maqsadida  bank  tomonidan 
ko'rsatayotgan xizmatlaridir.
Banklarda  marketing  faoliyatining  qay  tarzda  shakllanishi  bir 
qancha  omillarga  bog‘liq.  Ular:  bankning  qaysi  sohada  ixtisoslash- 
ganligi;  tijorat  yoki  davlatga  tegishliligi;  ko‘rsatayotgan  xizmat  tur-

lari;  iste’molchilarining  xususiyatlari  va  boshqalar.  Ulardan  eng 
asosiysi -  bu  iste’molchilaming xususiyatlaridir.  Hozirgi  kunga kelib, 
bank  marketingi  tomonidan  iste’molchilaming  ehtiyojlarini  qondirish 
maqsadida kreditlar berish,  pul  o ‘tkazish operatsiyalarini  bajarish,  de- 
pozitlarga  qabul  qilish,  sayyor  banklar  faoliyatini  yo‘lga  q o ‘yish, 
minibanklami  tashkil  qilish,  plastik  kartochkalar,  kredit  kartochkalar, 
cheklar,  valuta  almashtirish  va  h.k.lar  bo‘yicha  xizmatlar  ko ‘rsatish 
tashkil qilingan.
Bank  xizmatlarining  hayotiylik  davri  4  bosqichdan  iborat: joriy 
qilish,  o ‘sish,  yetilish,  pasayish.  Hayotiylik  davri  va  uning 
bosqichlarini  qisqa  yoki  uzoq  b o ‘lishi  bir  qancha  om illarga 
bog‘liq.  Ular:  bank  xizmatlarining  turi,  sifati,  narxi,  ommaviyligi, 
iste’molchilaming  ehtiyojlari  va  ulaming  o ‘zgarishi,  raqobatchi 
banklar xizmatlarining raqobatbardoshligi  va boshqalar.
Bank  marketingini  takomillashtirish  b o ‘yicha  quyidagilami 
amalga oshirish  maqsadga  muvofiq:  xizmat  k o ‘rsatish  sifatini  yax- 
shilash  va  ulami  universallashtirish;  xalqaro va mahalliy  m iqyosda 
pul  ko ‘chirish  operatsiyalarini  bajarish  muddatlarini  qisqartirish; 
minibanklar  sonini  k o ‘paytirish;  plastik  kartochkalardan  foydalan- 
ishni  ommaviylashtirish;  kredit  kartochkalami  muomilaga  kiritish 
va boshqalar.
Tayanch  so‘zlar: 
bank  marketingi,  bank  marketingining  xususi­
yatlari,  axborot  tizimi,  bank  marketingidagi  tadqiqotlar,  bank  xizmat­
lari  bahosi,  foiz  stavkasi,  qo'yilmalar,  bank  marketingida  rejalashti­
rish  va  nazorat,  sug‘urtalash,  sug‘urta  polisi,  sug‘urtalash  turlari,  pas- 
siv va aktiv opreatsiyalar, sug‘urtalashda reklama.
Glossariy:
Bank  marketingining  maqsadi 
-   kapital  bozori  talablariga 
moslashish  uchun  zarur  sharoitlar  yaratish,  bozomi  o ‘rganish, 
raqobatbardoshlikni  va  foydalilikni  oshirish  b o ‘yicha  tadbirlar 
tizimini  ishlab chiqishdan  iborat.
Bank  marketing  faoliyati 
-   bankning  tadbirkorlik  sohasida 
bajaradigan xizmatlar majmuyi.

Bank  xizmatlari  bozori  segmenti 
-   bank  muassasalari  to­
monidan  bozorga  taklif  etilayotgan  xizmatlar  turiga  va  marketing 
kompleksiga  bir  xilda  munosabatda  b o ‘luvchi  iste’molchilar  gu- 
ruhi  majmuyi.
Bank xizmatlarini  bozorda pozitsiyalash 
-  bank xizmatlarini 
bozordagi  raqobatbardoshligini  ta ’minlash  va  mos  keluvchi  mar­
keting  majmuasini  ishlab  chiqish  uchun  amalga  oshiriladigan 
chora-tadbirlar yig‘indisi.
Bank  muassasalari  maqsadli  bozori 
-  bank  xizmatlari  bozo­
rini  tadqiq  etish  natijasida  tanlangan,  marketing  xarajatlarining 
minimalligi  bilan  tavsiflanuvchi  va  bank  faoliyati  natijalarining 
asosiy ulushini  (qismini) ta’minlovchi bozor.
Takrorlash va muhokama uchun savollar
1.  Bank marketingining xususiyatlari  nimadan iborat?
2.  Mijozning  raqobatbardoshligini  tahlil  qilishda  bank  qanday 
mezonlarga asoslanadi?
3.  1929-1933-yilgi  krizisdan  keyin  g ‘arb  banklari  faoliyatida 
qanday cheklovlar kiritildi?
4.  Bank marketingining maqsadi  nimadan iborat?
5.  M ijozning  kredit  qobiliyatini  aniqlash  bilan  qaysi  b o ‘lim 
shug‘ullanadi?
6.  Kredit  qobiliyatini  aniqlashni  o ‘rganish  chegarasi  nimalarga 
b o g ‘liq?
7.  0 ‘zbekistonda bank marketingi qanday shakllanmoqda?
8.  Sug‘urta  marketingi  bank  marketingidan  nimasi  bilan  farq 
qiladi?
Adabiyotlar
1.0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Banklar  va  bank  faoliyati 
to‘g ‘risida»gi Qonuni. -Toshkent.:  0 ‘zbekiston, 2003 y.
2. Сипицин И. Банковский маркетинг. -М.: Банки, биржи, 2004 г.
3. Уткин М. Банковский маркетинг. -М.: Дело, 2003  г.

4. Грюшинг X. Ван, Братонович С. 
Анализ 
банковских 
рисков.  Тизим  о  ценки  корпоративного  управления  и  управления 
финансовым  риском.  /Пер.  с  анг.  Вступ.  сл.  д.э.н.  К.  Тагирбекова. 
-М.: Весь Мир, 2004 г. -304 с.
5. Дон Патинкин.  Деньги,  процент  и  цены.  -М.:  Экономика, 
2004 г. -375 с.
6. Малахова Н.Г.  Деньги, кредит, банки:  конспект лекций. -М.: 
Приор-издат, 2004 г. -96 с.
7. Ralph  S.  Alexander  and  Thomas  L.  Berg.  Dynamic  Management 
in Marketing. Homewood,  111.  «Richard D/ Irwin», 2000. p. 419-428.
8. http://www.cer.uz
9. http://www.washprofile.org

10-bob.
  Q IM M ATLI Q O G ‘OZLAR BOZORIDAGI 
M A R K ETIN G
10.1. Qimmatli qog‘ozlar bozori marketing obyekti sifatida
Qimmatli  qog‘ozlar  bozori  (QQB)dagi  marketing  bir  qator 
xususiyatlarga  ega  b o iib ,  bu  xususiyatlar  mazkur  bozoming  quyi- 
dagi  o ‘ziga xosligidan kelib chiqadi.
Qimmatli  qo g ‘ozlar  bozori  bu  -  juda  murakkab,  keng  hajmli, 
dinam ik  va  yuqori  raqobat  bozori  b o ‘lib,  undagi  harakatlar  davlat 
tomonidan  qat’iy  tartibga  solinadi  va  bu  harakatlar  moliyaviy 
silkinishlar  kelib  chiqmasligi  uchun  katta  ijtimoiy javobgarlik  bi­
lan  ajralib  turishi  shart;  u  rivojlangan  infratarkib,  murakkab  ax­
borot  texnologiyalari,  qimmat  turadigan  ish  kuchi  va  ko ‘p  sarf ta­
lab  qiladigan  texnik  vositalarga  asoslangan,  tovarlaming  o ‘zaro 
almashuv  darajasi  yuqori  b o ‘lgan  ko ‘p  tovarli  bozor;  ommaviy 
iste’molchilar,  eng  yuqori  differensiatsiyalashgan  (tabaqalashgan) 
moliyaviy ehtiyojlar,  mijoz  va moliya san’atiga ega bozor.
0 ‘zbekistonning  fond  bozoriga  hozircha  istisnosiz  yuqori  tavak- 
kallar,  inflatsiya  (qimmatli  qog‘ozlarga  bo ‘lgan  talabning  keskin  tu- 
shib  ketishi),  makroiqtisodiy  beqarorlik,  resurs  bazasi  va  to‘laqonli 
infratarkibning  yo‘qligi  xosdir.  Demografik  omillar ham 0 ‘zbekiston 
qimmatli  qog‘ozlar  bozori  va  unda  marketingni  tashkil  qilishga  ham 
ijobiy,  ham  salbiy  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin.  Masalan,  aholininig 
qarib borishi yoki tug‘ilishining kamayib ketishi kabilar.
0 ‘zbekistonda davlatga qarashli  bo ‘lmagan  sektorlami  vujudga 
keltirish  ko ‘proq  davlat  mulkini  uning  tasarrufidan  chiqarish  va 
xususiylashtirish  hisobiga  amalga  oshirilib  k o ‘p  ukladli  iqtisodi- 
yotni  shakllantirishning  g ‘oyat  muhim  xususiyatidir.  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi  qarori  bilan tasdiqlangan mulkni 
davlat  tasarrufidan  chiqrish  va  xususiylashtirish  davlat  dasturi  bi­
lan  o ‘rta  va  yirik  davlat  korxonalari  negizidan  qimmatli  qog‘ozlar 
bozorining  asosiy  ishtirokchilari  hisoblangan.  Ochiq  aksiyadorlik 
jam iyatlari  tashkil  etildi.  Shu  o ‘rinda  yangi  yuzaga  kelgan  qim-

matli  qo g ‘ozlar  bozori,  uning  faoliyat  k o ‘rsatish  mexanizmi 
ahamiyati  va mohiyati  to ‘g ‘risida alohida to ‘xtalib o ‘tamiz.
Qimmatli  qo g ‘ozlar  bozori  -  jism oniy  va  yuridik  shaxslaming 
qimmatli  qo g ‘ozlar  chiqarish  ulaming  muomalada  b o ‘lishi  va 
haqini  to ‘lash  bilan  bog‘liq  munosabatlar  tizimidir.  0 ‘zbekiston 
Respublikasidagi  qimmatli  qo g ‘ozlar  bozori  bozor  iqtisodiyoti 
tizimining  moliyaviy  mexanizmi  b o ‘lib,  aholi  va  tadbirkorlik 
subyektlarining  vaqtincha  b o ‘sh  m ablag‘larini  ayrboshlashga  keng 
imkoniyatlar  yaratadi.  Har  bir  bozorining  o ‘z  ishtirokchilari 
b o ‘lgani  kabi  qimmatli  qo g ‘ozlar  bozorining  ham  qatnashchilari 
mavjud.  Bugungi  qimmatli  qo g ‘ozlam ing  elementlari,  investorlar, 
investitsiya 
inisitutlari 
shuningdek 
ulaming 
birlashmalari 
(uyushmalari),  fond  birjalari  davlat  tomonidan  qimmatli  q o g ‘ozlar 
bozorini  boshqarish  va muvofiqlashtrish  vakolati  berilgan  organlar 
va boshqalar misol  bo'ladi.
Qimmatli  qo g ‘ozlar bozorida marketing faoliyatini  tashkil  etish 
alohida  va  muhim  rol  o'ynaydi.  Chunki  qimmatli  q o g ‘ozlar  bozori 
keng  hajmli,  yuqori  raqobatli,  k o ‘p  mahsulotli  talab  ham da  yuqori 
darajada  moliyaviy  darajada  daromad  olish  imkoniyatiga  ega 
bo‘lgan bozordir.
Qimmatli  qog ‘ozlar  bozorida  birlamchi  va  ikkilamchi  bozorlar 
mavjud  bo'lib,  birlamchi  bozorda  savdolami  tashkil  etish  respub- 
lika  fond  birjasi  orqali  amalga  oshiriladi.  Ikkilamchi  bozorda 
qimmatli  qo g ‘ozlaming  birjadan  tashqari  oldi-sotdi  shartnomalari 
kiradi.  Birlamchi  bozorga asosan  davlat tasarrufidan  chiqarilgan va 
aksiyadorlik jamiyati  sifatida  tashkil  etilgan  hamda  yangidan  tash­
kil  etilgan  aksiyadorlik  jamiyatlari  birlamchi  em issiya  orqali 
chiqarilgan  qimmatli  qog'ozlari  joylashtiriladi.  Shu  o ‘rinda  shuni 
ta’kidlab o ‘tish joizki  har bir bozom ing o ‘ziga xos  m exanizm i,  un­
ing  ishlash  tizimi  hukumat  tomonidan  qabul  qilingan  bir  qator 
qonunlar va m e’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Ushbu  qonun  va  m e’yoriy  hujjatlam ing  ijrosini  nazorat  qilish 
hamda  qimmatli  qog‘ozlar  bozori  qatnashchilarining  faoliyatini 
muvofiqlashtirish  0 ‘zbekiston  Respublikasining  vakolatli  organi

0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  mulki  q o ‘mitasi  huzuridagi 
qimmatli  qog‘ozlar  bozori  faoliyatini  muvofiqlashtirish  va  nazorat 
qilish markazi tomonidan  amalga oshiriladi.
Qimmatli  qog ‘ozlar  bozorida  quyidagilar  tovar  hisoblanadi: 
qimmatli  qog‘ozlar;  qimmatli  qog‘ozlar  chiqarish  va  muomalaga 
kiritish  bo ‘yicha xizmatlar;  axborotlar va boshqa ilmiy-texnik mahsu- 
lotlar;  qimmatli  qog‘ozlar  chiqarish  va  muomalada  bo‘lishi  bilan 
bog‘liq nomoddiy aktivlar; bozoming tovar-moddiy komponentlari.
Qimmatli  qog‘ozlar  bozorida  tovarlar  va  xizmatlar  ishlab  chiqa- 
ruvchilar  quyidagilar  hisoblanadi: 
emitentlar
  -   bozorga  qimmatli 
qog'ozlar  «yetkazib  beruvchilar»; 
investitsiya  institutlari  -
  qimmatli 
qog‘ozlami  dastlabki  bozorda  harakatlantirish  va  ularning  ikkinchi 
muomalasi,  qimmatli  qog‘ozlar  bozorini  trast  boshqarish  bo‘yicha 
xizmatlar  majmuyi,  axborotlar  va  ilmiy-texnik  mahsulotlar  taqdim 
etadigan  qimmatli  qog‘ozlar  bozorining  professional  ishtirokchilari; 
qimmatli  qog‘ozlami  hisobga  olish,  saqlash  va  takomillashtirish  xiz­
matlarini  ko ‘rsatishga 
ixtisoslashgan  tashkilotlar,qimmatli
  qog‘ozlar 
blanklari,  maxsus  uskunalar,  tashkiliy  texnik  va  shu  kabilami 
ishlab 
chiqaruvchilar,
  kredit-sug‘urta  xizmatlari  taqdim  etuvchi,  qimmatli 
qog‘ozlaming  muomalada  bo ‘lishini  ta’minlovchi 
banklar  va 
sug ‘urta tashkilotlari.
Qimmatli  qog‘ozlar bozorining iste’molchilari, birinichi  navbatda, 
investorlar  (bozoming  asosiy  tovari  bo‘yicha),  keyin  invstitsiya  insti­
tutlari  (turli  yordamchi  xizmatlar,  ixtisoslashgan  uskunalar,  qimmatli 
qog‘ozlar blanklari va shu kabilar b o ‘yicha) hisoblanadi.
Bozor  tuzilmasi  rivojlangan  mamlakatlaming  tajribasi  haqiqiy 
o ‘rta  mulkdorlar  qatlamining  asosiy  qismi  aholining  pul  mablag‘lari 
qimmatli  qog‘ozlar  bozoriga,  odamlar  uchun  foydali  turli  bank  de- 
pozitlariga  va  omonatparvarga  jalb  etish  vositasida  shakllanayot- 
ganligidan  dalolat  beradi.  Binobarin  qimmatli  qog‘ozlar  bozorining 
ahvoliga qarab bozor munosabatlarining qaror topish jarayoni  qay da­
rajada borayotganligi haqida fikr yuritish mumkin.
Qim m atli  q og‘ozlar  bozorini  shakllantirish  hisobiga  aholining 
b o ‘sh  turgan  m ablag‘lari  foydalanishga  jalb  etiladi.  Bu  ayni

chog‘da iqtisodiyotni  barqarorlashtirish  sohasidagi  muhim vazifani 
hal  qilishga  -   pul  muomalasini,  demmakki  milliy  valutani 
mustahkamlashga yordam beradi.
Qimmatli  qog‘ozlar  bozorining  hamda  uning  marketingining 
tashkil  etish  muhimligi  shundan  iboratki  bunda  qimmatli  qog‘ozlar 
bozori  ishtirokchilari  shunchaki  aksiyalaming  egasi  bo‘lganliklari 
uchungina emas  balki  davlat tasarrufidan chiqarilgan  korxonalar mol- 
mulkining  bir  qismining  real  mulkdorlari  hamda  mulkdorlar  sifatida 
ushbu  korxonaning  ishlab  chiqarish  va  moliyaviy  faoliyatiga  ta’sir 
ko‘rsatish  huquqiga ega bo‘Igan  mulkdorlarga  aylanadi.  Vujudga  kel­
gan  mulkdorlar  sinfming  huquqiy  vakolatlari,  ular  mablag'larining 
kafolatlari  hamda  bozoming  faoliyat  ko‘rsatish  mexanizmini  tartibga 
soluvchi  hukumatimiz  tomonidan  quyidagi  nomlami  ko'rsatib 
o ‘tilgan qonunlar va qonun osti  hujjatlari qabul qilingan:
1.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Aksiyadorlik  jamiyatlari  va 
aksiyadorlaming 
huquqlarini 
himoya 
qilish 
to ‘g ‘risida»gi 
(26.04.1996  y.);  «qimmatli  q o g ‘ozlar  va  fond  birjasi  to ‘g ‘risida»gi 
(02.08.1998  y.);  «qimmatli  q o g ‘ozlar bozorida  depozitaritlar faoli­
yati  to ‘g ‘risida»  (29.08.1998  y.);  «qimmatli  q og‘ozlar  bozorida  in- 
vestorlaming huquqlarini  himoya qilish  to ‘g ‘risida  «gi  (30.08.2001 
y.);  va boshqa qonunlar.
2.  « 0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududda  qimmatli  qo g ‘ozlami 
chiqarish  va ro ‘yxatga olish  tartibi  to ‘g ‘risida»gi  Nizom;  «Investit­
siya  institutlarining  qimmat  baho  qog‘ozlar  bozoridagi  faoliyatiga 
litsenziya  berish  to ‘g ‘risida»gi  Nizom;  «qimmatli  q o g ‘ozlar bozori 
ishtirokchilariga  m a’lumotlami  oshkor qilish  to ‘g ‘risida»gi  Nizom 
va boshqalar.
10.2. Qimmatli qog‘ozlar bozori marketingini tashkil etish
M arketing  strategiyasiga  nisbatan  asosiy  talablar  qimmatli 
qog‘ozlar  bozorining  yuqorida  qilingan  tahlili,  0 ‘zbekistonda  bu 
bozordagi 
vaziyat, 
shuningdek, 
fond  bozorida  muomalada 
bo ‘ladigan  tovarlaming  k o ‘rib  chiqilgan  xususiyatlari  bilan  belgi-

lanadi.  UTaming  asosiy  tavsifi  quyida  (6-jadval)  keltirilgan.  Qim- 
matli  qog‘ozlar  bozorida  marketingni  tashkil  etish  xususiyati 
shundan  iboratki  bozomi  to ‘liq  o ‘rganib  chiqish,  shuningdek  unga 
q o ‘yiladigan  talablami  to ‘g ‘ri  baholashdan  iborat.  Qimmatli 
qo g ‘ozlar bozorida marketingni  tashkil  etishdan  oldin  uning  strate­
giyasi  va unga q o ‘yiladigan talablar to ‘g‘risida to ‘xtalib o'tam iz.
1.  Qimmatli  qog‘ozlar  bozorida  marketing  mutaxassislari 
qimmatli  qo g ‘ozlaming  barcha  harakatlarini  ya’ni  qimmatli 
qo g ‘ozlar  chiqarilganidan  muomalada  b o ‘lgan  hayotiylik  sikilini 
to ‘liq o ‘rganish.
2.  Qimmatli  qog‘ozlam ing  tovar  sifatida  talab  sifatini 
o ‘rganishda  avvalambor  ulardan  keladigan  daromad  (foiz,  kurs  qi- 
ymatining  o'sishi)  shuningdek  aktivlarning  haqiqiyligi  mulk 
maqomi  sifatida  xizmat  qilishi  (ya’ni  tovar  darajasi  hamda  bosh­
qarish  vakolati).  Ammo  bu  talab  sifati  qimmatli  qo g ‘ozlar  va 
obyektlaming  tavakalchiligiga  ahamiyatli  darajada  bog'liqligi,  ba- 
hosi  va mulkiy huquqni o ‘zida namoyon etadi.  Har qanday market­
ing  strategiyasi  fond  bozorida  shunday  daromadni  qiymat  kursi 
o ‘zgarish  dinamikasini  va  tavakkalchilik  daradasini  belgilashi 
lozimki,  bu  strategiya  bir  yoki  bir  nechta  investorlar  guruhining 
talabini  qondirish lozim.
6-jadval
Fond bozori tovarlarining tavsifi
Tovarlar
Asosiy tavsifi
1
2
Qimmatli qog'ozlar
1.  Turlari:  aksiya,  obligatsiya,  depozit  va jamg'arma sertifikatlari, 
veksellar,  cheklar,  moliyaviy  fucherslar,  variantlar,  im zoli  huqu- 
qlar va boshqalar.
2.  Iste’mol  sifati:  bu  mulk  huquqi  mulkka  yoki  qarz  summasiga 
egalik huquqi, bunday aktivlardan foydalanish natijasida daromad 
olish huquqi  va boshqalar.

1
2
3.  Qimmatli  qog'ozlarning  tovar  sifatidagi  mohiyati  ularning 
iste’mol  bahosi,  aktivlaming  pul  oqimi  emmitentning  va  investit- 
sion institutining moliyaviy mavqei  bilan belgilanadi; 
qimmatli  qog'ozlarning  bahosi  va  iste’mol  bahosi  yuqori  tavak- 
kalchilik  asosida  shakllanadi  va  tovaming  qimmatli  qog'ozga  ay- 
lanishiga  olib  keladi;  Bu  standart  tovar  b o ‘lib  katta  partiya  va 
seriyalarda  chiqariladi.  Masalan:  million  dona  aksiya  1  ta  kom- 
paniyaning  ustav  fondini  tashkil  etadi;  qimmatli  qog'ozlar  tovar 
sifatida keng  muomalali  va qo'ldan -  qo'lga o'zining  iste’mol  qi- 
ymatiga  zarar  yetkazmasdan  o ‘tadi;  Bir  qism  qimmatli  q o g ‘ozlar 
(akseonerlar,  fucherslar,  variantlar)  ishlab  chiqarish  xarakteriga 
ega b o ‘lib boshqa qimmatli  qog'ozlarga nisbatan o ‘zining  mulkiy 
huquqini  belgilaydi;  Bunday  holatda  tavakkalchilik  va  u  bilan 
bog'liq operatsiyalami  qiyinlashtirishga olib keladi.
Qimmatli  qog'ozlar 
bozorida xizmatlar.
Xizmat  turlari:  Birlamchi  va  ikkilamchi  bozorda  qimmatli 
q og‘ozlar  bilan  operatsiyalami  o'tkazishda  vositachilik  faoliyati; 
qimmatli  qog'ozlam i  saqlash  ular  bilan  hisob-kitoblami  amalga 
oshirish,  shuningdek ularning hisobini  yuritish yuzasidan  investit- 
sion  maslahat  faoliyati;
Ma’muriy  ishlami  amalga  oshirish  (ya’ni  ro'yxatga  olish,  al- 
mashtirish  agentligi  va  boshqa);  qimmatli  qog'ozlar  portfelini 
boshqarish,  shuningdek  ishonchli  boshqaruv;  qimmatli  qog'ozlar 
bozorida  audit;  qimmatli  q og‘ozlar  bilan  bitimlami  amalga 
oshirishni kreditlash.
2.  Qimmatli  qog'ozlar  muomilasi  bilan  bog'liq  xizm atlam ing 
mohiyati:  talabning asosiy hajmi;  Bunday xizmatlar ko'pgina hol­
larda  2  -   darajali  qaraladi.  Ya’ni  bu  xizmatlar  bozor  holatiga  va 
qimmatli  qog'ozlar  bozori  talabiga bog'liq  bo'ladi  yoki  qimmatli 
qog'ozlar  shaklidaga  tovarlar  xizmatlar  bozorisiz  mavjud  emas, 
xizmatlar  standartning  yuqori  darajasi  xalqaro  standartlaming 
rivojlanishini  belgilaydi;  qimmatli  qog'ozlar  bozorida  xizmat 
ko'rsatish yuqori  darajadagi  professionlik talab qiladi.
Ma’lumot  va  bosh­
qa  ilmiy  texnikaviy 
mahsulot.
Qimmatli  qog'ozlr bozorida alohida tovar bu  ma’muriyat va normativ 
informatsialar ya’ni  bozor  konyukturasi,  emitentlar,  investitsiya  insti- 
tutlari  va alohida qimmatli  qog'ozlar bozori  to'g'risida;  aniq  bitimlar 
to'g'risida;  aniq  tavakkalchilik  darajasi  to'g'risida;  texnologiyalar, 
huquqiy  va  kadrlar  resursi  tizimi  to'g'risida;  qimmatli  qog'ozlar  bo­
zori  ma’lumotlar  bazasi  to'g'isida;  ilmiy  -   texnikaviy  mahsulotlar 
tovar  sifatida;  texnologiya  qimmatli  qog'ozlar  chiqarish  va  muomal- 
asini  belgilab  bemvchi  tartib  tizimi  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlar; 
risolalari,  qimmatli  qog'ozlar  chiqarilivu  bilan  bog'liq  hisobotlar, 
qimmatli  qog'ozlami  biijaga  chiqarish  bo'yicha  tayyorlangan 
ma’lumotlar,  baholash  va  qimmatli  qog'ozlar  bo'yicha  materiallar; 
standaitlar  (texnologik,  informatsion,  etik);  dasturiy  ta’minlash, 
qimmatli qog'ozlar blank!arining namunalari.

1
2
Qimmatli 
qog'ozlar 
chiqarish  va  muo­
malaga  kiritish  bilan 
bog‘liq 
nomoddiy 
aktivlar.
Nomoddiy  aktiv  turlari:  savdo  markasi  va  belgisiga  b o ‘lgan  hu- 
quq  va  boshqalar;  mualliflik  huquqi  (ma’lumotga,  belgilangan 
ilmiy-texnikaviy  mahsulotga  g ‘oya  va  boshqalar);  gudvip;  ijara 
huquqi;  a’zolik  huquqi,  vositachilik  o'm iga  b o ‘lgan  huquq  va 
boshqalar.
Qimmatli  qog'ozlar 
bozorining 
tovar 
moddiy  kompanent- 
Iari.
Qayd etilgan tovar turlari:
qimmatli  qog‘oz  blankalari,  maxsus jihozlar,  orgtexnika va bosh­
qalar.
3.  Qimmatli  qog‘ozlar  shunday  mahsulot  hisoblanadiki  u 
o ‘zida  ko ‘plab  modifikatsiyalami  mujassamlashtiradi  va  ulam ing 
har  biri  bir  guruh  aniq  investorlaming  (xaridorlaming)  qiziqish- 
larini  qondirishi  lozim.  Shu bilan  bir qatorda har bir chiqarilgan  va 
muomalaga  kiritilgan  qimmatli  qog‘ozlar  uning  standartligi 
qonunchilik  bilan  belgilangan  b o iish i  kerak.  Bunday  moliyaviy 
mahsulotga b o ‘lgan  talab  va ishonch  yuqori  hamda  oson  boshqari- 
ladi.  Shu o ‘rinda shuni  ta’kidlash  lozimki  qimmatli  qog'ozlar mar­
ketingi  strategiyasi  ulaming  standartligini  va  individual  xususiyat- 
larini  aniq  belgilab  berish  lozim.  Buni  belgilashda  asosiy  e ’tibor 
qimmatli  qog'ozlar  chiqaruvchi  emitentlar  va  investitsion  institut- 
lari  zimmasiga  yuklatilgan.  Y a’ni  ular  tomonidan  chiqarilgan 
qimmatli  qog‘ozlarga  bo ‘lgan  talab  har qanday  inflatsiya  va  m oli­
yaviy inqiroz vaqtlarida ham yuqori b o ‘lishi  kerak.
4.  M arketing  strategiyasiga  asosiy  talablardan  biri  fond  bozo­
rida  qimmatli  qo g ‘ozlar operatsiyalarining  unversalligini  kuchayti- 
rishdan iborat.
Qimmatli  qog‘ozlar  bozirida  marketingni  tashkil  etishning  asosiy 
maqsadi  xorijiy  va  mahalliy  sarmoyalarga  qimmatli  qog‘ozlaming 
sotish va sotib olishga qulay sharoitni yaratishdan iborat.
Qimmatli 
q o g ‘oz 
ko'rinishidagi 
tovarga 
ega 
b o ‘lish 
0 ‘zbekiston  iqtisodiyoti  sharoitlarida juda  katta  tavakkallar  bilan 
b o g ‘liq.  Shuning  uchun  iste’molchi  uchun  tavakkallami  kamayti- 
radigan  (yo‘qotishlam i  qoplash  tizimi,  qimmatli  qog‘ozning  lik- 
vidligini  ta’minlovchi  alohida  choralar,  emitentlar  va  investitsiya 
institutlari  tomonidan  amalga  oshirriladigan  o ‘z-o ‘zini  qat’iy

moliyaviy  tartibga  solish)  marketing  strategiyalari  eng  muvaffaqi- 
yatlisi  bo ‘ladi.
Hozirgi  vaqtda  0 ‘zbekiston  amaliyotida  tajovuzkor  (agressiv) 
marketing  strategiyalari  eng  muvaffaqiyatlisi  b o iish i  kerak 
(chunki  ular  b o ‘sh  va  likvidsiz  fond  bozoriga,  keng  miqyosli 
xususiylashtirish,  inqiroq  va  inflatsiya  bilan  uyg‘unlashib  ketadi- 
gan  xo ‘jalikni  tuzilmaviy  tubdan  qayta  qurish  paytida  m azkur  bo­
zor yuzaga kelishining dastlabki  davriga mosdir).
Qimmatli  qo g ‘ozlar  bozori  rivojlanishining  dinamikasidan  ke­
lib  chiqib  marketing  strategiyasini  belgilashga  umumiyroq  (4- 
banddagiga qaraganda) yondashuv 7-jadvalda keltirilgan.
7-jadval

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling