J. R. Zaynalov, S. S. Aliyeva, Z. O


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aksiz solig‘i va uning soliq tizimida tutgan o‘rni


Download 3.38 Mb.
bet51/122
Sana03.06.2024
Hajmi3.38 Mb.
#1842083
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   122
Bog'liq
2222. Солиқ дарслиги 364 bet

6.1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aksiz solig‘i va uning soliq tizimida tutgan o‘rni


O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimi doirasida yuzaga kelgan yangi iqtisodiy munosabatlar yangicha iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishda aktiv ishtirok etadigan soliq turlarini ilmiy va amaliy jihatdan asoslanish zaruriyatini tugdirmoqda. Ana shunday soliq turlaridan biri aksiz solig‘i bo‘lib hisoblanadi. Aktsiz solig‘i mamlakatimiz olimlari tomonidan nazariy jihatdan ishlab chiqilmagan natijada uni amaliyotda shaklantirishda turlicha yondoshuvlar asos qilib olinmoqda. Bunday yondoshuvlar uzining ikki xususiyati bilan kuzga tashlanib kelinmoqda, ya’ni:

  • aksizli tovarlarni akoli iste’mol darajasidan kelib chiqqan holda belgilanishi;

  • aksizli tovarlarga nisbatan o‘rnatiladigan soliq stavkalari miqdorining o‘zgaruvchanligi;

  • aksizli oborotning aniqlanishining tartibi va boshqalar.

Bunday xususiyatlar o‘z navbatida aksiz solig‘i doirasida echilmagan anchagina muammolar mavjudligidan dalolat bermoqda. Shunday muammolardan biri aksiz solig‘ining mohiyatini ochish orqali uni soliq munosabatlari doirasida va davlat byudjetining to‘liqligini ta’minlashdagi o‘rnini belgilash bilan bog‘liq bo‘lmoqda.
Aktsiz solig‘i turli iqtisodiy rivojlanish bosqichlarida bo‘lgan qator davlatlarda bilvosita soliqqa tortishning samarali shakli sifatida e’tirof etiladi. Shu bilan birga aksiz solig‘i hozirgi kunda jahon soliqqa tortish amaliyotida muvafaqqiyatli qo‘llanilmoqda. Aktsiz solig‘ining qadim davrlardan hozirgi kunga qadar bunday keng tarqalishining asosiy sababi, uning fiskallik ahamiyati va yig‘uvchanlik darajasining yuqoriligidadir. Bu haqda, hatto 1666 yilda frantsuz iqtisodchisi F.Demezon ta’kidlab o‘tgan edi: «aksizning birgina o‘zi boshqa barcha soliq tushumlari va undan ham ko‘proqni berishga qodirdir»28.
Aktsiz solig‘ining mohiyati avvalo soliq undiruvchi va soliq to‘lovchilar urtasidagi munosabatlarda o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham uni mohiyatini shu ikki subyekt: to‘lovchi va undiruvchi o‘rtasida yuzaga keladigan doimiy munosabatlar doirasida ifodalash zarur. Ammo aksiz soliq mohiyati avvalo shu soliq voqeligi tabiatini ifodalash zaruriyatini taqozo etadi.
Aktsiz soliq voqeligining tabiati har qanday iqtisodiy voqelik tabiatiga o‘xshashdir. Chunki iqtisodiy voqeliklar tabiati ularni tashkil etish manbalarida to‘liq o‘z aksini topadi. Shunday ekan, mavjud turli iqtisodiy toifalarning asl manbai qo‘shimcha qiymat bo‘lganligi kabi aksiz solig‘ining asl manbai ham qo‘shilgan qiymatdir. Lekin, boshqa iqtisodiy toifalar manbai o‘z qadamini birlamchi taqsimot doirasida topsa, aksiz solig‘i shu qo‘shimcha qiymatni iste’mol doirasiga chiqarilgan qismining bir bo‘lagi shaklida topmoqda. Aktsiz solig‘i birlamchi taqsimotda emas, balki ikkilamchi takrimotda namoyon bo‘ladi va o‘z mohiyatining ana shu doirada ifodalanishini taqozo etadi.
Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, aksiz solig‘i tovar va xizmat narxiga ustama kurinishida undirilsada, u iste’molchi tomonidan yuzaga keltirilgan pul mablaglari hisobidan to‘lanadi. Ana shu pul mablag‘larining ham asl manbai qo‘shilgan qiymat bo‘lib hisoblanadi. Bu esa aksiz solig‘ining doimiy takrorlanib turadigan iqtisodiy voqelik deb tushunmog‘imizni taqozo etadi. U o‘z majmuasiga kura boshqa soliq turlari kabi moliya iqtisodiy toifasining tarkibiy komponentidir. Chunki aksiz solig‘iga boshqa iqtisodiy qiymat toifalari kabi doimiy qaytarilib turadigan pul munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Qolaversa, pul munosabatlari mazmunining o‘ziga xos jihatlarini ochish orqali aksiz solig‘ining mohiyatini shakllantirish mumkin. Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, boshqa soliq turlari kabi aksiz solig‘ining mohiyatini davlat byujetini to‘ldirib turuvchi vosita yoki qurol sifatida ko‘rishlik ushbu soliqni pul munosabatlari doirasida namoyon bo‘lishligini inkor etish bilan tengdir. Chunki har qanday iqtisodiy voqeliklar harakatiga turli vosita va qurollar orqali ta’sir etish mumkin. Soliq to‘lovlarini vosita va qurollar orqali tartibga solish mumkin, ammo ularga tayangan holda vokealik mohiyatini ochish mumkin emas. Qurol va vosita (yoki ayrim xrllarda richag va mexanizm deb ishlatiladigan so‘zlar majmuasi) iqtisodiy voqealiklardan pul munosabatlari doirasida samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi yoki ularni tartiblashtirishni takoza ettiradi, xolos.
Bu borada shuni aytish joizki, aksiz solig‘ining mohiyati doimo egri soliqlar doirasida urganib chiqiladi. Shu sababli, uning ham iqtisodiy mohiyati qo‘shilgan qiymat solig‘ining mohiyatiga yaqindir. Bu yaqinlik davlat bilan yuridik shaxslar o‘rgasida vujudga keluvchi obyektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali namoyon bo‘ladi. Ularning o‘zaro bog‘liqligi ham maxsus ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lishi milliy daromadning bir qismi bo‘lishi pul mablag‘larini davlat byudjetiga safarbar qilishda namoyon bo‘ladi. Shuningdek bunday soliqlarga uziga xos fiskal iqtisodiy toifa sifatida ham qaraladi.
Ular orqali davlat byudjeti daromadlarining salmoqdi qismi tashkil etilmoqda, ular uzlariga mansub funksiyalar orqali ishlab chiqarishga, uning o‘sishini rag‘batlantirishga, sarmoyaning jamg‘arish jarayonini kuchaytirishga hamda aholining to‘lov qobilyatini yaxshilanishiga va shu kabi tadbirlarni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Aktsiz solig‘i o‘z mohiyatiga ko‘ra, tovar bahosiga kiritiluvchi va oxirgi iste’molchi tomonidan tulanadigan egri soliqdir. Uning ijtimoiy- iqtisodiy mohiyati faqat taqsimot darajasiga qarab ifodalanadi va takomillashtiriladi.
Byudjet tushumini ta’minlash orqali aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati xalq xo‘jalik manfaatlarini qondirishga ko‘proq mablag‘lar jalb ettirilishida namoyon bo‘lsa, uning ijtimoiy mohiyati aholining, ya’ni asosiy iste’molchilarning tulov qobiliyatlarining oshishida o‘z ifodasini topadi. Bu esa aksiz solig‘i obyektlari (aksiz osti tovarlari)ni qisqartirilishida, soliq stavkalarini pasaytirilishida, aholi to‘lov qobiliyatining o‘sishida o‘z aksini topadi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, subyektlar aksiz solig‘i iste’molchilari sifatida ham yuzaga kelishi mumkin.
Ushbu soliq bo‘yicha engilliklarning berilishi tovarlar xarid qilish uchun olinadigan kredit resurslarining qisqartirilishiga, bu esa o‘z vaqtida, moliyaviy natijalarning oshishiga olib keladi.
Shunday qilib, aksiz solig‘i ijtimoiy muhitni ham yaxshilash imkoniyatlarini moliyaviy natijalarning o‘sishi orqali ta’minlanishi mumkin. Aktsiz solig‘ining takomillashtirilishi ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilanishiga va iste’mol darajasini oqilona tashkil etishga olib keladi.
Shunday qilib, aksiz solig‘ining mohiyati obyektiv pul mablaglar taqsimot doirasida yuzaga keladigan ayrim ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yuzaga keltirishda o‘z aksini topadi. Lekin shu bilan birga ta’kidlash lozimki, aksiz solig‘i fakat qiymat taqsimotida yuzaga keladigan pul munosabatlarida o‘z ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini shakllanatiradi.
Aktsiz solig‘i ham barcha soliq xillari kabi majburiy to‘lov bo‘lsada, bunday majburiylik Oliy Majlis tomonidan demokratik tamoyillarga amal qilgan holda qabul qilingan qonunlarda o‘z ifodasini topgandir. Avvalo aksiz solig‘i majburiy to‘lov sifatida davlatning manfaaatini ko‘zda tutgan holda demokratik me’yorlar asosida Oliy Majlis tomonidan tartiblashtirilib turiladi. Shuniig uchun ham aksiz solig‘i o‘z mohiyatidan kelib chiqib uzoq yillarga mo‘ljallangan majburiylik munosabatlarini ifodalaydigan boshqa soliq xillaridan hisoblanish obyekti va byudjetga undirilish tartibi bilan fark qilsa ham, tashkil etishlarining asl manbalari jihatidan farq qilmaydi. Aktsiz solig‘ining mohiyatini ochishda uning asl manbasiga e’tiborni karatish zarur. Chunki aksiz solig‘ini mohiyatini ochishda uning asl manbasi munosabatlarning real majmuasini ifodalaydi. Shuningdek, aksiz solig‘ini tashkil etuvchi asl manba obyektiv pul munosabatlarining bazis tushunchasiga kiradi va huquqiy me’yorlar bilan mustahkamlangandir. Bu borada shuni aytish kerakki aksiz solig‘ini takomillashtirnshga oid chora tadbirlar, uni aniqlash obyektining o‘zgartirilib turilishi, aksizli tovarlar sonining oshirilishi yoki kamaytirilishi uning mohiyatini ifoda eta olmaydi. Aktsiz solig‘ining bunday xususiyatlari qonunlar va soliq siyosati orqali belgilanib davlat oldida turgan vazifalarning hal etilishida omil sifatida namoyon bulishligini ifodalaydi, xolos.
Shunday qilib, aksiz solig‘i pul munosabatlarini ifoda etib, bu munosabatlar doirasida uni to‘lovchi sifatida iste’molchilar va davlat turadi. Uni tulovchi iste’molchilar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlar va ularni tashkil etish demokratiya timsoli bo‘lmish Oliy Majlis tomondan tartiblashtirilib turiladi. Chunki aksiz solig‘i byudjet daromadini tashkil etuvchi eng asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Byudjet daromadini manbai sifatida tashkil etishda yuzaga keladigan munosabatlar aksiz solig‘iga xos va boshqa iqtisodiy voqeliklarga mansub bo‘lmish funksiyalar orqali o‘z mohiyatini to‘liq echib kelmokda. Unga ham taqsimot va nazorat funksiyasi mansubdir. Faqat shu funksiyalar uning mavjud iqtisodiy vokeliklar doirasida harakat chegarasini va mohiyatini ochib beradi.
Aktsiz solig‘ining taqsimot funksiyasi va uning harakat chegarasi soliqlarning (ya’ni, keng ma’nodagi) mohiyatidan kelib chiqadi, ya’ni ijtimoiy mahsulotni, uni tarkibiy qismi bo‘lmish milliy daromadni taqsimoti bilan bog‘liq bo‘lgan va ta’minlab beruvchi munosabatlardan.
Aktsiz solig‘iga xos bo‘lmish taqsimot funksiyasi ijtimoiy mahsulotni mustaqil elementlarining taqsimotida va qayta taqsimotida yuzaga keladi. Shu doirada yuzaga keladigan takrimot aksiz solig‘ini boshqa soliqlardan ularok, farqlash imkoniyatini yaratib beradi. Chunki har qanday iqtisodiy voqelikni ijtimoiy mahsulot doirasida o‘ziga xos mustaqil taqsimot funksiyasi markazlashtiradigan pul fondlarini tashkil etish orqali o‘z mohiyatini mazmunli keng ma’noli doirada ifodalaydi. Bunday element soliqlarni barcha belgilariga javob beradi va ular bilan o‘zaro bog‘liqlikda soliqlar mohiyatini kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan pul munosabatlari orkdli mazmunan boyitib boradi.
Aktsiz solig‘ining pul munosabatlari doirasida normativ xususiyati bilan ajralib turganligi uni nazorat funksiyasi namoyon bo‘lganligini ifodalaydi. Nazorat funksiyasining realizatsiya shakli aksiz solig‘ining miqdoriy jihatlarini axborotlar orqali moliyaviy ko‘rsatkichlarning tashkil etilishida o‘z aksini topadi.
Iqtisodiy jarayonlarni qiymat ko‘rsatkichlari orqali baxrlash va o‘lchash aksiz solig‘ining nazorat funksiyasining uziga xos xususiyagida aks etdi. Chunki aksizli oborot aksiz soliq obyektini ifodalasa, iste’mol fondlari va kredit resurslari esa uni harakatga keltiruvchi asosiy manbalari bo‘lib hisoblanadi. Uning yana bir o‘ziga xos xususiyagi kengaytirilgan ishlab chiqarishning turli bosqichlarida ta’sir etuvchi omil sifatida namoyon bulishligidir. Bu esa aksiz solig‘idan kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayoni turli bosqichlarida nazorat vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini yaratib beradi.
Aktsiz solig‘i funksiyasining eng asosiy vazifasi soliq qonuniyatlariga tuliq va o‘z vaqtida itoat etishni, soliq to‘lov to‘liqligini ta’minlash bilan bog‘liqdir. Aktsiz solig‘ining nazorat funksiyasi amalda Davlat soliq xizmati organi xodimlari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan faoliyatning nazariy asosini tashkil etadi.
Shunday qilib, aksiz solig‘ining nazorat funksiyasi, uning taqsimot funksiyasi bilan yonma-yon olib borilishi orqali ushbu soliqning amalda namoyon bulish vazifalari majmuasinn ifodalaydi.
Aktsiz egri soliqlarini eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, u tovar (xizmat) narxiga, kushimcha ustama kurinishida undiriladigan va bevosita iste’molchilar tomonidan tulanadigan iqtisodiy toifadir. Aktsiz solig‘ini ustama shaklida qo‘llash uni boshqa iqtisodiy toifalar bilan o‘xshash narsa deb tushunmaslik lozim. Misol uchun «savdo ustamasi», «ustama xaqi» kabi tushunchalardan mazmunan farq qiladi. Xatto uni belgilash tartibi nafakdt ulardan xatto boshqa egri va to‘g‘ri soliq turlaridan ham bevosita farq qiladi.
Aktsiz solig‘i soliq tizimining tarkibiy qismi bo‘lib soliq siyosatining shakllantirilishida alohida urin egallaydi. Chunki aksiz solig‘i bozor iqtisodiyotini shakllantirishi sharoitlarida turli miqdorlarda undirilib davlat byudjetining daromad qismining eng katta hissasini tashkil qilmoqda.
Aktsiz solig‘ini aniqlash tartibi boshqa soliq xillaridan ularoq farq qilishi avvalo tezkorlik bilan qisqa vaqt ichida byudjetga ko‘chirilishi va byudjet tulikdigini ta’minlansh uning rolini iqtisodiy voqealar ichida oshirib kelmoqda. Shunday kdlib aksiz solig‘i, ba’zi tovarlarning iste’mol qilinishini cheklashda, kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlar urnini konlashda, yangi-yangi magistral yo‘llarni qurish va shunta doyr xarajatlarni koplashda uta muhim ekanligidan kelib chiqqan holda unga bo‘lgan zaruriyatni bozor iqtisodiyoti sharoytida tobora oshirib kelmoqda. Xatto aksiz solig‘ini ayrim munosabatlar doirasida qo‘llash (ya’ni avtomobil sotib olish, tovarlarni eksport va import kdlishda) orqali byudjet defitsitini bartaraf etish, davlat valyuta tushumini oshirish imkoniyatlari yaratib berilmoqda.
Aktsiz solig‘ining uziga xos xususiyati shundaki, u qo‘shilgan qiymat solig‘i kabi tovar (xizmat) narxiga ustama ko‘rinishida namoyon bo‘lsada, undan aniqlanish usullari orqali farq qiladi, chunki aksiz soliq summasi o‘z tarkibida nafakat tovar (xizmat) narxini, balki uzining birlamchi hajmini ham ifodalaydi (Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasida qonunlashtirilgan). Aktsiz solig‘ining bunday tartibi davlatning soliq siyosati bilan belgilangan. Aktsiz soliq, xdjmining ushbu tartibi boshqa taraqqiy etgan mamlakatlarda nisbatan amal qilayotgan tartibdan o‘laroq, farq qiladi. Misol uchun ayrim bir davlatlarda iste’mol solig‘i, ya’ni xar bir xarid uchun soliq xizmat ko‘rsatishda oborot solig‘ini aniqlanish tartib va usullari bizda amal qilayotgan aksiz solig‘ini aniqlash tartibidan farq qiladi. Ammo iqtisodiyotning barqarorlashtirilishi, davlat byudjeti defitsitining bargaraf etilishi bevosita ushbu soliqni aniqlash yoki belgilanish tartibiga krnuniy ravishda o‘zgartirish kiritishi mumkin. Bu borada shuni aytib o‘tish joizki, aksiz solig‘iga 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Korxonalar, birlashma va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonun hamda bozor munosabatlariga o‘tish bilan 1992 yil 14 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga asosan, 1992 yildan boshlab joriy etilgan bo‘lsa ham, u uziga xos xususiyatlarga egadir.
Avvalo u ommaviy xaridorgir tovar va xizmatlar hamda zeb-ziynat, buyumlarining muayyan doirasiga nisbatan qo‘llaniladi. Ammo rivojlangan mamlakatlarda esa aksiz solig‘i umumiy soliq siyosatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, byudjet daromadlarini to‘ldirish maqsadida joriy etilgan bo‘lsa, unda bizda amal qilinayotgan aksiz solig‘i umumiy tamoyillari jihatidan boshqa davlatlardagidan deyarli farq qilmaydi. Chunki mulkchilik shaklidan qat’iy nazar aksiz solig‘iga tortilishi belgilangan tovar va mahsulotlar ishlab chik,aruvchi barcha yuridik shaxslar aksiz solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi.
1992 yilda inflyatsiya yuqori bo‘lganligi sababli ikkinchi darajali ehtiyoj mollariga qat’iy stavkalarda (absolyut kdymatlarda) aksiz solig‘i belgilanadi. Chunki, bu davrda narxning farqi evaziga olinayotgan daromadning bir qismi soliqka tortilmay qolmoqda edi. Shu sababli, 1993 yil yanvar oyidan boshlab, qat’iy stavkalar o‘rniga foizli stavkalar qo‘llanila boshladi. Natijada soliq obyektining hajmi o‘zgarishga mos ravishda soliq summasining o‘zgarishi, soliq summasining aniq hisoblanishi va byudjetga undirilishini ta’minlandi. Shu tariqa aksiz soliq miqdori tovarning ishlab chiqarish xarajatlarii, foydani, aksiz solig‘i miqdorini o‘z ichiga olgan, sotish narxidan kelib chiqish holda aniqlanishiga asos solindi. 1993 yil yanvar oyidan boshlab ushbu tartib aksiz solig‘iga tortiluvchi barcha mahsulotlarga nisbatan qo‘llanilib kelinmoqda.
Aktsiz solig‘i bilvosita soliq hisoblanib, mamlakat ichki bozorini himoyalashda va zeb-ziynat buyumlari, hayotiy ehtiyoj bo‘lmagan tovarlarga nisbatan narxni tartibga solishda keng qo‘llaniladi. 2003 yildan boshlab aksiz solig‘ini hisoblash tartibida tub o‘zgarishlar yuz berdi va alkogolli mahsulotlarga nisbatan respublikamizda birinchi marta qat’iy aksiz solig‘i stavkalari belgilash amaliyoti joriy etildi.
Shunday qilib, yuqorida nomi tilga olgan qonun aksiz solig‘ini qo‘llash uchun asos soldi va sof daromadning bir qismi sifatida u byudjetga markazlashtirilib kelinmoqda.
Aktsiz solig‘ini undirish uchun ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlarga quyidagilar kiradi:

  • Soliq kodeksi;

  • “Alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining 33-sonli qarori. 16.02.2011;

  • “Aktsizli tovarlarning ayrim turlarini sotish hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumot shaklini tasdiqlash haqida” Davlat soliq qo‘mitasining 2074-sonli qarori. 27.01.2010 va boshqalar.




Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling