J: Mox tárizlilerdiñ dùnyas jùzi boyinsha 5 miñday tùri, Ğmda terrritoriyasinda 1500 dey tùrleri tarqalģan. Kòpshilik wàkilleri arqa yarim sharda, tawlarda, tropikaliq ellerde, yaģniy iģalliq jetkilikli orinlarda keñ tarqalģan


Download 246.89 Kb.
bet70/70
Sana18.06.2023
Hajmi246.89 Kb.
#1598428
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
MISJ 150 SORAW JUWABI MN

Arteriya. Devorining tuzilishiga qarab arteriyalar uch xil bo’ladi: elastik, mushak va mushak-elastik tipidagi arteriyalar. Barcha arteriyalarning devori umuman bir xilda tuzilgan bo’lib, ular-da uch qavat tafovut qilinadi: 1. Ichki parda; 2. O`rta parda; 3. Tashqi parda
Arteriyalar devorini bunday qavatlarga ajratish va ayrim pardalar o`rtasidagi chegara shartlidir. Turli pardalarning tuzilishi va qalinligi tananing turli joylaridagi tomirlarda har xil bo`lib, ko`proq gemodinamik omillar (qon bosimi va tezligi) ga boģliq.
Elastik tipdagi arteriyalargaa bevosita yurakdan boshlanuvchi yirik tomirlar, ya’ni aorta va o`pka arteriyalari kiradi. Bu tipdagi arteriyalarda qon katta bosim (120–130 mm. simob ustuni) va tezlik (0,5–1,3 m/s) bilan oqadi. Elastik tolalar va pardalarning ko`pligi tufayli bu arteriyalar devori yurak sistolasi vaqtida cho’ziladi. Natijada tomir bo’shlig’i kengayib, qon zarbi susayadi. Diastola paytida esa tomir devori yana ilgarigi holatga qaytadi. 
Mushak-elastik yoki aralash tipdagi arteriyalarga bevosita aortadan boshlanuvchi yirik tomirlar (masalan, uyqu va o’mrov osti arteriyalari) kiradi.
Mushak tipidagi arteriyalarga organizmdagi o’rta va kichik kalibrdagi arteriyalar kiradi. Tana, oyoq va qo’l, ichki a’zolar arteriyalari shular jumlasidandir. Arteriyalar arteriolalarga tarmoqlanadi. Arteriolalar devori ham 3 qavatdan iborat.
Kapillyar. Qon kapillyarlari eng ko’p sonli va eng ingichka tomirlar bo’lib, ularning diametri tomir funksional holatiga va joylashgan a’zolar xususiyatiga ko’ra har xil bo’lishi mumkin. Masalan, eng ingichka kapillyarlar (diametri 4,5–7 mkm) ko’ndalang-targ’il mushaklarda, nervlarda va o’pkada bo’lsa, biroz yirikroqlari (diametri 7–11 mkm) – terida va shilliq pardalarda uchraydi. Kapillyarlar devori juda yupqa bo’lishiga qaramay, unda ham 3 qatlamni: endoteliy hujayralaridan tashkil topgan ichki, bazal membrana va peritsit hujayralaridan iborat o’rta hamda adventitsial hujayralar va nozik kollagen tolalardan iborat tashqi qavatlarni ajratish mumkin.
Vena — venoz qonni (karbonat angidrid bilan toʻyingan) aʼzo va toʻqimalardan yurakka olib keluvchi kon tomirlar (oʻpka venalari bundan mustasno, ular arterial qon tashiydi). Odamda uchta venalar tizimi mavjud.Venalar devori arteriya devoriga qaraganda yupqaroq, elastik toʻqimasi va muskullari ham kamroq boʻlgani uchun bu tomirlar osongina puchayadi va yoriladi. Koʻpchilik venalarda qopqoqlar (klapanlar) borligi uchun qon oqimi faqat yurakka yoʻnaladi, teskari oqa olmaydi. Venalarda qon arteriyalardagiga nisbatan sekin oqadi.

149. Mikroorganizmlerdiń tabiyattagi áhmiyeti.
Mikrobiologiya biologiyaning nisbatan yosh tarmogi bo’lib, u kun sayin o’sib, rivoj topmoqda. Mikroorganizmlarning keng tarqalganligi ularning tabiatdagi katta rolidan dalolat beradi. Ularning ishtirokida tuproq va suv havzalarida turli xil organik moddalarning parchalanishi sodir bo'ladi, ular tabiatda moddalar va energiya aylanishini belgilaydi; tuproqlarning unumdorligi, ko'mir, neft va boshqa ko'plab foydali qazilmalarning hosil bo'lishi ularning faoliyatiga bog'liq. Mikroorganizmlar tog' jinslarining parchalanishida va boshqa tabiiy jarayonlarda ishtirok etadilar. Ko’pgina foydali qazilmalarning (torf,toshkómir, neft, temir, oltingugurt rudalarining) hosil bo’lishi ham bakteriyalar faoliyati bilan bog’liqdir.
Chirituvchi bakteriyalar o’simlik qoldiqdari, hayvon jasadlari va boshqa chiqindilarni parchalab, yer yuzini tozalaydi va tabiatda moddalarning aylanishini ta’minlaydi. Iflos suvlarni tozalash, ko’mir konlarida metan gazini parchalash va havoni tozalashda ham mikroorganizmlarning roli katta. Ko’pgina mikroorganizmlar turli fiziologik aktiv moddalar: fermentlar, vitaminlar, aminokislotalar, biologik stimulyatorlar, vaksinalar va antibiotiklarni sintezlash xususiyatiga ega. Masalan, saxaromitset achitqilari 45—50%gacha oqsil sintezlay oladi. Ba’zi bakteriyalar antibiotiklarni sintezlaydi: tirotritsin, batsitratsin, subtilin, polimiksin v.h.k. Aktinomitsetlar: streptomitsin, aureomitsin, neomitsin, tetratsiklin antibiotiklarni sintezlaydilar. Ya’ni hozirgi vaqtda ma’lum bo’lgan antibiotiklarning 2/3 qismini aktinomitsetlar sintezlaydi.
Dehqonchilikda ham mikroorganizmlar muhim rol o’ynaydi, chunki ularning faoliyati natijasida tuproqda o’simliklar uchun zarur bo’lgan oziq moddalar to’planadi, tuproqning unumdorligi ortadi, natijada ekinlarning hosili ham yuqori bo’ladi.Tuproqlarda boradigan jarayonlarning ko’pchiligi undagi mikroorganizmlarning faoliyatiga bog’liq. Masalan, tuproqlarning hosil bo’lish jarayonlari, yerga ishlov berish, yerni o’g’itlash, sug’orish, tuproqda ro’y beradigan fiziologik ishqoriylik va kislotalikni yo’qotish, zah yerlarning suvini qochirish, organik o’g’itlar tayyorlash, ularni saqlash va ulardan foydalanish mikroorganizmlarning faoliyati bilan bog’liqdir.
Akademik V. L. Omelyanskiy mikroblarni shunday harakterlaydi: «Ular (mikroblar) hamma joyda bor... Ular ko’zga ko’rinmasdan ular odamning hayot yo’lida hamroh bo’ladi».
Agar har gektar yerdan tarkibida 80 ming tonna atmosfera azoti tutgan havo ko’tarilib turishini hisobga olsak, bu azot o’simliklarga kam deganda million yilga yetadi. Buni o’simliklarga ko’pincha azot yetishmaslik fakti bilan solishtirsak, mikroorganizmlar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi ravshan bo’lib qoladi. Atmosferadagi azot molekulyar holda bo’lganligidan o’simlik uni oziq sifatida o’zlashtirishga qodir emas. Buning oqibatida atmosferadagi azot miqdori bilan o’simliklar o’zlashtira oladigan azot miqdori o’rtasida farq vujudga keladi. Faqat ba’zi bir tuproq mikroorganizmlarigina bunday xususiyatga ega. Mikroorganizmlar nobud bo’lgandan keyin tuproqda bog’angan azot birikmalarini qoldirib, yerni o’simliklar uchun muhim bo’lgan elementga boyitadi.

150. Ókpeniń dúzilisi hám dem alıwdaǵı rolı
Nafas olish – bu organizm va uni o’rab turuvchi atrof-muhit orasidagi gazlarning tinimsiz almashinuvidir.Odamda òpka bir juft boʻlib, koʻkrak qafasining ikki tomonida joylashgan. U yaltiroq yupqa parda — plevra bilan zich oʻralgan, shakli konusga oʻxshash; plevra boʻshligʻidagi ozgina suyuqlik nafas olganda ópkaning erkin harakatini taʼminlaydi. Pastki yuzasi yoki asosi botiq boʻlib, koʻkrak boʻshligʻini qorin boʻshligʻidan ajratib turadigan toʻsiq — muskuldan iborat diaframaga taqalib turadi. Ópkaning uchi oʻmrov suyagi ustidan 2—3 sm koʻtarilib, boʻyinning pastki kismiga kirib boradi. Qovurgʻalarga takalgan yuzasi qavariq boʻladi. Ichki yuzasi botiq boʻlib, yurakka va koʻks oraligʻidagi boshqa aʼzolarga taqaladi; bosh bronx va Oʻ. arteriyasi shu yuzadan òpkaga kirib, undan ikkita òpka venasi chiqadi (Oʻpka darvozasi). Har bir ópka plevra egatchalari bilan boʻlaklarga boʻlinadi; chap òpka ikki (yuqori va pastki), oʻng ópka esa uch (yuqori, oʻrta va pastki) boʻlakka ajralgan. Oʻpka boʻlaklari segmentlardan, boʻlakchalardan tashkil topgan (har bir ópka10 segmentdan iborat). Segment hajmi 0,5—1,0 sm, piramida shaklida tuzilgan segmentlar esa boʻlakchalardan tashkil topgan. Bu boʻlakchalar bir-biridan biriktiruvchi toʻqimadan tuzilgan devorcha va qon tomir bilan ajralib turadi. Boʻlakchalararo devorchalar nafas olishda boʻlakchalarning harakatchan boʻlishini taʼminlaydi. Nafas bronxiolasi va undan tarqalgan nafas naychasi, pufakchalari va alveolalar qoʻshilib, uzum shingili shaklidagi òpkalarning struktura va funksional bir’ligi — atsinus yoki alveolalar daraxtini tashkil etadi. 12—18 atsinus birgalikda ópka boʻlakchasini, bir nechta boʻlakchalar qoʻshilib, ópka segmentini hosil qiladi. Alveolalarning juda yupqa devori yarim oʻtkazuvchi biologik membrana boʻlib, kapillyarlardagi qon bilan alveolalardagi havo oʻrtasida shu parda orqali gazlar almashinadi. Ópka segmentlari oʻzaro qoʻshilib, òpka boʻlagi va nihoyat, ópka boʻlaklaridan ópka hosil boʻladi. Ópkalarda 800000 atsinuslar yoki 300—500 mln alveolalar uchraydi. Ularning sathi 30—100 m² boʻladi. Ópka bronxlari havo almashish jarayonidan tashqari, organizmda, suv, tuz va xlor miqdori bir meʼyorda saqlanishiga ham yordam beradi. Katta odamlarda ikkala ópkada oʻrtacha 4,9—5,0 l havo boʻladi. Ulardan tinch nafas olish vaqtida (har bir nafas olganda) faqat 500 ml havo ópkalarga kirsa, chuqur nafas olganda esa 1600 ml toza havo kirib, 1600 ml karbonat angidridga boy boʻlgan havo chiqadi. Shunday qilib, ópkalarda hayotiy havo sigʻimi oʻrtacha 3500— 3700 ml gacha boʻladi. Qolgan 1300— 1400 ml havo esa qoldiq havo boʻlib, oʻpkada doimo boʻladi. Ópkaga simpatik va parasimpatik nerv tolalari boradi. Ópka orqali suyuqlik va baʼzi gazsimon mahsulotlar ajraladi. Ópka gavda trasining muntazam bir meʼyorda turishi va qon ivishini tartibga solib, organizmda oqsil, yogʻ va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. Ópka havo orqali kiradigan bakteriyalardan organizmni himoya qiladi.
Download 246.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling