J: Mox tárizlilerdiñ dùnyas jùzi boyinsha 5 miñday tùri, Ğmda terrritoriyasinda 1500 dey tùrleri tarqalģan. Kòpshilik wàkilleri arqa yarim sharda, tawlarda, tropikaliq ellerde, yaģniy iģalliq jetkilikli orinlarda keñ tarqalģan


Download 246.89 Kb.
bet7/70
Sana18.06.2023
Hajmi246.89 Kb.
#1598428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70
Bog'liq
MISJ 150 SORAW JUWABI MN

Muskul toʻqimasi - muskullarning asosiy qismini tashkil etib, ularning qisqarishini taʼminlaydigan maxsus ingichka tolalar. Uning asosiy qisqaruvchi elementi miofibrillarshr. Muskul toʻqimasi oraliq pardalar bilan oʻzaro birlashib alohida muskulni hosil qiladi, ularning sirti ham alohida parda bilan oʻralgan boʻladi. Organizmdagi barcha muskul toʻqimasi tuzilishiga qarab silliq muskul toʻqimasi, koʻndalang targʻil muskul toʻqimasi va yurak muskul toʻqimasiga ajratiladi. Silliq muskul toʻqimasi bir yadroli duksimon tuzilishga ega; mezenximadan (teri, meʼda-ichak devorlari, siydik tanosil aʼzolari, qon tomirlar muskul toʻqimasi) va ektodermadan (soʻlak, ter va sut bezlari muskul toʻqimasi) rivojlanadi. Koʻndalang targʻil muskul toʻqimasi koʻp yadroli muskul tolasidan tuzilgan boʻlib, skelet va yurak muskulidan iborat; ontogenezda mezodermadan rivojlanadi. Yurak muskul toʻqimasi (miokard) koʻndalang targʻil muskul tolalaridan tuzilgan boʻlsa ham gʻayri ixtiyoriy qisqaradi. Muskul toʻqimasining vazifasi harakat elementlarining qisqarishidan iborat. Muskul toʻqimasida qisqaruvchi tuzilma (miofibrillar), trofik tuzilma (hujayra yadrosi va organellalari), muskul elementlarining qobigʻi hamda telofragmalardan iborat tayanch tuzilma farq qilinadi. Barcha muskul toʻqimalarida maxsus nerv oxirlari boʻlib, ular toʻqimaga nerv sistemasidan harakat impulslarini olib keladi va unda boʻlayotgan oʻzgarishlar haqida markaziy nerv sistemasiga maʼlumot berib turadi.
Nerv toʻqimasi — nerv sistemasining asosiy toʻqimasi. Organizmda taʼsirotni qabul qilib, qoʻzgʻalishni oʻtkazib beradi. Nerv sistemasi organizmning funksiyalari va faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi. U ikki qismdan iborat: bosh va orqa miyani oʻz ichiga olgan markaziy nerv sistemasi (MNS) va ulardan chiqadigan periferik nervlarni oʻz ichiga olgan periferik nerv sistemasi (PNS). U impulslarni qabul qiluvchi va uzatuvchi nerv hujayralari deb ham ataladigan neyronlardan va nerv impulsining tarqalishiga yordam beruvchi hamda neyronlarni oziq moddalar bilan taʼminlaydigan glial hujayralar yoki glia deb ham ataladigan neyrogliyalardan iborat. Nerv toʻqimasi tarkibiga kiruvchi neyron turlari xilma-xil boʻlib, ularning barchasi oʻzida akson deb nomlanuvchi oʻsimta saqlaydi. Akson bir hujayradan keyingi hujayraga harakat potensialini uzatuvchi "yoʻl" vazifasini bajaradi. Akson toʻplamlari PNSdagi nervlarni va markaziy asab tizimidagi yoʻllarni tashkil qiladi. Nerv toʻqimasi organizmning barcha a’zolarini oʻzaro aloqada boʻlishini hamda organizmni tashqi muhit bilan bogʻlanishini ta’minlab turadi. Nerv tòqimasida oraliq modda boʻlmaydi (neyrogliya oraliq modda vazifasini bajaradi.

12. Tislerdiń dúzilisi hám jaylasıw tártibi (emal, dentin, pulpa, tıs túbiri).


Tish — odam va koʻpchilik ogʻiz boʻshligʻidagi suyak tuzilma; ovqatni tishlab uzib olish, chaynash va tutib turish uchun xizmat qiladi. Odamda bundan tashqari, baʼzi tovushlarni talaffuz etishda ham qatnashadi. Embrional rivojlanish davrida tish epitelial burmalar — tish plastinkalaridan hosil boʻladi. Homiladorlikning 5-haftasidayoq homilada tish shakllana boshlaydi.Tishlar ketma-ket joylashib, tish yoyi yoki qatorini hosil qiladi. Katta yoshdagi kishilarda har bir tish qatorida shakli va ildizlar soni bilan bir-biridan farq qiladigan 16 ta tish: 4 ta kesuvchi, 2 ta qoziq, 4 ta kichik jagʻ va 6 ta katta jagʻ Tish joylashgan. Yuqori va pastki tish qatorlari maʼlum munosabatda jipslashadi. Odatda, sut va doimiy tishlar boʻladi. Sut tishlar doimiy tishlar shakliga oʻxshash, lekin kichik va ildizi birmuncha kaltaroq; ular emizikli yoshda yorib chiqadi va doimiy tishlar bilan almashguncha, yaʼni 12— 13 yoshgacha turadi. Bolalar tishining shakllanishida ayolning homiladorlik davrida sifatli ovqatlanishi va bolalarni toʻgʻri ovqatlantirish muhim ahamiyatga ega.

Download 246.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling